Get Mystery Box with random crypto!

Shokir Tursun qarashlari

Telegram kanalining logotibi birgap — Shokir Tursun qarashlari S
Telegram kanalining logotibi birgap — Shokir Tursun qarashlari
Kanal manzili: @birgap
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 3.85K
Kanalning ta’rifi

Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.
Reklama boʻyicha murojaat: @shtursunreklama_bot
Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari (yuqori sinflar uchun)
Ta'lim

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2020-12-25 13:56:07
#milliy_sertifikat

E'lon qilingan test formatidagi (testologiyada "test spetsifikatsiyasi deyiladi) tushunmovchiliklarga oydinlik kiritishga urinaman. Bu safargi bildirgi atamalarga bagʻishlangan.

Milliy sertifikat haqidagi bildirgilarni #milliy_sertifikat boshlanmasi orqali topishingiz mumkin.

DOMEN - bilim, koʻnikma hamda malakalarning majmuasi. Yanayam oddiy aytganda fan.

SUB-DOMEN - koʻnikma va malakaning alohida olingandagi nomi. Masalan, oʻqish va tushunish koʻnikmasi, yozish malakasi kabi.

KONSTRUKT - oʻlchanishi lozim boʻlgan xususiyat. Ya'ni baholanadigan narsa. Masalan, oʻqish va tushunish koʻnikmasining bir nechta konstrukti bor (bu konstruktlar haqida alohida-alohida tushuntirishlar berishga harakat qilamiz). Oʻsha konstruktlardan biri - koʻchma ma'noda qoʻllangan til birliklarining ma'nosini tushunish. Bu konstrukt dixotom ("toʻgʻri" yoki "notoʻgʻri" boshqacha aytganda "ha" yoki "yoʻq" deb javob berish mumkin boʻlgan) test turi orqali tekshiriladi.

Kanalga ulanish: @birgap
1.1K viewsedited  10:56
Ochish/sharhlash
2020-12-25 13:54:16 ​​Milliy test tizimi uchun onlayn ro‘yxatga olish boshlandi

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qarorida 2020-yil 1-dekabrdan boshlab bosqichma-bosqich bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlar majmuasidagi umumta’lim fanlaridan bilish darajasini baholashning milliy test tizimi joriy etilishi belgilangan.

Unga ko‘ra, umumta’lim fanlari bo‘yicha sertifikatlash quyidagi muddatlarda joriy etiladi:

2020-yil 1-dekabrda ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) hamda matematika fanlari bo‘yicha;
2021-yil 1-fevralda kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha;
2022-2024-yillarda fizika, geografiya va tarix fanlari bo‘yicha.

2020-yil 1-dekabr kuni ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) hamda matematika fanlari bo‘yicha talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali 20-dekabrga qadar davom etadi.

Qarorda test sinovida ishtirok etish uchun talabgordan bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida to‘lov undirilishi belgilangan.

Sertifikat test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga beriladi.

2021-2022-o‘quv yili qabulidan boshlab tegishli umumta’lim fanini (chet tili bundan mustasno) bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
850 views10:54
Ochish/sharhlash
2020-11-22 19:39:11 Yuqoridagi videoni koʻrib boʻgʻzimga quvonch, alam, ishonch, umid hislari tiqildi. Koʻzlarimga yosh keldi.

Oʻzimga haqli bir savolni berdim, men ta'lim uchun nima qildim? Siz ham shu savolni oʻzingizga berib koʻring-chi?

Ishoning, siz xoh dehqon, xoh oʻquvchi, xoh tadbirkor, xoh hokim, xoh uy bekasi boʻling, kelajagimiz egalari boʻlgan yoshlarning ta'limi uchun nimadir qila olasiz!
1.4K views16:39
Ochish/sharhlash
2020-11-22 19:02:40
"Ostonam. Yuksalish formulasi" hujjatli filmi.

Darhaqiqat, maktab har qanday renessansning ostonasi hisoblanadi.

Shu videodagi ishlarni 10.000ga yaqin maktablarimizning barchasida amalga oshira olsakkina, hammamiz aytayotgan renessans boshlanadi.
1.3K views16:02
Ochish/sharhlash
2020-11-22 14:51:313 oylik bepul “Mexatronika – robototexnika” onlayn o'quv kursi tashkil etilmoqda

Respublika taʼlim markazi va “TRANSFORMERS Education” o'quv markazi hamkorlikda Texnologiya fani oʻqituvchilarining mexatronika-robototexnika bo'yicha bilim va ko'nikmalari oshirish maqsadida bepul 3 oylik “Mexatronika – robototexnika” onlayn oʻquv kursini o'qitish dasturini ishlab chiqqani haqida xabar bergan edik.

O'quv kursini tashkil etish yuzasidan o'tkazilgan so'rovnoma natijalariga ko'ra, 75% Texnologiya fani o'qituvchilari onlayn kurslar tashkil etish taklifini bildirgan.

Ko'p sonli oqituvchilar takliflarini inobatga olgan holda, “Mexatronika – robototexnika” onlayn o'quv kursiga start berildi.

Onlayn o'quv kursiga roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi manzilga murojaat qiling:
@RTM_Texnologiya_malaka_oshirish

Ro'yxatga olish 25-noyabr kuniga qadar davom etadi.

O'quv kursining birinchi darsi Texnologiya fanining maqsad vazifalariga bag'ishlangan ochiq dars tarzida o'tkaziladi. So'ng dars oluvchilar telegram ijtimoiy tarmog'ida maxsus guruhlarga boʻlingan holda, Zoom platformasi orqali o'quvlarni davom ettiradilar. Darslar platformalarda ishtirokchilar bilan ikki tomonlama aloqa o'rnatilib, zarur savollarga munosabat bildirilgan holda tashkil etiladi.

Kanalga obuna bo`lish:
Telegram|Facebook|Instagram
1.0K views11:51
Ochish/sharhlash
2020-11-19 08:46:01



Ona tili fanini oʻqitishdagi yondashuv oʻzini oqlamadi(mi?)
1.3K views05:46
Ochish/sharhlash
2020-11-17 17:16:22 #Yurtingga_kitob_yubor
“Yurtingga kitob yubor” aksiyasiga start berildi
Taʼlim — millatning ishi ekan. Yaqinda xorijda istiqomat qiluvchi yurtdoshimizdan oʻzga tillilarga oʻzbek tilini oʻrgatuvchi kitoblar yetib keldi. Ularda Ona tilimiz misolida tilni oson va tez oʻrganishning eng yangi yondashuvlari berilgan.

Taʼlim mazmunini toʻliq yangilashga imkon berilgan bu chogʻda Respublika taʼlim markazi jahondagi ilgʻor taʼlim tizimlarining yutuqlarini oʻrganishga kirishgan.

Markazda barcha fanlar mazmun-mohiyatini yangilash boʻyicha ish boshlagan jamoalarga koʻrib-oʻrganishlari uchun zamonaviy darslik va qoʻllanmalar zarur. Taʼlimdagi islohotlarda koʻngilli sifatida ishtirok etishni istagan yurtdoshlarimiz uchun “Yurtingga kitob yubor” aksiyasini eʼlon qilamiz.

Jahonning qaysi nuqtasida boʻlishlaridan qatʼiy nazar, yurtdoshlarimiz oʻsha hududda umumtaʼlim maktablariga yoki maktab oʻquvchilariga moʻljallangan darsliklardan Oʻzbekistonga yuborishlari mumkin.

Respublika taʼlim markazida bu darslik va kitoblarning ilgʻor jihatlari oʻrganiladi. Ushbu saʼy-harakatlarning natijasidan yurtimizdagi millionlab bolajonlar, xususan oʻzimizning farzandlarimiz, xalqimiz manfaatdor boʻladi.

Xorijdagi yaqinlaringizni “Yurtingga kitob yubor” harakatiga qoʻshilishga chorlang.

Shuhrat Sattorov, Respublika ta'lim markazi direktori

Murojaat uchun: @Mohira_PR
t.me/edurtm_uz
1.2K viewsedited  14:16
Ochish/sharhlash
2020-11-17 16:38:52 Qobiliyatli yoshlarni ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish, ularni faolikka keng jalb etish, iqtidorli talabalarni qoʻllab-quvvatlash hamda munosib taqdirlash maqsadida universitetda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat stipendiyalariga (Islom Karimov nomli hamda Alisher Navoiy nomli davlat stipensiyalar va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi) tanlov oʻtkazilishini rejalashtirgan.

Barcha fakultet dekanlaridan ushbu tanlovga nomzodlarni shakllantirib berish hamda talabgorlarni faol ishtirok etishlarini ta’minlashini soʻraymiz. Nomzodlar (Oʻzbekiston tarixi, Axborot texnologiyalari hamda Xorijiy til (nemis, ingliz, fransuz)) fanlardan sinovdan oʻtkaziladi.

Qoʻshimcha ma’lumotlarni olish uchun Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash boʻlimiga murojaat qilishingiz mumkin.

Sanjar Mavlonov. Tel.: +99871 281 45 39; +99893 803 45 40

Kanalga ulanish: @birgap
920 views13:38
Ochish/sharhlash