Get Mystery Box with random crypto!

Kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2-apr | Bilimni baholash agentligi

Kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2-aprel kuni o‘tkaziladi

2023-yil 23-fevral kuni kimyo va fizika fanlaridan navbatdagi milliy sertifikat imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlanadi.

Ro‘yxatga olish my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshiriladi va 8-mart (to‘lov qilish 9-mart) kuniga qadar davom etadi.

Talabgorlar ro‘yxatdan o‘tish vaqtida test topshirish tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) va test topshirish hududini tanlashlari mumkin.

Ushbu fanlardan test sinovlari 2023-yil 2-aprel (yakshanba) kuni o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida o‘tkaziladi.

Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlarda tashkil etiladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube