Get Mystery Box with random crypto!

Memorandum ijrosi amalda... Xabaringiz bor, Maktabgacha va m | Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi

Memorandum ijrosi amalda...

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi o'rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Ushbu Memorandum doirasida Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabida "Favqulodda vaziyatlarda favqulodda harakatlar" mavzusida xodimlar ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.

Davra suhbatida Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi kafedra katta oʻqituvchisi Mayor Sherali Asomov hamda kafedra oʻqituvchisi Kapitan Gʻolibjon Oʻrinboyevlar ishtirok etdilar.

Davra suhbati davomida yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish hamda birlamchi oʻt oʻchirish vositalari va ularning turlari haqida koʻrgazmali ma’lumotlar berib oʻtdilar.

Bundan ko'zlangan asosiy maqsad xodimlar o'rtasida favqulodda vaziyatlar hamda yong'in kelib chiqqan vaqtda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirib borishdan iborat.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE