Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent hayvonot bogʻining eng yoqimtoy mezboni (mahbusi desa | Shokir Tursun qarashlari

Toshkent hayvonot bogʻining eng yoqimtoy mezboni (mahbusi desa ham boʻladi) jirafa Alatau kecha tunda oʻlib qolibdi.

Men hayvonot bogʻiga sayrga borganimda unga yemak tutardim, jilmaygancha qoʻlimdan olib betimga baqrayib chaynardi. Koʻzi doim kulib turardi, qafasda ekanidan xursand edimi, bilmayman.

Bir haftadan beri deyarli ovqat yemay qoʻygan ekan. Oshqozoni va ichaklarida mikroblar yigʻilganmish. Oʻlimiga ham shu sabab boʻlibdi.

Endi u ozod.

@birgap