Get Mystery Box with random crypto!

Shokir Tursun qarashlari

Telegram kanalining logotibi birgap — Shokir Tursun qarashlari S
Telegram kanalining logotibi birgap — Shokir Tursun qarashlari
Kanal manzili: @birgap
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 3.85K
Kanalning ta’rifi

Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.
Reklama boʻyicha murojaat: @shtursunreklama_bot
Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari (yuqori sinflar uchun)
Ta'lim

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2021-02-01 21:02:35 Ammo, Yozuvchilar uyushmasining birinchi o‘rinbosari bo‘lib turgan bir inson haqida yosh bir adabiyotga qiziqadigan yigitning maqtovdan boshqa so‘z bo‘lmagan fikrlari ham maqtaluvchiga, ham maqtayotgan odamga yaxshi tassurot olib kelmas holdamiz deb o‘ylayman va muxtasarlikni maqbul ko‘raman…
Kitobdan o‘rin olgan she’rlar bilan tanishib chiqdim, misralarni ovoz chiqarib, pafoslangacha o‘qiyman-u, ruhim allanayotganligini, tuyg‘ular qo‘zga‘alishi yoki shun kabi lirik holdan keyin Hazrat Navoiyning “Hayrat-ul abror” dostonida yozilgan “O‘zi rostning so‘zi rost” misralarni kitobning hoshiyasiga yozib qo‘ydim.
Bejiiz bu misrani eslamadim. Kitobdan o‘rin olgan she’rlar shoirning o‘zidek: samimiy, pok niyatlar bilan sug‘orilgan, yasamalik va zo‘rakilik yo‘q. Mehr izlasangiz mehr topasiz, sevgiga oshuftalik izlasangiz, ishq ohanglariga duch kelasiz, sog‘inch izlasangiz, visol ulashiladi… Kitob shunday… Samimiy deb aytdim-ku…
She’rlar pok va samimiy, tushuntira olmayapman, biroz…
Nodir Jonuzoqni kimdir yaxshi shoir deb tanir, kimdir yaxshi inson deb bilar… Bugunning yoshlari esa u insonni yaxshi aka deb bilishi va ayqin olishi ham bor…
Nasiba bilan, oxirgi yillarda har safar Zomin yosh ijodkorlar seminariga borish nasib qiladi.
Yulduzlar osmonni egallagan payt ko‘shkda suhbat va mulohazalar boshlanadi…Erkin A’zam, Mahmud Toir, Isajon Sulton, Qo‘chqor Norqobil, Sirojiddin Sayyid, Iqbol Mirzo, Bahodir Karim, Nurboy Jabborov…
Va men… She’r aytiladi, adabiyot haqida yuraklar butun tana bo‘lib gapiriladi va men…
Suhbatlar tong yaqinlashgunicha bo‘ladi… Mana shu suhbatlar Nodir akani menga ham inson ham aka sifatida yaxshi tanitganini aniq eslayman.
Yaxshi kitob tavsiya etish ham bugun masalaga aylandi. Did jiddiylik kasb eta boshladi. Odamlarning adabiyotga nafi zarur va ehtiyojga aylanayotgandek.
Filandiyada cho‘kayotgan odamning kitobga yopishayotgan suratini ko‘pimiz bilamiz… Cho’kayotgan insonni kitob qutqarishi bor gap, ammo har qanday kitoblar endi qutqara olmaydi, har qanday she’rlar yurakni zabt eta olmaydi. Yana gap didga va tanlovga borib qadalyapti.
Alisher Navoiydan ikki misra shu joyiga:
To topibon xush takallum tuzay,
So‘z chamani ichra Navo ko‘rguzay…
Shoirni so‘z chamani ichra mohirona navo yarata olganligi bilan, hayot go‘zalligini qalb go‘zalligi orqali so‘z musavviri yanlig‘ mohir chiza olganligi bilan tabriklayman.
Adabiyot eliga, chin she’r muxlislariga, she’riyatga shaydolarga, ma’rifat va ma’naviyat jonkuyarlariga yana bir yangi nashr muborak bo‘lsin!
@SohibjonHotamov
714 views18:02
Ochish/sharhlash
2021-02-01 21:01:53
Tengdoshlarimga, o‘zim tengi yoki o‘smirlik bo‘sag‘asida turgan aka-uka, opa-singillar, do‘stlarga yangi nashrni tavsiya qilmoqchiman.
Bugun yaxshi bir kitob tavsiya qilish, yaxshi yegulik tavsiya qilishdan, yaxshi kiyim tavsiya qilishdan ancha qiyin bo‘lib qoldi, nazarimda.
Adabiyot insonni tarbiyalashiga shubha yo‘q, biroq bugun adabiyot ham qaysidir ma’naoda odamlar ko‘magiga muhtojdek… Chin adabiyotning qadrlanishi va yuksalishi, uni e’zoz topishi esa yaqinlarimizning tanlovda adashmasligi bilan ham bog‘liqmikan deb o‘ylab qolaman…
Yaqinda shoir Nodir Jonuzoqning “So‘z chamani” nomli kitobi nashrdan chiqdi.
She’rlarining muhibi va kitobxon sifatida yangi “farzand” ning dunyoga kelganligi bilan tabriklayman… do‘stlarimga, tengqurlarimga va chin she’r va she’riyat shaydolariga tavsiya qilaman…
Nodir akani men “Yoshlik” ning Bosh muharriri paytlaridan bilaman, taniman.
Ijodi haqida har tugul bir so‘z aytishga ilmi yetmaydi, ammo shaxsiyati haqida ancha-muncha so‘z yozishim mumkin…
543 views18:01
Ochish/sharhlash
2021-01-12 01:24:58 Muqobil javobni test tuzishni bilaman deb oʻylaysizmi? Unda mana bu maqolachani oʻqib koʻring. Ishoning, foydali boʻladi. Balkim, fikringiz oʻzgarib qolishi ham mumkin.

https://telegra.ph/Muqobil-javobli-test-tuzishni-bilaman-deb-o%CA%BBylaysizmi-01-11
2.2K views22:24
Ochish/sharhlash
2021-01-10 19:17:11 Ikki yilcha oldin "Bizning qudratimizga shubha qilsangiz, toʻgʻri qilasiz", - deb aytgandim. Haliyam shu gapimda turibman.

Isbotlarni esa oʻzingiz koʻrib, eshitib turibsiz.

Kanalga ulanish: @birgap
1.4K views16:17
Ochish/sharhlash
2021-01-08 21:14:52 Davlat tilini rivojlantirish departamenti oʻz saytida oʻzbek tili qoidalari buzilgan, unga hurmatsizlik qilingan joylarni xabar qilishimiz uchun maxsus murojaatxona tashkillanibdi.

Sayt manzili: http://til.gov.uz/uz/

"Hurmatli yurtdoshlar, davlat tili qoidalari buzilishiga guvoh bo‘ldingizmi?
U holda til.gov.uz saytining “Tilimiz bo‘yicha taklif va shikoyatlar” bo‘limi orqali bizga murojaat qiling", - deydi departament.

Mas'ullarning aytishicha bu yerga qilingan murojaatlar javobsiz qolmas ekan.

Xabarchining shaxsi oshkor qilinmaydi. Ma'lumotlar esa, murojaat hal etilganini bildirib qoʻyish uchun soʻralgan.

P.S.: xabarchiga pul toʻlanmaydi, hammasi tilimiz uchun.

Kanalga ulanish: @birgap
2.4K viewsedited  18:14
Ochish/sharhlash
2021-01-07 12:15:35 #milliy_sertifikat #savol_javob

Savol: Imtihon kuni qachon boʻladi?
Javob: Hozircha aniq kun mavjud emas. Taxminan, mart-aprel oyiga reja qilingan.

Savol: Adabiyotdan test tushganda ijodkorning hayoti va ijodidagi voqealardan savollar boʻladimi?
Javob: Agar rasmiy e'lon qilingan test shakliga qarasak, yoʻq, bunday xotirani sinashga qaratilgan savollar boʻlmaydi.

Savol: Ish hujjatlari maktab darsliklaridagi ish hujjatlari asosida boʻladimi?
Javob: Ma'lumot-axborot hujjatlari turiga kiruvchi rasmiy hujjatlar beriladi. Ya'ni u hujjat amaladagi darsliklarda mavjud boʻlmasligi ham mumkin. Lekin asosan maktab darsliklarida hujjatlardan tashqariga chiqilmaydi.

Savol: Savollar uchun faqat maktab darsliklari asosmi?
Javob: Savollarga umuman hech qanday darslik asos emas. Chunki bu testlar koʻnikmalarni tekshirishga qaratilgan boʻladi. Topshiruvchining shu koʻnikmani oʻzlashtirgani va uni begona vaziyatlarda qoʻllay olishi baholanadi.

Savol: Aprobatsion test namunalari qachon e'lon qilinishi mumkin?
Javob: Bu savolga men javob bera olmayman.

Kanalga ulanish: @birgap
1.8K viewsedited  09:15
Ochish/sharhlash
2021-01-07 12:01:49 #milliy_sertifikat #oʻqib_tushunish

Oʻqib tushunish testlarini yechayotgan bolaning oldida doim matn turadi. Ya'ni u matndagi biror narsani yodlab olishi shart emas.

Matnda ochiq ifodalangan ma'lumotlarni topa va tushuna olish koʻnikmasini tekshiradigan testni koʻrib chiqamiz. U taxminan quyidagicha boʻladi:

Savol: 2020-yilgi Oliy Majlisga saylov qaysi oyda boʻlib oʻtgan?
A. Dekabr
B. Avgust
D. Sentabr
E. Noyabr

Aytaylik, bolaga berilgan matnda quyidagi ma'lumotlar mavjud boʻlsin.

"18-noyabr kuni, ya'ni Oliy Majlisga saylov boʻlishidan bir kun qolganida saylovchilar saylovning shaffof oʻtishiga ishonchsizlik bildirib tinch namoyish oʻtkazishdi"

Matndagi ma'lumotdan shuni anglash mumkinki, saylov noyabr oyida boʻlgan. Chunki 18-noyabr kuni, Oliy Majlisga saylov boʻlishiga bir kun qolganda deyilmoqda. 18-noyabrdan bir kun oldin ham noyabr oyi boʻlishini bilgan odam sifatida E javobni tanlaymiz.

Kanalga ulanish: @birgap
1.4K views09:01
Ochish/sharhlash
2021-01-07 11:37:49 #milliy_sertifikat #oʻqib_tushunish

Bugun Ona tilida oʻqib tushunish malakasi haqida gaplashamiz.

Oʻqib tushunish oldingi tushunchalardagi, bolaning oʻqish tezligi, toʻgʻri, ravon oʻqishi, ma’lumotlarni yodlab qolishi kabi tushunchalarni anglatmaydi.

Oʻqish va oʻqib tushunish oʻrtasida katta farq mavjud. Oʻqish bu matnni dekodlash (harflarni tovushga aylantirish, ovoz chiqarib oʻqish) demakdir.

Oʻqib tushunish degani matn koʻrinishidagi (ba’zan aralash – matn+grafik) ma’lumotlarni tushunish, foydalanish, talqin qilish va baholash. Ushbu koʻnikmalar orqali jamiyatga kirishish va salohiyatini rivojlantirish demakdir.

Oʻqib tushunish haqida umumiy ma’lumotga ega boʻldik. Xoʻsh, oʻqib tushunish malakasi nimalardan iborat?

Oʻqib tushunish malakasi quyidagi asosiy koʻnikmalardan tashkil topadi:
- matnda berilgan ma’lumotlarni topa olish va tushunish;
- matndan aniq ifolangan ma’lumotni qidirib topa olish;
- matnda ochiq ifodalangan ma’lumotlarni topa olish;
-matnda yashirin ifodalangan ma'lumotlarni topa va tushuna olish;
- matnda bir yoki bir necha gaplarda ifodalangan ma’lumotlarni perefraza qila olish;
- matnda berilgan ma’lumotlarni integratsiya qilish va xulosalar chiqara olish;
- leksik birliklarning ma’nosini tushunish;
- matn qismlari orasidagi bogʻliqliklarni tushunish;
- matndagi sintaktik birliklarning vazifasini tushunish;
- matn tarkibidagi vizual ma’lumotlarni tushunish;
- matnga baho bera olish;
- matnning yoki uning qismlarining umumiy ma’nosini tushunish.

Ushbu koʻnikmalar haqida toʻliq ma’lumotni va test namunasini keyingi bildirgilardan bilib olishingiz mumkin.

Kanalga ulanish: @birgap
1.4K viewsedited  08:37
Ochish/sharhlash
2021-01-06 09:02:24 Ona tili fanidan Miliiy test tizimi hamda sertifikati haqida savollaringiz bo'lsa @shokiryuldash ga savol qoldiring.

1. Savol oldidan #milliy_sertifikat boshlanmasini yozing.
2. Savollarga shaxsiydan emas, shu kanalda umumlashgan holda javob beraman.
3. Test tizimining oshkor qilish mumkin bo'lmagan jihatlarini ayta olmayman.

Kanalga ulanish: @birgap
1.5K views06:02
Ochish/sharhlash
2021-01-02 17:47:16 ​​Har safar nemislarning odatlari haqida oʻqiganimda "Rostmikan? Nega biz shunday qilmaymiz?" deb qolaman. Ba'zi biz uchun umuman teskariliklarni yozaman:

Mehmondorchilikda oʻzing olib borgan narsani yeysan
1. Nemislarning uyiga mehmonga borsangiz choy yoki qahva berishadi lekin yoniga oʻzingiz olib kelgan narsani qoʻshib berisharkan. Masalan, meni bir doʻstim uyiga choy ichishga taklif qilsa, men oʻzim bilan kamroq boʻlsada shirinlik olishim kerak, aks holda, choyning oʻzini ichib qaytishimga toʻgʻri keladi.

Shisha va plastik idishlar soligʻi yoxud ekologiya qonuni
2. Germaniyadagi koʻplab supermarketlarda shisha va plastik idishlarni qabul qiluvchi va evaziga pul beruvchi qurilmalar mavjud. Eshitishimcha Germaniyada shisha va plastik idishlar soligʻi mavjud, ya'ni siz shunday idishdagi narsa sotib olganingizda siz qoʻshimcha haq toʻlaysiz, lekin oʻsha qoʻshimcha toʻlagan pulingiz idishni qaytarganingizda toʻliq qoplanadi (mana buni ekologiya uchun kurash qonuni deyish mumkin).

Ikkinchi qoʻl kiyim kiyish - uyat emas
3. Nemislarda kiyilgan kiyimlarni sotish odatiy hol. Hech boʻlmaganda, ularni berib yuborish uchun ham asrab-avaylab kiyishadi. Axir, kimgadir kiyim berib ham savob ishlash mumkin. Buni ham ekologiyani asrash hamda iqtisod qilish bilan bogʻlash mumkin. Mana shu ish bilan shugʻullanuvchi saytlarning bir nechtasi:
http://onmymain.com/.../best-websites-to-sell-used.../

Ovqat va nonlarni tekin yoki arzonga berib yuborish
4. Ortib qolgan ovqatlarni ham turli saytlar orqali kimgadir berib yuborish mumkin. Doʻkonlar, kafelar esa kun yakunida ana shunday narsalarni juda arzon narxda berib yuborishadi. Bunisi endi isrofning oldini olish. Men bir nechta kafe va choyxonalarda ishlaganman, ovqat ortib qolishini ya'ni bugun sotilmay qolishini bilsakda tekinga yoki arzonga (hatto yopilishdan oldin biror bechoraga ulashmasdik) sotish (berib yuborish) oʻrniga kuchuk yoki mol uchun kimdur olib ketadi deb orqa hovlidagi maxsus idishga toʻkib qoʻyardik (ha, toza ovqat hamda nonlarni ham shunday qilardik).

Kanalga ulanish: @birgap
1.1K views14:47
Ochish/sharhlash