Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum! Bugun 17-aprel, Dushanba. Maktabgacha va | Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi

Assalomu alaykum!

Bugun 17-aprel, Dushanba.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog'liq bo'lgan voqealarni siz bilan bo'lishadi!

BAYRAMLAR:

Xalqaro sirk kuni
Tojikistonda Dushanbe shahri kuni
Qozogʻistonda yongʻin xavfsizligi kuni
Yaponiyada bolalarni himoya qilish kuni

VOQEALAR:

1492-yil — Xristofor Kolumb Ispaniya bilan Hindistonga yangi yo‘l ochish haqida shartnoma imzoladi.
1980-yil — Janubiy Rodeziya oʻz nomini Zimbabvega oʻzgartirdi.
1982-yil — Angliya qirolichasi Yelizaveta II Kanadaning yangi konstitutsiyaviy qonunini tan olib, uni to'liq mustaqil deb e'lon qildi.
1992-yil — Rossiyaga ikki rasmiy nom berildi – “Rossiya Federatsiyasi” va “Rossiya”.

TAVALLUDLAR:

1403-yil — Ali Qushchi — ilmiy faoliyat ko‘rsatgan matematik va astranom. Unga nisbatan Ulug‘bek “farzandi arjumand” sifatida ishonch bildirgan.
1598-yil — Jovanni Battista Richcholi — italiyalik astronom va ilohiyotchi, Oy xaritasini tuzgan birinchi olim.
1837-yil — Jon Pirpont Morgan — amerikalik moliyachi, sanoatchi, “General Electric” kompaniyasi asoschisi.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE