Get Mystery Box with random crypto!

Aziz Rahimov

Telegram kanalining logotibi azizrakhimov_blog — Aziz Rahimov A
Telegram kanalining logotibi azizrakhimov_blog — Aziz Rahimov
Kanal manzili: @azizrakhimov_blog
Toifalar: Bloglar , Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 34.12K
Kanalning ta’rifi

Bog’lanish uchun: @Azizrahimov
Reklama olmaymiz.

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 16

2022-09-09 08:32:11 Maktab

O’quvchi bo’lganimda maktab fanlarni o’rgatadigan joy deb yurardim.

Baholar, imtihon, choraklar, komissiya.

Maktab o’quvchini aqlli va tartibli qilishga harakat qilar edi.

Zamonaviy dunyoda bu yetarli emas.

Endi maktab — qiziquvchanlikni, tanqidiy fikrlashni, jamoada ishlab, boshqalarni tushunishni, do’st orttirishni ham o’rgatishi kerak.

Maktab tarbiyalashi ham kerak. Hech bo’lmasa noto’g’ri yo’llardan to’sish orqali.

Chunki

To’g’ri ishlarni qilishdan ko’ra, noto’g’ri ishlashdan saqlanishlik ko’proq natija olib keladi.

Maktabga chiqayotgan ukam, singlim!

Yaxshi o’qishni o’zi yetarli deb o’ylama.

4 yoshlik paytingdagi qiziqqonligingni saqlab qol, nega degan savolni berishdan to’xtama!

Ustozlaring bilan do’stlash. Sinfxonadan tashqarida berilgan darslar zo’r esda qoladi.

O’zingdan katta sinfdagilar bilan do’stlash. Ular seni eshitishi uchun rivojlanishga majbur bo’lasan.

O’zingdan kichik sinfdagilar bilan do’stlash. Bilganlaringni o’rgat. Ilm o’rgatish bilan yaxshi esda qoladi.

Aqlli bo’lish — yuqori baho olish emas.

Aqlli bo’lish — Hayotda o’zi xohlagan narsalarga erisha olish.

Tarbiyali bo’lish — To’g’ri narsalarni xohlash va ularga to’g’ri yo’l bilan erishish.

Sen maktabga fanlarni o’qigani kelmayapsan. Sen hayotga tayyorlanyapsan. Hayot esa sinovlarga to’la. Sinovga tayyorgarlikni bekor o’tkazma….

Yangi o’quv yili muborak bo’lsin!

@azizrakhimov_blog
8.1K viewsedited  05:32
Ochish/sharhlash
2022-09-01 14:16:51 Tafakkur qilmaydilarmi?

Fikrlaydigan va fikrlamaydigan odamning natijalari bir necha barobar farq qilishini ko’p ko’rdim.

Ko’p joyda qattiq mehnat, pul, mashhurlik bilan emas, fikrlab harakat qilish orqali o’tib ketganlarni ko’rdim.

Dinimiz bizni tafakkurga undaydi. Eng buyuk odamlar tafakkurni foydalarini tinmay gapirishadi.

Savol: fikrlashni boshlash uchun nima qilish kerak?

Fikrlash asli qiyin ish — ko’p energiya talab qiladi. Tashqaridan bekorchilikka o’xshaydi. To’g’ri fikrlayapsanmi yoki yo’q — bittada bilish qiyin.

Qiyin ishlarni bajarishni eng zo’r usuli — ularni qiziq ishga aylantirish.

Fikrlashni qiziq mashg’ulotga aylantirishni esa 2ta yo’li bor.

1. Ko’p ilm olish (kitob, suhbat, darslar, kuzatuvlar)
2. Undan qiziqroq mashg’ulotlardan voz kechish

Fikrlar kuchayishi uchun kamida 5-6 yil tinmay ilm olish kerak. Ba’zan bu ham kam.

Lekin bu uzoq muddat. Hamma narsani tez bo’lishiga o’rganganmiz-ku!

Demak bizga ikkinchi usul qolyapti.

Fikrlashdan qiziqroq ishlar: Lentani doimiy varaqlash, videolar ko’rish, kanallarni kuzatish, yangiliklarni o’qish, g’iybat qilish.

Shularni 48 soatga to’xtatib ko’r.

Avvaliga qiyin bo’ladi. Teri ostingda jimirlash sezasan. Telefoninga talpinasan.

6 soatdan so’ng Dofamin darajasi normal holatga qaytadi. 12 soatdan so’ng kuzatuvchanliging oshadi. Daraxtdagi barglarni, eshikdagi qiyshiq yozuvni, devorindagi o’rgimchakni ko’rishni boshlaysan.

Kuzatuvchanlik savollarni tug’diradi. Savollarga ichingdan javoblar kelishni boshlaydi. Javob olishga google kira olmaysan. Yana ichingdan qidirishni boshlaysan.

Tabriklayman. Fikrlashni boshlading.

Uyog’ini tushuntirish shart emas. Bir marta tafakkurning mazasini totgan odam, buni unutmaydi. Birinchi usulni qo’llab fikrlarini kuchaytirishni xohlab qoladi. Amallab yana tafakkur qilish yo’llarini izlaydi.

Uyog’i Rumi aytganlaridek: “Sen izlayotgan narsa seni ham izlayapti” bo’ladi.

@azizrakhimov_blog
5.7K views11:16
Ochish/sharhlash
2022-08-25 10:45:51 Tarbiya ta'limdan ustun(mi)?

1. Inson har qancha bilimli bo'lmasin, agar odob-axloq masalasida kamchiligi bo'lsa, bundan naf yo'q.

2. O'zini hurmat qilgan inson, avvalambor, tashqi muhitga nisbatan ham axloqiy me'yorlarga amal qiladi.

3. Tarbiya jarayoni ona qornidan boshlanishiga qaramasdan, o'smirlik davri og'ir kechadigan jarayondir.

4. Negaki, bu davrda shaxsiy fikrlash va haqiqiy xulq-atvor tushunchalari mukammal tarzda shakllana boshlaydi. Shuningdek, fiziologik va psixologik o'zgarishlarga ham duch kelishadi.

5. O'smir yoshdagi farzandlarni voyaga yetkazayotgan ota-onalar uchun ularning tarbiyasiga yanada ko'proq vaqt ajratishlari talab qilinadi.

6. Har doim bunga ota-onalarning vaqti bo'lmasligi yoki ulardagi muammolarga yechim topa olmasliklari mumkin. Mana shu kabi holatlarda ustoz Ikrom Sharif tomonidan tashkil qilingan "Sakinat oila maktabi"ning o'smirlar tarbiyasi uchun maxsus kursini tavsiya qilaman.

7. Kurs davomida odob-axloq, baraka va halollik, shaxsiy rivolanish kabi muhim nuqtalarga alohida e'tibor qaratiladi.

Kurs uchun ro'yxatdan o'tish

Tel: +998949444447

@azizrakhimov_blog
6.7K views07:45
Ochish/sharhlash
2022-08-23 10:49:56 Suhbatlardan o’rganish

-Assalomu alaykum.

-Vaalaykum assalom.

Meni so’rashishim shunday. Quruq yoki qo’pol ko’rinadi. Chunki: “Yaxshimisiz, nima gap, tuzumisiz, uydagilar yaxshimi” kabi yumshatuvchi so’zlar yo’q.

Sababi:

Suhbatlarda biron nima o’rganishni yoki o’rgatishni xohlayman.

Bu narsa doimiy bo’lishi uchun bunday suhbatlar qiziq bo’lishi kerak.

Qiziq suhbatning asosi — zo’r savollar.

Zo’r savol qachon beriladi? — Savol beruvchiga javob rostdan ham qiziq bo’lsa.

Javobi qiziqtiradigan savollarni berishni boshlash uchun…

Javobi qiziqtirmaydigan savollarni berishni to’xtatish kerak

Shunday savollarning eng keng tarqalgani - salomdan keyingi hol ahvol so’rash.

Hol ahvol so’ramadimmi, demak hol ahvolni bilaman, yoki qiziq emas. Bu samimiylik xolos, qo’pollik emas.

So’radimmi demak — javobi menga qiziq.

Nomiga savol berish odatidan voz kechish qiyin. Lekin mukofoti — yangi odat:

Qiziq va foydali suhbatlar olib borish odati bo’ladi.

@azizrakhimov_blog
8.2K viewsedited  07:49
Ochish/sharhlash
2022-08-22 11:29:21 Bilish bu tushunish emas

Max Plank Nobel mukofotini olgach, uni Germaniya bo’ylab ma’ruzalar qilishga chaqirishadi.

Haydovchi uni tashib, ma’ruzalarni ham eshitib o’tirardi.

20 marta bitta narsani eshitgach haydovchi professordan iltimos qildi:

“Professor Plank, zerikib ketdim, ma’ruza yod bo’lib qoldi. Endi bu safar siz haydovchi bo’lib o’tiring, men ma’ruza qilay, iltimos?’

Haydovchi Max Plankning Fizika bo’yicha ma’ruzasini o’qidi.

Bitta professor turib qiyin savol berib qoldi.

Shunda haydovchi:

Myunihdek rivojlangan shaharda odamlar bunday sodda savollar beradi deb kutmagandim. Bu savolingizga haydovchim javob beradi…

Yodlash bu tushunish emas. Hattoki bilish ham tushunish emas.

Bilgan odam aytib bera oladi xolos. Amal qilishni boshlash uchun esa tushunish kerak.

@azizrakhimov_blog
10.6K views08:29
Ochish/sharhlash
2022-08-16 14:56:28 Zamonaviy dunyoda pul topishning eng oddiy yo'li

1. Asosiy qoida bor: Boshqalarga pul topishga yordamlash - natijada o'zing ham ko'p pul topishing mumkin.

2. Birgina 2021-yilda Toshkent shahrining o'zida 100 000 dan ziyod korxona va tashkilotlar ro'yxatdan o'tkazildi. Tadbirkorlar yetarlicha. Ularni ishini osonlashtiradigan mutaxassislar esa juda kam.

3. Soha tanlashga qiynalayotgan bo'lsang, mana tadbirkorlarni ishini osonlashtir, ularni foyda olishiga yordam ber. Natijada ular senga bu uchun yaxshigina pul to'lashadi.

4. Qanday qilib? Avvalo soha tanlab ol. Hozirda barcha tadbirkorlar o'z biznesini online formatga o'tkazish bilan ovvora. Bunda esa ularga SMM mutaxassislari juda ham kerak bo'lmoqda.

5. Bu sohada o'z ishini mutaxassislari esa ko'p emas. Bizneslarni online formatga o'tishi SMM bozorini kengaytirib yubordi. Talab ham juda katta.

6. Yo'nalish ham tanlab olding. Endi ta'lim ol. Qayerda? Juda ko'p joyda o'rgansang bo'ladi. O’quv markazimizning “Digital Mind” SMM kursi sanga bu sohani yaxshi o’rganishingga yordam beradi.

7. "Digital Mind" SMM kursi boryog'i 1 oy davom etadi va SMM bilan birga qo'shimchasiga yana 6 ta yo'nalishni intensiv o'rgatishadi. Darslar har kuni 2-2,5 soat davom etadi.

8. Kurs haqida batafsil ma'lumot olishni xohlasang, shu formani to'ldir. Bog’lanib batafsil ma'lumot berishadi. Tavsiya qilamiz.

9. Unutma hamma yugurayotgan yo'lda yugurish emas, ularning yugurishini osonlashtirish - aqlliroq strategiya.

10. Kursga ro'yxatdan o'tish uchun link: https://forms.gle/Lh7oNVDk1NtDB8td9

@alhadid_uz
13.2K views11:56
Ochish/sharhlash
2022-08-07 21:15:39 Agar oson bo’lganida

Biznes qilayotgan bo’lsang, sinovlar, risklar tez charchatadi

Ba’zan sen bilan birga yashayotgan, ishlayotganlar e’tiqodingga tosh otadi

Ishing eng ko’paygan payt, oilang farzanding uchun ham eng kerak payting bo’ladi

Foydali bo’lsin deb kontent qilasan, noto’g’ri tushunilib, ustingdan kulinadi

Qiynalasan

Lekin bir narsa yupatadi

Amal qiluvchi musulmon bo’lish, omadli biznes qurish, solih farzand tarbiya qilish, foydali kontent qilish — qiyin ishlar.

Agar oson bo’lganida hamma qilayotgan bo’lardi.

Hamma qila olardi.

Qiyin bo’lgani uchun ham mevasi shirin. Natijasi sezilarli.

Qaysi ishlar oson ishlar?

Prinsiplarsiz yashash, bo’sh vaqtda youtube, twitter, instagramdan ortmaslik, pul to’laydigan ishlarni qilib ketaverish, atrofni tanqidlarga ko’mib tashlash, oila emas nafsga vaqt ajratish…

Bular ortida ham qiyinchiliklar bor. Noto’gri qarorlar, ilmsizlik, uvol bo’lgan vaqt, notinch oila….

Qiyinchilik borku, lekin natija yo’q.

Har qanday holatda ham qiynalar ekanman, unda men qiyin ishlarni tanlayman. U yerda har holda natija bor…

@azizrakhimov_blog
21.4K views18:15
Ochish/sharhlash
2022-08-05 18:46:56 O’xshaging kelgan odam bilan

Hozir yoshsan. Do’stlik uchun sinfdoshing yoki mahalladagilardan boshqa tanlov yo’q.

Lekin yoshing kattalashganda tanlab do’stlashishni boshlashing kerak

Ideal holatda — o’zing o’xshaging kelgan odam bilan do’st bo’l

Muhit kuchli faktor, yillar o’tib o’xshab qolasan.

Bu faqat do’st tanlashda emas

Ish tanlaganda ham shunday qil. O’zing o’xshaging keladigan odam qo’lida ishla.

Pul har qanday yaxshi qilingan ishda kelaveradi.

Yetarlicha pul topishni boshlaganingda — afsuslanib, ishingni almashtirmaysan. Ilm uchun, shaxsiy rivojlanish uchun qolaverasan.

Sen o’xshaging kelgan odamlar sen bilan do’st tutinishi, ishga olishi — oson bo’lmaydi.

Oson bo’lsa — noto’g’ri odamlarni tanlabsan.

Tanlovingni kuchaytir, ularga arzish uchun esa, ilm olishni boshla.

Vaqt o’tib, balki, maqsadingga erisha olmassan.

Lekin, ilm olib yurgan bo’lsang — endi seni do’st sifatida tanlashni boshlashadi…

@azizrakhimov_blog
18.0K viewsedited  15:46
Ochish/sharhlash
2022-08-04 19:59:44 Qaysi kitobni o’qishimni tavsiya qilasiz?

So’rab qolishadi shaxsiyda.

Maqsad? Deb so’rayman.

-Hayotimni o’zgartirish. (Katta burilish qilish)

“Odam yozgan bir dona kitob hayotimni o’zgartirib yuboradi” deb o’ylashlik — soddalik.

Odamni kitob o’zgartirmaydi, kitob o’qish o’zgartiradi.

Kuniga yarim soat doimiy o’qish 5 yilda seni umuman boshqa odamga aylantiradi

Qanday kitobligini farqi yo’q

Boshlanishiga — qiziq bo’lsa bo’ldi

Yangi kitobxonlarning ko’pi, “boy ota”, “robin sharma”, “alkimyogar” “karnegi” lardan boshlaydi.

O’qishning mazasini tushungach, qiyinroq, chuqurroq mavzularni xohlab qoladi:

Taleb, Grant, Gladwell, Chaldini, Isakson, Tohir Malik…

3-4 yil o’tib, buyam oddiylik qiladi, qanday qilib ruhiyat, ilm-fan, klassika, tarix, geosiyosat, Navoiy, Rumiy va sanoat dizayni haqida o’qishni boshlaganini o’zi ham sezmay qoladi.

Bu — ensiklopedik o’qish deyiladi. Dunyoqarashni va natijada odamni, aynan shunday o’qish o’zgaritadi.

Lekin kitob o’qishdan yakuniy maqsad o’zgarish emas. Bu o’zgarish hali foydalimi yo’qmi, noma’lum.

Yakuniy maqsad — kutubxonadagi hech qaysi kitobdan qo’rqmaydigan darajaga chiqish.

Bundan maqsad esa:

Biron voqea, kasb, mavzu qiziqtirdimi — 3-5 ta kitob o’qib, tushunib olish. Natijada doim kerakli kadr, tadbirkor, do’st yoki suhbatdosh bo’lib qolish.

O’zgarish esa shunchaki — bonus.

@azizrakhimov_blog
26.8K viewsedited  16:59
Ochish/sharhlash
2022-07-28 13:41:24 Yashirin imkoniyat

Intel kompaniyasi har yili minglab kollej bitiruvchilarini internship(shogirdlik)ga olib qoladi.

Grove (Intel CEOsi) buni shunday izohlaydi: Tayyor ekspertlarni olgan albatta yaxshi, lekin ularning soni kam, va ko’pchiligi bor potensialini ochib bo’lgan. Yangi bitiruvchilar esa nimalarga qodirligini hali o’zlari ham bilishmaydi.

Yashirin potensial ochilish uchun esa bitiruvchilarni o’stiradigan muhitga tashlab, yordam berib turadigan mentor bilan ta’minlashadi xolos.

Va yana ochdan o’lib qolmasiligi uchun stipendiya ham)

Menga bu yondashuv yoqdi.

Merit school uchun birdaniga bir necha yo’nalishlarda intership (shogirdlik) ochildi.

Tajriba shart emas, entuziasm va til bilish yetarli.

Odamlar bilan ishlashni yaxshi ko’radigan, kelajakda o’zini menejerlikda ko’radiganlar qizlar uchun: Event manager.

Yangi g’oyalarsiz yashay olmaydigan, kelajakda o’zini marketingda ko’radiganlar uchun: YouTube Manager.

Raqamlar va hisob kitobni atrofdagilardan yaxshiroq qiladigan, kelajakda o’zini moliyada ko’radiganlar uchun: Finance manager

Shaxmatni yaxshi o’ynaydigan va shuni o’rgatishni xohlaydiganlar uchun: Shaxmat treneri.

O’stiradigan muhit, mentor va stipendiya включено.

https://notionforms.io/forms/internship-shogird
17.7K views10:41
Ochish/sharhlash