Get Mystery Box with random crypto!

Bilimni baholash agentligi

Telegram kanalining logotibi baholashuz — Bilimni baholash agentligi B
Telegram kanalining logotibi baholashuz — Bilimni baholash agentligi
Kanal manzili: @baholashuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 90.91K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi
📞 1195
📧 info@uzbmb.uz
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• facebook.com/dtmuzb
• instagram.com/dtmuzb
• youtube.com/@BaholashUz

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 39

2023-03-05 10:36:59 Tarix va geografiya fanlaridan namunaviy test topshiriqlari va test spetsifikatsiyasi

Tarix
va geografiya fanlaridan milliy test tizimi uchun test spetsifikatsiyasi va namunaviy test topshiriqlari e’lon qilindi.

Geografiya fanidan:

test spetsifikatsiyasi;
namunaviy test topshiriqlari;

Tarix fanidan:

test spetsifikatsiyasi;
namunaviy test topshiriqlari.

Tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari ilk bor 2023-yil 21-may kuni o‘tkaziladi.

Test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish 24-apreldan 7-mayga qadar my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
17.7K views07:36
Ochish/sharhlash
2023-03-05 10:29:36 Tarix fanidan namunaviy test topshiriqlari

Tarix fanidan milliy test tizimi uchun namunaviy test topshiriqlari e’lon qilindi. Namunaviy test topshiriqlari bilan yuqoridagi pdf faylda tanishishingiz mumkin.

Tarix fanidan milliy sertifikat uchun test sinovlari ilk bor tashkil etilmoqda va 2023-yil 21-may kuni o‘tkazish rejalashtirilgan.

Test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish 24-apreldan 7-maygacha my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
17.9K views07:29
Ochish/sharhlash
2023-03-05 10:27:53 Tarix fanidan milliy test tizimi uchun test spetsifikatsiyasi

Tarix fanidan milliy test tizimi uchun test spetsifikatsiyasi ishlab chiqildi. Test spetsifikatsiyasi bilan yuqoridagi pdf faylda tanishishingiz mumkin.

Tarix fanidan milliy sertifikat uchun test sinovlari ilk bor tashkil etilmoqda va 2023-yil 21-may kuni o‘tkazish rejalashtirilgan.

Test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish 24-apreldan 7-maygacha my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
15.8K views07:27
Ochish/sharhlash
2023-03-05 10:15:41 Geografiya fanidan namunaviy test topshiriqlari

Geografiya fanidan milliy test tizimi uchun namunaviy test topshiriqlari e’lon qilindi. Namunaviy test topshiriqlari bilan yuqoridagi pdf faylda tanishishingiz mumkin.

Geografiya fanidan milliy sertifikat uchun test sinovlari ilk bor tashkil etilmoqda va 2023-yil 21-may kuni o‘tkazish rejalashtirilgan.

Test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish 24-apreldan 7-maygacha my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
16.5K views07:15
Ochish/sharhlash
2023-03-05 10:15:16 Geografiya fanidan milliy test tizimi uchun test spetsifikatsiyasi

Geografiya fanidan milliy test tizimi uchun test spetsifikatsiyasi ishlab chiqildi. Test spetsifikatsiyasi bilan yuqoridagi pdf faylda tanishishingiz mumkin.

Geografiya fanidan milliy sertifikat uchun test sinovlari ilk bor tashkil etilmoqda va 2023-yil 21-may kuni o‘tkazish rejalashtirilgan.

Test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish 24-apreldan 7-maygacha my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
16.7K views07:15
Ochish/sharhlash
2023-03-03 16:21:23 Ona tili va adabiyot fanidan tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati

2023-yil 30-aprel kuni ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish 3-apreldan 16-aprelga qadar my.dtm.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Talabgorlar ona (o‘zbek) tili va adabiyot fanidan test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun o‘qish tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati shakllantirildi.

Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati:

“Dunyoning ishlari” qissasi (O‘tkir Hoshimov).
“Ruhlar isyoni” dostoni (Erkin Vohidov).
“Qorako‘z majnun” hikoyasi (Said Ahmad).
“Hayotga muhabbat” hikoyasi (Jek London).
“Hellados” hikoyasi (Nodar Dumbadze).

Rus tili va adabiyot hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati o‘zgarmaydi. Ular bilan test spetsifikatsiyada tanishishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
18.2K views13:21
Ochish/sharhlash
2023-03-02 09:46:16 Ona tilidan yozish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi

27-fevralda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Ona tilidan yozish ko‘nikmasini baholash” bo‘yicha malaka oshirish kursi 6-mart kuniga ko‘chirildi.

Malaka oshirish kursi 24 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 6-mart kunidan Zoom platformasi orqali onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.

Malaka oshirish kursi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali 5-mart kuniga qadar amalga oshiriladi.

Unda tinglovchilarga ona (o‘zbek) tilidan yozish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida Ilmiy-o‘quv amaliy markaziga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

Murojaat uchun telefon: (95) 507-70-72.

@IlmiyMarkazUz
16.5K views06:46
Ochish/sharhlash
2023-03-02 09:46:13 Ingliz tilini bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi bo‘yicha diagnostik test sinovlari (mock exam)

2023-yil 17-mart kuni Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan ingliz tilini bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovlari (mock exam) o‘tkaziladi.

Test sinovlari barcha hududlarda tashkil etiladi va unda ro‘yxatdan o‘tgan holda tegishli to‘lov (100 000 so‘m) ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz saytining “Ilmiy markaz” bo‘limi orqali 11-mart kuni 9:00 ga qadar (to‘lov qilish — 12-mart 10:00) amalga oshiriladi.

Murojaat uchun telefon: (95) 515-68-68

@IlmiyMarkazUz
14.9K views06:46
Ochish/sharhlash
2023-03-02 08:04:25 Abituriyentlarning kasbiy (ijodiy) imtihon ballari OTM tomonidan pasaytirilgan

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
tomonidan 145 nafar abituriyent talabalikka qabul qilinib, ularning buzilgan huquqlari tiklangani haqida ma’lumot e’lon qilindi.

Unda:

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Farg‘ona filialida o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari o‘rganilib, 356 nafar (shundan, qo‘shilgan 322, kamaytirilgan 34) abituriyentning haqiqatda to‘plagan ballariga soxta yozuvlar kiritilgani;

velosport yo‘nalishida abituriyent D.Bakirovning haqiqatda to‘plagan 105,2 bali soxtalashtirilib, Davlat test markazining elektron maʼlumotlar bazasiga pasaytirilgan 67,4 ball kiritilishi oqibatida talabalikka tavsiya etilmagani;

idoralararo ishchi guruhi tomonidan har bir abituriyent natijasi qayta ko‘rib chiqilib, asossiz ravishda talabalikka qabul qilinmasdan qolgan 145 nafar (3 nafar davlat granti va 142 nafar to‘lov-kontrakt) abituriyentni talabalikka tavsiya etish haqida qaror qabul qilingani;

filialning sobiq direktori R.Rasulov va qabul komissiyasi masʼul kotibi M.Muxriddinovga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani qayd etilgan.

Lekin ayrim telegram kanallarda Bosh prokuratura tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlar boshqacha talqin qilinib, abituriyentlarning ballari DTM saytida qasddan pasaytirilgan degan ma’lumotlar berilmoqda. Natijada ko‘pchilikda abituriyentlarning ballari DTM tomonidan pasaytirilgan degan fikr yuzaga kelmoqda. Bu butunlay noto‘g‘ri.

Aslida holat quyidagicha:

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar oliy ta’lim muassasa (OTM)lari tomonidan o‘tkaziladi.

Abituriyentlarning kasbiy (ijodiy) imtihonda to‘plagan ballari OTM mas’ullari tomonidan soxtalashtirilgan.

Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari DTMning elektron ma’lumotlar bazasiga OTM qabul komissiyasi tomonidan pasaytirilgan holda kiritilgan, DTM tomonidan emas.

Bosh prokuratura tomonidan e’lon qilingan ma’lumotda kimlarga nisbatan Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani aniq keltirilgan.

Izoh: Davlat test markazi negizida Bilim va malakalarni baholash agentligi tashkil etilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
17.0K views05:04
Ochish/sharhlash
2023-03-01 09:33:19 Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha mart oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 4-5-mart kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 9-11- va 13-17-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
24.5K views06:33
Ochish/sharhlash