Get Mystery Box with random crypto!

Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazis | Bilimni baholash agentligi

Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish grafigi

Ma’lumki, 2023-yil 19-fevral kuni barcha hududlarda matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazildi.

2023-yilning 1-yarmida kimyo, fizika, ona tili va adabiyot, tarix hamda geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Talabgorlarning murojaatlaridan kelib chiqqan holda 2023-yilning 1-yarmi uchun milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish grafigi ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra kimyo va fizika fanlaridan:

ro‘yxatga olish — 23-fevraldan 8-martgacha;
test sinovlari — 2-aprel kuni;

ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan:

ro‘yxatga olish — 3-apreldan 16-aprelgacha;
test sinovlari — 30-aprel kuni;

tarix va geografiya fanlaridan:

ro‘yxatga olish — 24-apreldan 7-maygacha;
test sinovlari — 21-may kuni o‘tkaziladi.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube