Get Mystery Box with random crypto!

Diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yildi Bilim va malakala | Bilimni baholash agentligi

Diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yildi

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari formatidagi namunaviy test topshiriqlari asosida diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yildi.

Diagnostik test sinovlari orqali abituriyentlar o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari va test materiallari (test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasi) bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo’lishlari mumkin.

Diagnostik test materiallari har hafta barcha hududlarga yetkaziladi va talabgorlar test materiallarini agentlikning hududlardagi vakillaridan olib ketishlari mumkin bo‘ladi.

Mazkur xizmatdan foydalanish istagini bildirgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali diagnostik test materiallariga buyurtma berishlari mumkin.

Bilimni baholash agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube