Get Mystery Box with random crypto!

Bilimni baholash agentligi

Telegram kanalining logotibi baholashuz — Bilimni baholash agentligi B
Kanaldagi mavzular:
Qabul
Abituriyent
Ovozli
Telegram kanalining logotibi baholashuz — Bilimni baholash agentligi
Kanaldagi mavzular:
Qabul
Abituriyent
Ovozli
Kanal manzili: @baholashuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 91.62K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi
📞 1195
📧 info@uzbmb.uz
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• facebook.com/dtmuzb
• instagram.com/dtmuzb
• youtube.com/@BaholashUz

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 35

2023-05-20 10:40:58
Birozdan so‘ng Xalqaro press-klubning “Qabul-2023: kvotalar, imkoniyat va imtiyozlar” mavzusiga bag‘ishlangan navbatdagi jonli sessiyasi boshlanadi.

Oliy talim tizimida shu kungacha rejalashtirilgan maqsadlar qay darajada bajarildi va bu yilgi o’zgarishlar qanday bo’ladi?

Bu yilgi imtihon sinovlarining o’tgan yilgi sinovlardan farqli tomonlari nimada?

Xotin-qizlar bo’yicha ta’lim sohasida, shuningdek, ularning kasb-hunar egallashi orqali bandligini ta’minlash xususida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Unda shu kabi savollarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, vazirlik huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mutasaddilari hamda OTM rektorlari javob berishadi.

Jonli efirni soat 13:10 da “O‘zbekiston 24”, “UzReport” va “RTV-Renessans” telekanallari orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
12.2K views07:40
Ochish/sharhlash
2023-05-20 09:35:22
#Ovozli_chat #Video_chat #Video
“Advancing to C1” mavzusidagi video chat videosi

2023-yil 19-may kuni Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanalida Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda “Advancing to C1” mavzusida video chat o‘tkazildi.

Unda Britaniya Kengashining “Global Assessment Solutions” tashkiloti menejeri Aidan Holland va Bilimni baholash agentligi mutaxassislari ishtirok etdi.

Video chat davomida

qanday qilib C1 darajaga erishish;
buning uchun nimalarga e’tibor qaratish;
mustaqil ravishda samarali o‘rganish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga Aidan Holland tomonidan batafsil javob berildi.

Video chatda ishtirok eta olmaganlar uchun video chatning video yozuvi telegram kanalimizga joylanmoqda.

Video chatdagi taqdimot bilan bu yerda tanishish mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
16.4K views06:35
Ochish/sharhlash
2023-05-20 09:34:48 2023-yil 19-may kuni o‘tkazilgan “Advancing to C1” mavzusidagi video chat davomida Aidan Holland tomonidan foydalanilgan taqdimot.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
13.5K views06:34
Ochish/sharhlash
2023-05-19 14:09:54 Live stream finished (1 hour)
11:09
Ochish/sharhlash
2023-05-19 13:01:50
#Ovozli_chat #Live
“Advancing to C1” mavzusidagi ovozli chat boshlandi

Britaniya Kengashi
(@british_council_uz) bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan “Advancing to C1” mavzusidagi ovozli chat boshlandi.

Ovozli chatda Britaniya Kengashining “Global Assessment Solutions” tashkiloti menejeri Aidan Holland va Bilimni baholash agentligi mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda savol berishlari mumkin. Savollarga Aidan Holland tomonidan javob beriladi.

Ovozli chatda qatnashish uchun havola: https://t.me/BaholashUz?livestream

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
18.5K views10:01
Ochish/sharhlash
2023-05-19 12:57:18 Live stream started
09:57
Ochish/sharhlash
2023-05-19 12:28:01 Live stream scheduled for May 19 at 10:03
09:28
Ochish/sharhlash
2023-05-19 11:07:08
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgarishlar bo‘yicha davra suhbati

Ma’lumki, 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan referendum natijalariga ko‘ra 2023-yil 1-may kuni O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida” O‘RQ-837-son Konstitutsiyaviy Qonuni qabul qilindi.

Batafsil: https://uzbmb.uz/post/view/o-zbekiston-respublikasi-konstitutsiyasiga-kiritilgan-o-zgarishlar-bo-yicha-davra-suhbati

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
15.6K views08:07
Ochish/sharhlash
2023-05-15 14:51:37 #Sayyor_qabul
Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida sayyor qabul

Bilimni baholash agentligi tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi sayyor qabullar 16- va 18-may kunlari Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida o‘tkaziladi.

Sayyor qabullar:

16-may kuni 12:00 da Agentlik direktori M.Karimov tomonidan – Buxoro viloyatidagi Prezident xalq qabulxonasida;

16-may kuni 14:00 da direktor maslahatchisi F.Mirzayev tomonidan – Samarqand viloyatidagi Prezident xalq qabulxonasida;

18-may kuni 12:00 da boshqarma boshlig‘i J.Nurmatov tomonidan – Qashqadaryo viloyatidagi Prezident xalq qabulxonasida;

18-may kuni 11:00 da bo‘lim boshlig‘i A.Xayitov tomonidan – Surxondaryo viloyatidagi Prezident xalq qabulxonasida bo‘lib o‘tadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1.6K views11:51
Ochish/sharhlash
2023-05-14 15:45:51
Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi

2023-yil 14-may kuni ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda 6 479 nafar talabgor ishtirok etdi va 5 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Test sinovi natijalari yigirma ish kuni ichida e’lon qilinadi va eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

60 % dan 86 % gacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
15.4K views12:45
Ochish/sharhlash