Get Mystery Box with random crypto!

#abituriyent Davlat qabul komissiyasining qaroriga ko’ra, qu | Siz kutgan xabar | Siz uchun yangilik

#abituriyent

Davlat qabul komissiyasining qaroriga ko’ra, quyidagilarga istisno tariqasida ruxsat berildi:

abituriyentlarga tugatgan ta’lim muassasasidan qat’i nazar ta’lim tili qardosh (qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman) tillardan birida olib boriladigan ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tishga;

“Oliy hamshiralik ishi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga hamshiralik, akusherlik ishi va feldsherlik bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan abituriyentlar ham ro‘yxatdan o‘tishiga.

ESLATMA: O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @Abituriyents_info_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram: @Bilim_baholash_agentligi