Get Mystery Box with random crypto!

Bilimni baholash agentligi

Telegram kanalining logotibi baholashuz — Bilimni baholash agentligi B
Telegram kanalining logotibi baholashuz — Bilimni baholash agentligi
Kanal manzili: @baholashuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 90.91K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi
📞 1195
📧 info@uzbmb.uz
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• facebook.com/dtmuzb
• instagram.com/dtmuzb
• youtube.com/@BaholashUz

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 40

2023-02-28 13:55:15 Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish grafigi

Ma’lumki, 2023-yil 19-fevral kuni barcha hududlarda matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazildi.

2023-yilning 1-yarmida kimyo, fizika, ona tili va adabiyot, tarix hamda geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Talabgorlarning murojaatlaridan kelib chiqqan holda 2023-yilning 1-yarmi uchun milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish grafigi ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra kimyo va fizika fanlaridan:

ro‘yxatga olish — 23-fevraldan 8-martgacha;
test sinovlari — 2-aprel kuni;

ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan:

ro‘yxatga olish — 3-apreldan 16-aprelgacha;
test sinovlari — 30-aprel kuni;

tarix va geografiya fanlaridan:

ro‘yxatga olish — 24-apreldan 7-maygacha;
test sinovlari — 21-may kuni o‘tkaziladi.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
46.8K views10:55
Ochish/sharhlash
2023-02-28 11:01:48 Agentlikning rasmiy veb-sayti uzbmb.uz domeniga o‘tkazilmoqda

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-269-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi negizida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tashkil etildi.

Bugunga qadar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti sifatida dtm.uz domenidan foydalanilayotgan edi. Hozirda agentlikning rasmiy veb-sayti uzbmb.uz domeniga o‘tkazilmoqda.

Shu sababli 28-fevral kuni dtm.uz saytiga kirishda uzilishlar bo‘lishi mumkin. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
48.2K views08:01
Ochish/sharhlash
2023-02-27 16:04:45
Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari yuzasidan rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha o‘qituvchilar tomonidan turli fikrlar bildirilmoqda. Ulardagi asosiy e’tiroz o‘qituvchilar uchun ustama berish bilan bog‘liq bo‘lib, bildirilayotgan fikrlarning aksariyati haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Batafsil: https://dtm.uz/post/view/sertifikat-munosabat

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
15.3K views13:04
Ochish/sharhlash
2023-02-24 20:00:45 Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

2023-yil 29-yanvar kuni o‘tkazilgan ona tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.dtm.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
22.2K views17:00
Ochish/sharhlash
2023-02-24 18:16:16 Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2023-yil 9-16-fevral kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Bunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (24-26-fevral) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
26.8K views15:16
Ochish/sharhlash
2023-02-22 13:12:20 Kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2-aprel kuni o‘tkaziladi

2023-yil 23-fevral kuni kimyo va fizika fanlaridan navbatdagi milliy sertifikat imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlanadi.

Ro‘yxatga olish my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshiriladi va 8-mart (to‘lov qilish 9-mart) kuniga qadar davom etadi.

Talabgorlar ro‘yxatdan o‘tish vaqtida test topshirish tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) va test topshirish hududini tanlashlari mumkin.

Ushbu fanlardan test sinovlari 2023-yil 2-aprel (yakshanba) kuni o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida o‘tkaziladi.

Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlarda tashkil etiladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
23.1K views10:12
Ochish/sharhlash
2023-02-21 13:38:31 Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat natijalari 24-fevral kuni e’lon qilinadi

2023-yil 29-yanvar kuni ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tgan edi.

Mazkur test sinovida 5 ming nafarga yaqin talabgor ishtirok etgan bo‘lib, hozirda ularning yozma ishlari tekshirilmoqda.

Yozma ishlarni tekshirish ko‘p vaqt talab etadigan jarayon bo‘lib, hozirda mazkur jarayonni imkon qadar tezroq yakunlashga harakat qilinmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 646-son qarorida test sinovi natijalari yigirma ish kuni ichida e’lon qilinishi belgilangan.

Shu sababli yozma ishlarni tekshirish jarayonini 24-fevralga qadar yakunlash va 24-fevral kuni test natijalarini e’lon qilish rejalashtirilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
23.8K views10:38
Ochish/sharhlash
2023-02-20 07:43:29
Matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi

2023-yil 19-fevral kuni barcha hududlarda matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Imtihonlar o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida tashkil etilib, unda 4 614 nafar talabgor ishtirok etdi. 9 nafar talabgor esa tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Test sinovi natijalari yigirma ish kuni ichida e’lon qilinadi va eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

60 % dan 86 % gacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentlarga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
14.3K views04:43
Ochish/sharhlash
2023-02-18 11:33:06
Rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish darajasini aniqlash test sinovlari o‘tkazildi

2023-yil 17-fevral kuni rahbar kadrlar va mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari rahbar kadrlar va mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda talabgorlarning o‘qib tushunish, imlo qoidalarini to‘g‘ri qo‘llay olish, so‘z va qo‘shimchalardan to‘g‘ri foydalana bilish, tinish belgilarini o‘z o‘rnida ishlata olish hamda topshiriqqa ko‘ra mos rasmiy hujjat matnini tayyorlash kabi ko‘nikmalari tekshirildi.

Test sinovi natijalari 15 ish kuni ichida Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Bilimni baholash agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
8.3K views08:33
Ochish/sharhlash
2023-02-17 08:13:29 Diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yildi

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari formatidagi namunaviy test topshiriqlari asosida diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yildi.

Diagnostik test sinovlari orqali abituriyentlar o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari va test materiallari (test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasi) bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo’lishlari mumkin.

Diagnostik test materiallari har hafta barcha hududlarga yetkaziladi va talabgorlar test materiallarini agentlikning hududlardagi vakillaridan olib ketishlari mumkin bo‘ladi.

Mazkur xizmatdan foydalanish istagini bildirgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali diagnostik test materiallariga buyurtma berishlari mumkin.

Bilimni baholash agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
11.3K views05:13
Ochish/sharhlash