Get Mystery Box with random crypto!

Diagnostik test materiallariga buyurtma bergan talabgorlar diq | Siz kutgan xabar | Siz uchun yangilik

Diagnostik test materiallariga buyurtma bergan talabgorlar diqqatiga!

Bilimni baholash agentligi tomonidan diagnostik test materiallariga buyurtmalarni qabul qilish 31-may kuni to‘xtatilishi haqida xabar bergan edik.

Ma’lumki, diagnostik test topshiriqlarini ishlagan talabgorlar o‘z natijalarini bilish uchun belgilagan javoblarini Bilimni baholash agentligiga taqdim etishlari lozim.

Shu sababli diagnostik test materiallariga buyurtma berib, uni olgan talabgorlardan javoblar varaqalarini 2023-yil 10-iyunga qadar taqdim etishlarini so‘raymiz.

Bunda javoblar varaqalarini Bilimni baholash agentligiga yoki uning hududlardagi vakillariga (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar) olib kelib, topshirish mumkin.

ESLATMA: O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @Abituriyents_info_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram:
@Bilim_baholash_agentligi