Get Mystery Box with random crypto!

​#yangilik Endi akademik litseyga hujjat topshiradiganlarga | Siz kutgan xabar | Siz uchun yangilik

​#yangilik

Endi akademik litseyga hujjat topshiradiganlarga ham uchtagacha yoʻnalish tanlash imkoniyati beriladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Akademik litseylarga oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish, oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlatish tartibini takomillashtirish haqida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Unga koʻra:

abituriyentlarga roʻyxatdan oʻtishda uchtagacha akademik litseyning taʼlim tili bir xil boʻlgan bittadan mos yoʻnalishini tanlash imkoniyati beriladi;

abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.

Bundan tashqari, akademik litseylarga oʻqishga qabul qilishda xalqaro va respublika fan olimpiadalari gʻoliblari, xorijiy til sertifikati mavjud abituriyentlarga imtiyozlar beriladi.

Akademik litseyga hujjat topshiradiganlarga yuboring!

ESLATMA: O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini
@Abituriyents_info_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram:
@Bilim_baholash_agentligi