Get Mystery Box with random crypto!

Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat natijalari 24-f | Bilimni baholash agentligi

Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat natijalari 24-fevral kuni e’lon qilinadi

2023-yil 29-yanvar kuni ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tgan edi.

Mazkur test sinovida 5 ming nafarga yaqin talabgor ishtirok etgan bo‘lib, hozirda ularning yozma ishlari tekshirilmoqda.

Yozma ishlarni tekshirish ko‘p vaqt talab etadigan jarayon bo‘lib, hozirda mazkur jarayonni imkon qadar tezroq yakunlashga harakat qilinmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 646-son qarorida test sinovi natijalari yigirma ish kuni ichida e’lon qilinishi belgilangan.

Shu sababli yozma ishlarni tekshirish jarayonini 24-fevralga qadar yakunlash va 24-fevral kuni test natijalarini e’lon qilish rejalashtirilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube