Get Mystery Box with random crypto!

Bilimni baholash agentligi

Telegram kanalining logotibi baholashuz — Bilimni baholash agentligi B
Telegram kanalining logotibi baholashuz — Bilimni baholash agentligi
Kanal manzili: @baholashuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 90.29K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi
📞 1195
📧 info@uzbmb.uz
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• facebook.com/dtmuzb
• instagram.com/dtmuzb
• youtube.com/@BaholashUz

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 36

2023-04-13 11:58:08 ​​“Axborotnoma” ilmiy-uslubiy jurnalining rasmiy veb-sayti ishga tushirildi

Bilimni baholash agentligining “Axborotnoma” ilmiy-uslubiy jurnali “13.00.00 – pedagogika fanlari” mutaxassisligi bo‘yicha Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etishga tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Bilimni baholash agentligi tomonidan “Axborotnoma” ilmiy-uslubiy jurnalining rasmiy veb-sayti ishlab chiqilib, 2023-yil 12-aprel kuni ishga tushirildi.

Unda “Axborotnoma” ilmiy-uslubiy jurnali va tahririyat hay’ati haqida ma’lumotlar, nashr etilgan jurnallar hamda mualliflar uchun qo‘llanma keltirilgan.

Shuningdek saytda shaxsiy kabinet yaratish va undan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lib, pedagogika sohasining pedagogik o‘lchovlar yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy-uslubiy ishlar olib borayotgan professor-o‘qituvchi, mustaqil izlanuvchi, doktorant va soha magistrantlari shaxsiy kabinet orqali dolzarb va ilmiy yangiligi yuqori bo‘lgan ishlarini tahririyat hay’atiga taqdim etishi mumkin.

“Axborotnoma” ilmiy-uslubiy jurnalining rasmiy veb-sayti: ejournal.uzbmb.uz.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
10.6K views08:58
Ochish/sharhlash
2023-04-13 07:55:15
Akademik litseylarning bitiruvchilari uchun chet tili imtihoni o‘tkazildi

2023-yil 11-12-aprel kunlari akademik litseylarning bitiruvchi bosqich o‘quvchilari uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma qismi bo‘lib o‘tdi.

Imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910 qaroriga muvofiq akademik litsey bitiruvchilari uchun bepul tarzda o‘tkazildi.

Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda jami 4,5 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 8 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 20-apreldan 8-mayga qadar bo‘lib o‘tadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
18.5K views04:55
Ochish/sharhlash
2023-04-11 12:17:06 Huquqni muhofaza qilish akademiyasining bakalavriatiga qabul

2023-yil 6-aprel kuni Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul qilish va o‘qitish tartibini belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 143-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorda Akademiyaning “Tergov faoliyati” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga nomzodlarni ro‘yxatga olish Bilimni baholash agentligi tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

Shu sababli Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida “O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi” bo‘limi ochilib, talabgorlarni ro‘yxatga olish imkoniyati yaratildi.

Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Tergov faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha talabgorlarni ro‘yxatga olish 2023-yil 3-may kuniga qadar onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Qabul bo‘yicha to‘liq ma’lumot bilan quyidagi havolada tanishishingiz mumkin: https://lex.uz/pdfs/6425532.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
4.7K views09:17
Ochish/sharhlash
2023-04-10 12:19:53
Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi va yangi Mehnat kodeksi bo‘yicha davra suhbati

Ma’lumki, 2023-yil 30-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi boʻyicha referendum bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, 2023-yil 30-apreldan boshlab O‘zbekiston Respublikasining yangi Mehnat kodeksi kuchga kiradi.

Shu sababli 2023-yil 10-aprel kuni Bilimni baholash agentligida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi va yangi Mehnat kodeksi bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.

Unda Toshkent davlat yuridik universiteti katta o‘qituvchisi Muhammadamin Karimjonov ishtirok etib, ishtirokchilarga Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi, uning mazmun-mohiyati, 30-aprelda bo‘lib o‘tadigan referendum va yangi Mehnat kodeksi bo‘yicha ma’lumot berdi.

Erkin, do‘stona va ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbir davomida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga huquqiy asoslangan javob oldi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
9.5K views09:19
Ochish/sharhlash
2023-04-10 10:59:04
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2023-yil 8-9-aprel kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda jami 13,5 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 22 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 13-14-, 17-21-, 25-29-aprel va 1-5-may kunlari bo‘lib o‘tadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
20.8K views07:59
Ochish/sharhlash
2023-04-08 11:02:40 #Ovozli_chat #Audio
Nostrifikatsiya va apostil xizmatlari bo‘yicha ovozli chat audiosi

2023-yil 7-aprel kuni Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanalida nostrifikatsiya va apostil xizmatlari bo‘yicha ovozli chat o‘tkazildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan ovozli chat davomida:

xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) taribi;
hujjatlarni tan olishda test sinovidan ozod qilingan toifalar;
ta’lim toʻgʻrisidagi hujjatlarga apostil qo‘yish tartibi;
nostrifikatsiya va apostil boʻyicha murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari;
va boshqa ko‘plab masalalar bo‘yicha savollarga batafsil javob berildi.

Ovozli chatda ishtirok eta olmaganlar uchun ovozli chatning audio yozuvi telegram kanalimizga joylanmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
10.3K views08:02
Ochish/sharhlash
2023-04-07 13:04:02
#Ovozli_chat #Live
Nostrifikatsiya va apostil xizmatlari bo‘yicha ovozli chat boshlandi

Ovozli chatda Bilimni baholash agentligining tegishli bo‘linma boshliqlari hamda mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Unda xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) va ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha savollarga javob beriladi.

Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin.

Ovozli chatda qatnashish uchun havola: https://t.me/BaholashUz?livestream

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
12.8K views10:04
Ochish/sharhlash
2023-04-07 12:56:12 Live stream started
09:56
Ochish/sharhlash
2023-04-07 09:03:17
#Ovozli_chat
Nostrifikatsiya va apostil xizmatlari bo‘yicha ovozli chat

2023-yil 7-aprel (bugun) kuni 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da navbatdagi ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat “Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) va ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarga apostil qo‘yish” mavzusida bo‘lib o‘tadi.

Unda Bilimni baholash agentligining tegishli bo‘linma boshliqlari hamda mutaxassislari ishtirok etadi va savollarga jonli efirda javob beriladi.

Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
61.6K views06:03
Ochish/sharhlash
2023-04-06 12:02:13
Diagnostik test sinovlari grafigi

Bilimni baholash agentligi tomonidan fevral oyida OTMlarga kirish test sinovi formatidagi namunaviy test topshiriqlari asosida diagnostik test sinovlari xizmati yo‘lga qo‘yilgan edi.

Mazkur xizmat my.uzbmb.uz saytida joriy etilgan bo‘lib, talabgorlar mazkur sayt orqali diagnostik test materiallariga buyurtma berishmoqda.

Diagnostik test materiallari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlarga yetkazib berilmoqda.

Talabgorlardan bo‘layotgan murojaatlardan kelib chiqqan holda test materiallarini yetkazib berish va natijalarni e’lon qilish bo‘yicha grafik ishlab chiqildi.

Talabgorlar mazkur grafik asosida buyurtmalarni qabul qilish, ularni yetkazib berish, javoblar varaqasini qabul qilish va natijalarni e’lon qilish muddatlari bilan tanishishlari mumkin.

Izoh: 2023-yil 21-may diagnostik test materiallariga buyurtmalarni qabul qilishning so‘nggi kuni hisoblanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
22.1K viewsedited  09:02
Ochish/sharhlash