Get Mystery Box with random crypto!

Shokir Tursun qarashlari

Telegram kanalining logotibi birgap — Shokir Tursun qarashlari S
Telegram kanalining logotibi birgap — Shokir Tursun qarashlari
Kanal manzili: @birgap
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 3.85K
Kanalning ta’rifi

Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.
Reklama boʻyicha murojaat: @shtursunreklama_bot
Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari (yuqori sinflar uchun)
Ta'lim

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-20 15:52:01 Qozogʻistonda qozoq tilli maktablargina boʻlishi haqida qaror loyihasi tayyorlangan emish. Baʼzi rus maktablari qolarkan.

Chimkentga borganimda juda koʻp oʻzbek tilli maktablar borligini aytishgandi. Yuqorida tilga olingan qaror kuchga kirsa, Qozogʻistondagi oʻzbeklar oʻzbek tilida taʼlim ololmaydi. Bu millat oʻlaroq saqlanib qolishga ogʻir zarba boʻladi deyishim mumkin.

Yaqinda Ukraina ham rus tilini maktab dasturidan chiqargan edi. Ukrainaning motivlari aniq, lekin Qozogʻiston nega bunday qildi, anglolmadim.

@birgap
1.2K views12:52
Ochish/sharhlash
2022-08-17 12:09:36 18-avgust kuni Toshkent shahridagi 110-maktabda "Ustozlar milliy forumi"ning shahar bosqichida maʼruza qilish uchun yuborilmoqdaman.

Koʻrishguncha

@birgap
1.8K views09:09
Ochish/sharhlash
2022-08-14 23:51:04
Oʻquvchi uchun tilga doir qoidalarni yod olishdan koʻra, real hayotiy koʻnikmalarni rivojlantirish muhimroq. Yangi ona tili darsliklari bolalarimizga DTM testlarini yechishni emas, katta hayotda yashashni oʻrgatadi.

P.S.: biz bu darslikni 6 oy oldin yozib boʻlganmiz. Shunchaki, shaxmatchilar mavzusi hali uzoq vaqt trendda boʻlishini bilar edik

Sa’dullo Quronov
filologiya fanlari nomzodi, “Ona tili va oʻqish savodxonligi” hamda “Ona tili” darsliklari muallifi

@birgap
2.2K views20:51
Ochish/sharhlash
2021-02-10 07:22:23
Pedagogika yoʻnalishini tamomlagan va tamomlayotganlar mana bu manzildan oʻzlariga ish topishlari mumkin.

https://xt.uzedu.uz/Vacancy/ListView
343 views04:22
Ochish/sharhlash
2021-02-09 21:31:36 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining shahodatnomasi (attestati) (diplom ilovasi)ga majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichi kiritilishi va ushbu ko‘rsatkich 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olinishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Manba: https://regulation.gov.uz/uz/d/28636

"Oʻoʻoʻ, zoʻr qaror", - deyishga shoshilmang. Nega deysizmi? Sabablar yetarli.

1. Maktabdagi baholash formativ ya'ni joriy baholash hisoblanadi, OTMga kirish imtihoni esa, summativ ya'ni yakuniy baholashdir. Shu jihatdan qaralsa, baholashning bu ikki turini aralashtirish mumkin emas.

2. Maktabdagi baholar biz nima demaylik, subyektiv va nisbatan qoʻyiladi. Bir maktabda 5 olgan oʻquvchi boshqasida ham 5 olishi qiyin.

3. Maktabdagi oʻqituvchilarga baholash nazariyasi va amaliyotini oʻqitmaganmiz, oʻqitmayapmiz ham, ularning qoʻyayotgan bahosi qanchalik haqiqatga yaqin ekaniga qanday ishonamiz? Agar oʻsha baholarga toʻliq ishonchimiz boʻlsa, DTM testlarini bekor qilib, suhbat asosida, maktablardagi baholarga qarab qabul qilishni joriy qilaveraylik.

4. Maktablarda ham korrupsiyaning urchishiga zamin yaratgan boʻlamiz, korrupsiya xavfidan tashqari direktor hamda fan oʻqituvchisiga oʻquvchining ota-onasi, qarindoshlari tomonidan bosim ham boʻlishi ehtimoli oshadi, bunisi oʻta xavfli.

ESLATMA: bu qaror loyiha sifatida boʻlib, muhokama 16-fevralgacha davom etadi.
686 views18:31
Ochish/sharhlash
2021-02-07 22:30:18
Kanalga ulanish: @birgap
1.2K views19:30
Ochish/sharhlash
2021-02-07 22:29:50 ​​Shunga amin boʻlyapmanki, bizda BOLALAR ADABIYOTI deganda 13-14 yoshdan boshlanadigan adabiyot tushunilarkan. Undan kichik yoshdagilarga xos va mos tuzukroq narsa juda kam.

1-sinf uchun chiqarilgan "Alifbe", "Ona tili" va "Oʻqish" kitoblarini tahlil qilarkanman, matnlar, she'rlar maqsadsiz tanlanganday. Bolani vaqtini olishdan boshqa narsaga yaramaydigandek tuyuldi menga. Balkim oʻz dunyoqarashimdan shunday chiqqandir. Rasmlarda ba'zilarini keltiraman, bolalarga quruq, havoyi narsalarni oʻqitavermaslik kerak, real hayotga yaqin matnlar, yoshiga, tafakkuriga xos tushnchalarni bergan ma'qul deb hisoblayman.

Amir Temur haqidagi she'r va matnga e'tibor bering. Quruq gap, xolos. Shuncha joyga Amir Temur haqida bundanda foydaliroq biror narsa berish mumkin edi.

"Vatan surati" deb nomlangan matndagi gaplarning uzunligini qarang, bitta gap 27ta soʻzdan iborat Gapdagi soʻzlar soni qancha koʻp boʻlsa, uning tushunilishi ham shuncha qiyin boʻladi.

Shunday matnlarni koʻravergan sarim ustozimning oʻgʻli aytgan bir gap esimga kelaveradi: "Biz gerbimizga nega yoʻq qushning rasmini qoʻyganmiz?"

P.S.: yangi darsliklarda mualliflardan biri boʻlgani uchun eskilarini tanqid qilyapti degan fikrga bormang, iltimos, azbaroyi ilgari bilib-bilmay yoʻl qoʻyilgan xatolarni takrorlamaslik uchun ham tanqidiy koʻz bilan tahlil qilmoqdaman.

Kanalga ulanish: @birgap
682 views19:29
Ochish/sharhlash
2021-02-06 15:01:01 Hurmatli maktab oʻqituvchilari va ota-onalar! Oʻquvchingiz/farzandingizning PISA xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarligini yana bir karra samarali qilishni istasangiz quyidagi telegram kanaliga a'zo boʻlib qoʻying. U yerda PISA xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik koʻrishga koʻmaklashuvchi videolar berib borilmoqda.

https://t.me/avloniyuz
1.3K views12:01
Ochish/sharhlash
2021-02-05 21:44:35
STesting loyihasining uchinchi video mahsuloti

#_STesting_Digest_3

“BOSHQARILUVCHI KO‘ZOYNAK”

Qadrli о‘quvchilar! Kreativ fikrlash mahsuli bо‘lgan innovatsion texnologiyalarning inson hayotidagi ahamiyati va roli haqida PISA tadqiqotininng “Boshqariluvchi ko‘zoynak” nomli topshiriqlar guruhi bilan tanishish orqali bilib olasiz.

Bu topshiriq zamonaviy texnologiyalar sohasidagi yutuqlar tо‘g‘risida ma’lumot berish bilan birgalikda hayotingizda uchraydigan kо‘rish bilan bog‘liq bо‘lgan muammolarni hal etishga qaratilgan.

Keling, ilm – fan olamiga sayohatimizni davom ettiramiz!

A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram |Facebook |Website
607 views18:44
Ochish/sharhlash