Get Mystery Box with random crypto!

#qabul_2023 Imtiyozi bor abituriyentlarning imtiyozi “Tekshir | Siz kutgan xabar | Siz uchun yangilik

#qabul_2023

Imtiyozi bor abituriyentlarning imtiyozi “Tekshirilmoqda” deb turgan bo‘lsa, nima qilish kerak?

Turli imtiyozga ega yoki tavsiyanoma olgan, shuningdek xorijiy til bilish sertifikatini kiritgan abituriyentlarning shaxsiy sahifasida haligacha imtiyozlar “Tekshirilmoqda” maqomida turgani ko‘pchilikni xavotirga solmoqda.

Bilimlarni baholash agentligi vakili Jamshidbek Odilovning xabar berishicha, bunda xavotirga o‘rin yo‘q. Masʼul tashkilotlar maxsus tizimga imtiyoz va tavsiyanomalar haqida maʼlumotlarni kiritishda davom etmoqda, shu sababli hozircha hammaniki “tekshirilmoqda” deb turibdi. Lekin imtiyozning bazada ko‘ringanining o‘zi hammasi joyidaligini bildiradi.

Qabul to‘liq yakunlab bo‘lingach, testga kirish uchun ruxsatnoma olgungacha bo‘lgan davrda ushbu “tekshirilmoqda” maqomi “tasdiqlandi” maqomiga o‘tadi.

So'ragan edingiz!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!
Telegram: @Bilim_baholash_agentligi