Get Mystery Box with random crypto!

#Yangi_IMKONIYATLAR_oyligi “Smile spring' respublika varrakla | Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi

#Yangi_IMKONIYATLAR_oyligi

Smile spring" respublika varraklar festivalining hududiy bosqichi o'tkazilmoqda

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan "YANGI IMKONIYATLAR OYLIGI" doirasida "Smile spring" respublika varraklar festivali e'lon qilingan edi.

Hozirda ushbu ko'rik-tanlovning hududiy bosqichi "Barkamol avlod" bolalar maktablarida o'tkazilmoqda.

Festival nizomiga ko'ra, 10 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan barcha o‘quvchi-yoshlar ishtirok etmoqda.

Nizom bilan tanishish

Eslatib o'tamiz, aprel oyining uchinchi 10 kunligida “Smile spring” varraklar festivalinining respublika bosqichi Jizzax viloyati, G‘allaorol tumanida o'tkazish rejalashtirilgan.

Festivalni o‘tkazishdan maqsad o‘quvchi-yoshlarni texnik yo‘nalishdagi to‘garaklarga jalb qilish, ma’naviy olamini boyitish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, iqtidorli bolalarni aniqlash va sportning texnik turlarini yanada rivojlantirishdan iborat.

Festival g‘oliblari Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining DIPLOM hamda ESDALIK SOVG'ALARI bilan taqdirlanadilar.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE