Get Mystery Box with random crypto!

Soʻnggi yillarda ishlangan hind kinolarini koʻrmay qoʻyganman. | Shokir Tursun qarashlari

Soʻnggi yillarda ishlangan hind kinolarini koʻrmay qoʻyganman. Koʻrganlarim "My name is Khan", "Zero", "PK", "Super 30" va Yuqorida sizga ulashayotganim "Dear zindagi". Oʻzbekchaga "Hayot qadri" deya oʻgirishgan.

Ushbu kino ijodkorlari bu tugʻilish va oʻlim orasidagi hayotda tanlov degan narsagina borligini, ana shu tanlov bizning huquqimiz ekanini aytmoqchidek goʻyo.

Tanlov qiladigan obrazning qiz bola ekani esa ta'sirni yanada kuchaytirgan.

Xullas, koʻrmagan boʻlsangiz koʻrishni "qattiq" tavsiya qilaman.

Tanlov qilishga haqqingiz borligini (bu dunyoda faqat shugina sizning qoʻlingizda aslida) unutmang!

Kanalga ulanish: @birgap