Get Mystery Box with random crypto!

Shokir Tursun qarashlari

Telegram kanalining logotibi birgap — Shokir Tursun qarashlari S
Telegram kanalining logotibi birgap — Shokir Tursun qarashlari
Kanal manzili: @birgap
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 3.85K
Kanalning ta’rifi

Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.
Reklama boʻyicha murojaat: @shtursunreklama_bot
Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari (yuqori sinflar uchun)
Ta'lim

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-24 06:53:47 Adabiyot fanidan 2022-2023-oʻquv yili uchun taqvimiy-mavzu reja.

Eslatma: ushbu fanda 6-, 7- hamda 10-sinf darsliklari yangilangan.

@birgap
5.5K views03:53
Ochish/sharhlash
2022-08-24 04:07:33 ROBERT MARZANONING TOʻQQIZTA SAMARALI OʻQITISH STRATEGIYASI

(DAVOMI)

Nolingvistik taqdimot shakllari
Tushunchalar va lugʻatni boyitish uchun koʻrgazmali materiallar, rasmlar, piktogrammalar va pantomimalarni muomalaga kiritish.

Tasavvur qiling – darslik. 4 ta bobdan iborat. Dastlabki 3 ta bobida birorta ham infografika yoʻq. 4-bobda deyarli har bir mavzuda infografika qoʻllangan. Nima deb oʻylaysiz, oʻquvchiga qaysi bobni oʻzlashtirish oson va qiziqarli boʻlishi mumkin?

“Ming marta eshitgandan bir marta koʻrgan afzal”, deydi dono xalqimiz. Masalan, biror keysni tushuntirayotganda shunga doir vizual material boʻlgani qandoq yaxshi (
misol).

Hamkorlik taʼlimi
Tadqiqotlar koʻrsatmoqdaki, oʻquvchilarni hamkorlik guruhlariga biriktirgan holda oʻqitish umumiy oʻzlashtirish samaradorligi oshishiga xizmat qiladi.

Nima uchun 4-strategiyada uyga vazifalarni jamoaviylik asosida bajarish muhimligi taʼkidlangani tushunarli boʻldi deb oʻylayman. Nafaqat uyga vazifalar, oraliq summativ nazorat ishlarini ham (aytaylik, bir chorakda ikkita oraliq summativ nazorat boʻlsa, shulardan aqalli bittasini) hamkorlik taʼlimi negizida shakllantirish lozim. Bunda “Tengdosh – tengdoshga” effekti muhim rol oʻynashi shubhasiz.

DAVOMI BOR...
1.4K views01:07
Ochish/sharhlash
2022-08-24 04:07:28 Masalan, shu uyga vazifa Finlandiya maktablarida yoʻq. Lekin sifatli taʼlim bor. Hamma baxtli.

Singapurda esa haftasiga oʻrtacha 9-10 soat vaqt sarflarkan bolalar uyga vazifaga (A study by the Organisation for Economic Cooperation and Development found that the average 15-year-old student in Singapore devoted 9.4 hours to homework weekly, far surpassing the global average of five hours a week (S'pore ranks third globally in time spent on homework, Dec 25, 2014).

Natija: The Singapore students had higher levels of anxiety and stress, particularly about grades and tests. Experts correlate these rising stress levels with another disturbing trend— the increasing number of Singapore youth who need professional mental health services.
1.0K views01:07
Ochish/sharhlash
2022-08-24 04:07:24 ROBERT MARZANONING TOʻQQIZTA SAMARALI OʻQITISH STRATEGIYASI

(DAVOMI)

Intilishni ragʻbatlantirish va eʼtirof qilish
Ustozlar oʻquvchilarga intilish, yutuq hamda eʼtirof oʻrtasidagi munosabatni koʻrishda yordamlashishi zarur.

Bu “Eng yaxshi oʻqituvchilar kitobdan emas, yurakdan dars oʻtadi” degan gapga bir misol.

Uyga vazifa va amaliyot
Amaliyot oʻzlashtirishga yordam beradi, uyga vazifa aniq maqsadga yoʻnaltirilgan hamda alohida samara yoki natijaga qaratilgan boʻlishi shart.

Biz hech oʻzimizga savol berib koʻrganmizmi – nima uchun uyga vazifa beramiz oʻquvchilarga? Berilayotgan uyga vazifalarning samarasi kundalik yoki jurnaldagi baholar bilan cheklanib qolmayaptimi? Berilayotgan vazifalarning qancha qismi amaliy, qanchasi bolaning fikrini oʻstirishga qaratilgan va ulardan QANCHASINI BOLA CHIN DILDAN XOHLAB BAJARMOQDA – ulardan QANCHASINI BOLA SINFDOSHLARI BILAN JAMOA BOʻLIB BAJARMOQDA? Masala shu savollarning javobida koʻndalang.

DAVOMI BOR...
956 views01:07
Ochish/sharhlash
2022-08-24 04:07:18 #metodika

Bugun qadrli pedagog-hamkasblarimizga AQSHlik koʻzga koʻringan pedagog, taʼlimiy tadqiqotlarga ixtisoslashgan “Marzano Research” ilmiy markazi asoschisi va ijrochi direktori Robert J. Marzano tomonidan bildirilgan ayrim professional tavsiyalarni havola qilmoqchiman.

Bu tavsiyalarning aksariyati sizga juda yaxshi tanish, faoliyatingizda qoʻllab-kelmoqdasiz. Shunday boʻlsa-da, yangi oʻquv yili arafasida ularni yana bir bor yodga olish zarar qilmaydi.

Demak, boshladik.

ROBERT MARZANONING TOʻQQIZTA SAMARALI OʻQITISH STRATEGIYASI

Samarali oʻqitish oʻquvchilarning oʻzlashtirishini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Quyidagi 9 ta oʻqitish strategiyasi oʻquvchilarga yuqori darajaga erishishda asqatadi:

Oʻxshashlik va farqlarni aniqlash
Tushunchani oʻxshash hamda farqli xususiyatlarga ajrata olish qobiliyati oʻquvchilarga murakkab muammolarni nisbatan oson usulda tahlil qilish orqali tushunishga yordam beradi.

Masalan, Italiya hamda Germaniyada fashistik diktatura oʻrnatilishining oʻzaro uyqash hamda bir-biriga oʻxshamaydigan jihatlariga auditoriyaning eʼtiborini qaratishni oʻquvchining qoʻliga biri yashil, biri qizil olmani tutqazib, ularning oʻzaro mushtarak jihatlari va oʻrtadagi tafovutni aniqlash sari undashga qiyoslash mumkin.

Umumlashtirish va konspektlashtirish
Bu koʻnikmalar oʻquvchilardan nima muhimligini aniqlashni hamda oʻz soʻzlari bilan ifodalashni soʻrash orqali tushunish darajasini oshirish uchun zamin yaratadi.

Afsuski, konspekt haqida soʻz ketganda bizning tushunchalarimiz biroz (balki anchadir) primitivroq – koʻpincha kitob yoki darslikdagi matnni toʻlaligicha daftarga nusxalashni tushunamiz. Konspekt qilishni “zakovat”chilar qotirishadi – savol oʻqilayotganda undagi eng muhim detallarni imkon qadar qogʻozga muhrlab olishadi. Keyin bu detallardan oʻz fikrlarini bayon qilishda, oʻrni kelganda, himoya qilishda foydalanishadi. Taʼlimdagi konspekt ham shunday boʻlishi, yaʼni oʻquvchining oʻzi uchun tushunarli chizmalar, atamalar, sxemalar va hokazolarni ichiga olishi lozim.

DAVOMI BOR...
865 views01:07
Ochish/sharhlash
2022-08-24 00:46:13 HAQIQIY DAHSHAT QAYERDA?
Bloger X.Xudoyberdiyevga raddiya yozaman deb o‘ylab ham ko‘rmagan ekanman. Uning fikrlarini doimo hurmat bilan o‘qiganman.  Ammo endi bir to‘g‘ri kelib qoldi-da. Qattiq olmaslikni so‘rardim. Qizim senga aytayapman...
Avvalo bu dahshat emas -- bu milliy fojea. Endi men sizga dahshatlarni aytay, quloq soling:
1. Anomal issiq sharoitida DTMning soat 10 ga qadar abituriyentlarni 3 soat davomida quyoshning tig‘ida qimirlatmay olib o‘tirishi--bu dahshat, hatto jinoyat.
2. DTM qo‘ygan  navbatchilarning abituriyentlarni ruxsat etilgan Panama bilan imtihonga qo‘ymay (Denovda 14-avgust kuni o‘zim guvoh bo‘lganman), telefon olib kirishga ruxsat berishi (aniqlangani qancha bo‘ldi, aniqlanmagani qancha) bu dahshat, og‘ir jinoyat.
3. O‘sha telefonni kiritishiga yo‘l qo‘yib berganlarning soyada qolib, it ham eslamasligi bu dahshat, jinoyat.
4.Test tuzayapmiz deb Xalqni aldab tayyor to‘plamni tarjima qilib qo‘ya qolish bu dahshat (balki testni tashqariga chiqarishning yangi usulidir).
5. O‘quvchilarning 2-, 3-smenalarda o‘qishi bu dahshat.
6. Moslashtirilgan binolarda kichkina xonalarda 40--45 nafar o‘quvchilarning o‘qishi bu dahshat.
7. Ana shu o‘quvchilarning ustozlari bir yarim-ikki million so‘m oylik olishi bu dahshat.
8. Oylik maoshini ikki millionga yetkazish uchun o‘qituvchilarning avgust oyida dars talashib maktablarni jang maydoniga aylantirishi bu dahshat.
9. Bir yilda ayrim o‘qituvchilarninggina 460 ming so‘m bilan rag‘batlantirilishi esa bu dahshatgina emas, balki uyat.
10. O‘n minglab 140--150 ball to‘plagan abituriyentlar ko‘chada qolib, 10--15  ball to‘plagan abituriyentlarning super-muper kontraktda talaba bo‘lishi bu dahshat...
Yana qancha dahshatlar navbatini kutib turganini o‘zingiz ham bilib turibsiz...
P. S.: Tag‘in o‘quvching kam ball to‘plaganiga o‘zingni oqlayapsanda, degan fikrga bormang, o‘quvchim eng yuqori ball bilan mandatni kutmasdan Prezident granti bilan talaba bo‘ldi.
Normamat Eshonqulov,
Oltinsoy tumanidagi 63-maktab o‘qituvchisi
871 views21:46
Ochish/sharhlash
2022-08-23 15:26:30 Ustozlar milliy forumidan video.

Maʼruzachi: Klaraxon Mavlonova

Mavzu: Yozma nutq koʻnikmalarini rivojlantirish usullari

Toʻliq video:



@birgap
1.3K viewsedited  12:26
Ochish/sharhlash
2022-08-23 04:49:41 Ustozlar milliy forumidagi ma'ruzalarning videolari chiqishni boshlabdi. Barcha videolarni Respublika ta'lim markazining YouTube sahifasida tomosha qilishingiz mumkin. Adashmasam, navbat bilan barcha videolarni e'lon qilishadi. Men ulardan til va adabiyot hamda boshlangʻich ta'limga oidlarini qoʻyib borishga harakat qilaman.

Ma'ruzachi: Iroda Azimova

Mavzu: Ona tili darslarida oʻqib tushunish malakasini rivojlantirish

Toʻliq video:



@birgap
1.4K viewsedited  01:49
Ochish/sharhlash
2022-08-22 13:26:55
Soʻnggi yillarda ishlangan hind kinolarini koʻrmay qoʻyganman. Koʻrganlarim "My name is Khan", "Zero", "PK", "Super 30" va Yuqorida sizga ulashayotganim "Dear zindagi". Oʻzbekchaga "Hayot qadri" deya oʻgirishgan.

Ushbu kino ijodkorlari bu tugʻilish va oʻlim orasidagi hayotda tanlov degan narsagina borligini, ana shu tanlov bizning huquqimiz ekanini aytmoqchidek goʻyo.

Tanlov qiladigan obrazning qiz bola ekani esa ta'sirni yanada kuchaytirgan.

Xullas, koʻrmagan boʻlsangiz koʻrishni "qattiq" tavsiya qilaman.

Tanlov qilishga haqqingiz borligini (bu dunyoda faqat shugina sizning qoʻlingizda aslida) unutmang!

Kanalga ulanish: @birgap
1.1K views10:26
Ochish/sharhlash
2022-08-21 07:42:31
Toshkent hayvonot bogʻining eng yoqimtoy mezboni (mahbusi desa ham boʻladi) jirafa Alatau kecha tunda oʻlib qolibdi.

Men hayvonot bogʻiga sayrga borganimda unga yemak tutardim, jilmaygancha qoʻlimdan olib betimga baqrayib chaynardi. Koʻzi doim kulib turardi, qafasda ekanidan xursand edimi, bilmayman.

Bir haftadan beri deyarli ovqat yemay qoʻygan ekan. Oshqozoni va ichaklarida mikroblar yigʻilganmish. Oʻlimiga ham shu sabab boʻlibdi.

Endi u ozod.

@birgap
1.4K viewsedited  04:42
Ochish/sharhlash