Get Mystery Box with random crypto!

BUGUNGI GAP | Расмий канал

Telegram kanalining logotibi bugungigap — BUGUNGI GAP | Расмий канал
Kanaldagi mavzular:
Diqqat
Тарқатинг
Расман
Хайрли
Фойдали
Тезкор
All tags
Kanal manzili: @bugungigap
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.69M
Kanalning ta’rifi

⚡️Bugungi Gap - кун давомидаги энг долзарб, тезкор хабарлар.
📹Видео юборинг, янгилик бўлса каналда чиқарилади: @BugungiGapBot
📈Реклама: @Nurov_N1

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 511

2022-05-17 08:17:04
Bayden AQSH harbiylarini yana Somaliga joylashtirishga qaror qildi.

AQSH prezidenti Jo Bayden xalqaro terrorizmga qarshi kurashish uchun Somalida mamlakat harbiylarining doimiy ravishda bo‘lishi to‘g‘risida qaror qabul qildi. Donald Tramp 2020-yilda amerikalik harbiylarni Somalidan olib chiqib ketish haqidagi qarorni imzolagan edi.

@BugungiGap
14.1K views05:17
Ochish/sharhlash
2022-05-17 07:16:30
Qozogʻistonda noodatiy bulutlar hosil boʻldi.

Qozogʻistonning Qostanay viloyati aholisi osmonda paydo boʻlgan noodatiy bulutlarni tasvirga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylashdi.

@BugungiGap
15.3K views04:16
Ochish/sharhlash
2022-05-17 06:14:58
Erdo‘g‘an Finlandiya va Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishiga qarshi chiqishini aytdi.

Rajab Toyib Erdoʻgʻan Shvetsiya va Finlandiya delegatsiyalariga ularning NATOga qabul qilinishiga Anqarani ko‘ndirish uchun Turkiyaga kelib ovora bo‘lmasliklarini maslahat berdi.

@BugungiGap
14.8K views03:14
Ochish/sharhlash
2022-05-16 21:12:32
Tojikistonda hokim isteʼfosini talab qilib, namoyish oʻtkazildi.

Namoyishchilar Xorugʻ shahar hokimining isteʼfosini talab qilishgan. Odamlarni tarqatish uchun xavfsizlik kuchlari koʻzni yoshlantiruvchi gazdan foydalanib, havoga oʻq uzishgan.

@BugungiGap
8.8K views18:12
Ochish/sharhlash
2022-05-16 19:54:31
Сobalt Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan avtomobilga aylandi.

Chevrolet avtomobillari Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan mashinaga aylandi. Aprel oyida eng ko‘p sotilgan avtomobil rusumi Cobalt bo‘ldi. O‘zbekistonda ayni damda Cobalt uchun navbatlar 2022-yilning 31-dekabrigacha cho‘zilgan. Qozog‘istonda Cobalt narxi 5,9 mln tenge yoki 154 mln so‘mdan boshlab sotiladi.

@BugungiGap
11.6K views16:54
Ochish/sharhlash
2022-05-16 18:46:31
Rossiyada oʻzbekistonliklar eng koʻp YTH sodir etgan.

Oʻtgan yili Rossiyadagi Yo‘l-transport hodisalarida xorijlik haydovchilar orasida eng ko‘p O‘zbekiston fuqarolari aybdor bo‘lgan. Qayd etilishicha, O‘zbekiston fuqarolarining aybi bilan 1 290 ta, Qirg‘iziston 1 092 ta va Tojikiston fuqarolari aybi bilan 894 ta YTH sodir bo‘lgan.

@BugungiGap
12.5K views15:46
Ochish/sharhlash
2022-05-16 17:13:53
Samarqandlik yigit folbin va uning qizini oʻldirib qoʻydi.

Hodisa Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanida sodir boʻlgan. Maʼlum boʻlishicha, folbin yigitga tez orada oʻlishini aytib, “Agar 500 dollar bersang bir yoʻlini qilib beraman” – degan. Yigit folbinga 100 dollar bergan, biroq bu pul kamligini eshitgach, jahl ustida u va uning qizini oʻldirib qoʻygan.

@BugungiGap
13.5K viewsedited  14:13
Ochish/sharhlash
2022-05-16 16:46:55
“Tolibon” hukumat idoralari uchun Oʻzbekistondan avtomobillar sotib oladi.

“Tolibon” harakati Afgʻonistonning hukumat idoralariga xizmat avtomobillari sotib olish uchun Oʻzbekiston bilan hamkorlik qiladi.

@BugungiGap
12.9K views13:46
Ochish/sharhlash
2022-05-16 16:34:26
Iroqda kuzatilgan qum bo‘roni tufayli 2000 kishi shifoxonaga yotqizildi.

Iroqda kuzatilgan kuchli qum bo‘ronlari tufayli butun mamlakat bo‘ylab aeroportlar, maktablar, universitetlar va hukumat idoralari yopilgan. Kamida 2000 kishi shifoxonaga yotqizilgan.

@BugungiGap
12.4K views13:34
Ochish/sharhlash
2022-05-16 15:10:20
AQSH elchisi Oʻzbekistondagi din bilan bogʻliq muammolarni tanqid qildi.

“O‘zbekistonda eski davrlarni aks ettiruvchi muammolar ham borligi odamni tashvishga soladi. Masalan, fuqarolarni ekstremistik materiallar saqlagani uchun qamash masalasi. Shuningdek, politsiya tomonidan soqol qo‘yganlar soqolini majburlab olib tashlanishi muammosi”, – dedi AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Deniel Rozenblyum.

@BugungiGap
13.9K viewsedited  12:10
Ochish/sharhlash