Get Mystery Box with random crypto!

#metodika Bugun qadrli pedagog-hamkasblarimizga AQSHlik koʻzg | Shokir Tursun qarashlari

#metodika

Bugun qadrli pedagog-hamkasblarimizga AQSHlik koʻzga koʻringan pedagog, taʼlimiy tadqiqotlarga ixtisoslashgan “Marzano Research” ilmiy markazi asoschisi va ijrochi direktori Robert J. Marzano tomonidan bildirilgan ayrim professional tavsiyalarni havola qilmoqchiman.

Bu tavsiyalarning aksariyati sizga juda yaxshi tanish, faoliyatingizda qoʻllab-kelmoqdasiz. Shunday boʻlsa-da, yangi oʻquv yili arafasida ularni yana bir bor yodga olish zarar qilmaydi.

Demak, boshladik.

ROBERT MARZANONING TOʻQQIZTA SAMARALI OʻQITISH STRATEGIYASI

Samarali oʻqitish oʻquvchilarning oʻzlashtirishini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Quyidagi 9 ta oʻqitish strategiyasi oʻquvchilarga yuqori darajaga erishishda asqatadi:

Oʻxshashlik va farqlarni aniqlash
Tushunchani oʻxshash hamda farqli xususiyatlarga ajrata olish qobiliyati oʻquvchilarga murakkab muammolarni nisbatan oson usulda tahlil qilish orqali tushunishga yordam beradi.

Masalan, Italiya hamda Germaniyada fashistik diktatura oʻrnatilishining oʻzaro uyqash hamda bir-biriga oʻxshamaydigan jihatlariga auditoriyaning eʼtiborini qaratishni oʻquvchining qoʻliga biri yashil, biri qizil olmani tutqazib, ularning oʻzaro mushtarak jihatlari va oʻrtadagi tafovutni aniqlash sari undashga qiyoslash mumkin.

Umumlashtirish va konspektlashtirish
Bu koʻnikmalar oʻquvchilardan nima muhimligini aniqlashni hamda oʻz soʻzlari bilan ifodalashni soʻrash orqali tushunish darajasini oshirish uchun zamin yaratadi.

Afsuski, konspekt haqida soʻz ketganda bizning tushunchalarimiz biroz (balki anchadir) primitivroq – koʻpincha kitob yoki darslikdagi matnni toʻlaligicha daftarga nusxalashni tushunamiz. Konspekt qilishni “zakovat”chilar qotirishadi – savol oʻqilayotganda undagi eng muhim detallarni imkon qadar qogʻozga muhrlab olishadi. Keyin bu detallardan oʻz fikrlarini bayon qilishda, oʻrni kelganda, himoya qilishda foydalanishadi. Taʼlimdagi konspekt ham shunday boʻlishi, yaʼni oʻquvchining oʻzi uchun tushunarli chizmalar, atamalar, sxemalar va hokazolarni ichiga olishi lozim.

DAVOMI BOR...