Get Mystery Box with random crypto!

Aziz Rahimov

Telegram kanalining logotibi azizrakhimov_blog — Aziz Rahimov A
Telegram kanalining logotibi azizrakhimov_blog — Aziz Rahimov
Kanal manzili: @azizrakhimov_blog
Toifalar: Bloglar , Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 34.12K
Kanalning ta’rifi

Bog’lanish uchun: @Azizrahimov
Reklama olmaymiz.

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 15

2022-11-12 09:34:46 Vaqt bu — pul emas

Bu ikkalovi hech qachon teng bo’lmaydi

Vaqt puldan muhimroq

Pulni ishlab chiqarsa bo’ladi, qarzga olsa bo’ladi, yig’ib qo’ysa bo’ladi

Vaqt esa faqat sarflanadi, foydaga yoki bekorga…

Vaqti bor odam pul topa oladi

Puli bor har doim ham vaqt topa olmaydi, buni millioner qariyalar tasdiqlaydi

Vaqtni pulga tenglashtirish — vaqtni yerga urish degani

Vaqt bu = hamma narsa

Vaqtingdan boshqa hech narsang yo’q

Uyingda yashash, mashinangni minish, sayohatingni qilish

Ishlash, kitob o’qish, do’st orttirish, muzqaymog’ingni yeyish

Hammasi uchun vaqt kerak

Bechora odam - “pulim yo’q” degan odam emas

Haqiqiy bechora

Muhim ishlar uchun ‘vaqtim yo’q’ degan odam

@azizrakhimov_blog
5.2K views06:34
Ochish/sharhlash
2022-11-09 11:34:20 Mashhurlar

Biror sohadagi eng mashhur odam — eng kuchlisi degani emas

Hech kim tanimaydigan olim, domlalar bor, mashhurlaridan ancha ilmi

Hech kim tanimaydigan tadbirkorlar bor, mashhur tadbirkorlardan aqlliroq, sahiyroq, tizimliroq

Hech kim tanimaydigan ustozlar bor, mashhur ustozlardan yaxshiroq dars berishadi

Mashhur bo’lishda muammo yo’q

Shunchaki, taniqli bo’lish — vaqt oladi:

Syomkalar, uchrashuv, tushlik, shogirdlar, tadbirlar, kechki ovqatlar

Qattiq mehnati ortidan taniqli bo’lgan odam, tanilib qolgach ayni shu qattiq mehnatga vaqti kamayib ketadi

Buni yuta olgan odamlar sanoqli

Seni hamma tanishi emas, hech kim tanimasligi katta imkoniyat aslida

Vaqting borida foydalanib qol

@azizrakhimov_blog
4.9K views08:34
Ochish/sharhlash
2022-10-25 21:19:09 Eng qiyin ish

Oldinlari ko’p narsalarni - eng qiyin ish shu bo’lsa kerak deb o’ylardim

Dars berish, biznes qilish, farzand katta qilish, mashhur bo’lish, odamlarni rozi qilish

Unday emas ekan

Eng qiyin ishni endi topdim

Bu

Niyatni to’g’rilab olish

Odam o’zi qilayotgan ishlarini nima uchun qilayotganini bilish

Niyatni to’g’rilash shu qadar qiyinki — niyatim shu deb odam nafaqat boshqalarni, bemalol o’zini ham aldab qo’ya oladi

Miya sekundiga 68 ta so’z tezligida o’ylay oladi

Demak niyat millisekundlarda o’tadi

Buni odamning o’zidan boshqa hech kim sezmaydi.

Shu sababli har qanday ishning eng muhim joyi - niyat

Bu maqolani nega yozdim?

1.Anchadan beri yozmay qo’yganim uchunmi?

2.O’qiganlar tarqatishi uchunmi?

3.O’zimdagi kamchilikni ko’rganim uchunmi?

3-punktni nega qo’shdim? Asl niyatim shu deb o’ylashlari uchunmi?

Niyatni topish shunday savollardan boshlanadi

@azizrakhimov_blog
12.2K viewsedited  18:19
Ochish/sharhlash
2022-10-18 15:52:07 Bunday bo'lishi shart emas

Tibbiyot insitutiga tayyorlanish yillarimni yaxshi eslayman:

Ertalabki darslar

Kunning ikkinchi yarmida repetitor

Shaharning 3 ta joyida joylashgan 3ta fan

Ertalabgi darslarda uxlab qolish

Berilgan uy vazifalarni bajarishga ulgurmaslik

O’qishdan boshqa narsaga vaqtimiz bo’lmasdi

Birinchi yildan kirib ketsang-ku mayli, kirolmasang bir yillik siqilish…

Hozir ham kirish oson emas — bu yili ToshMiga 1 o’ringa 65 nomzod bo’libdi…

O’qiyotganlarga bu yanada ko’proq bosim orttiradi

Ortiqcha bosim + bo’sh vaqt kamligi = tushkunlikka olib boradi

Bunday bo’lishi shart emas

Tibbiyot yo’lini tanlaganlar asosan o’zlari kerakli fanlarni eng ko’p o’qishlari

Aynan o’sha fanlardan eng ko’p uy vazifa qilishlari kerak

Shuning uchun ham biz “Merit College” maktabida tibbiyot yo’nalishini ochdik

Tibbiyot, farma abiturientlari endi maktabning o’zida o’qishga tayyorlanishadi

Tushlikdan keyin repetitorga emas, uy vazifaga vaqt ajratishadi

Tayyorgarlikni bir yil qolganda emas, 7-sinfdan boshlashadi

Hamma bilan emas, maqsadli bolalar bilan sinfdosh bo’lishadi

Merit College — maqsadli o’quvchilar maktabi

P.S.

Qabul imtihon asosida

Bu o’quv yiliga 550 ta joy ajratganmiz (shundan 200tasi to’lgan)

Imtihonga yozilish

@azizrakhimov_blog
12.9K viewsedited  12:52
Ochish/sharhlash
2022-10-09 12:18:02 Firibgar bo’lsamchi?

Biror ishni endi boshlaganlar o’zlariga ishonchlari katta bo’ladi.

Kam bilsa ham, hamma narsani bilaman deb o’ylaydi.

Denning-Kurger effekti deyiladi bu.

Anchadan beri qilib kelayotganlarda esa — ikkilanish ko’p bo’ladi.

Qila olmasamchi?

Olayotgan pulimga yarasha ish qilayapmanmi?

Professional emasman shekilli….

Bu esa The Impostor syndrome (Firibgarlik sindromi) deyiladi.

Videoda bu sindromni qanday yengish haqida gaplashdik
3.2K viewsedited  09:18
Ochish/sharhlash
2022-10-03 08:59:39 Energiya yetishmayapti

Motivatsiya yo’q. Ish qilgim kelmayapti.

Zamonaviy mehnatkashning eng ko’p tarqalgan shikoyati

75 yoshli qo’shnim 20 yildan beri quyosh chiqishidan oldin dalaga chiqib ketadi

Bir marta ham ishlashga energiyasi yo’qligini eshitmaganman.

Ofisda ishlashni boshlagan o’spirindan esa 3 oy o’tib ish qilgisi kelmayotganini eshitasan

Xo'sh, 75 yoshli amaki olayotgan energiyani qayerdan olsa bo’ladi?

Quyoshdan

Ha, noto’g’ri yozmadim.

Kuchli ovqat, motivatsion video, kitoblardan emas

Quyoshdan.

Gap shundaki, energiyani kortizol gormoni beradi.

Kortizol esa yuzga quyosh tushsa ajralishni boshlaydi.

Qancha ko’p tushsa — shuncha yaxshi

Demak, energiya kerak bo’lsa:

Tashqariga chiqib yurib kel

Bomdodni masjidda o’qi

Quyosh tushadigan joyda o’tirib ishla

Mitti ekranga qarashni — osmonga qarash bilan almashtir

@azizrakhimov_blog
5.8K views05:59
Ochish/sharhlash
2022-09-28 20:01:03 Xohlagan narsangga erishish

Hayotda biror narsaga erishishning eng oson yo’li — erishmoqchi bo’lgan narsangga loyiq bo’lish.

Itoatli, soliha qizga uylanish yo’li — Shunday qizlar tegadigan yigit bo’lish

Yaxshi ko’rgan ishidan ko’p pul topish yo’li — Odamlar ko’p to’lashga tayyor bilim, tajribani olish

O’ta ajoyib insonlar bilan do’st bo’lish yo’li — O’zimiz ham ajoyib do’st bo’lishimiz

Xalq tan olgan ustozga shogird tushish yo’li — Nomzodlar ichida eng arziydigani bo’lish

Ro’yxat cheksiz davom etishi mumkin. Xulosa, loyiq bo’lishlik erishishni oson qiladi.

Lekin, loyiq bo’lishlikni o’zi oson emas.

Solih bo’lish, ilm va tajriba yig’ish, ishonadigan do’st bo’lish — qiyin, uzoq vaqt talab qiladigan ishlar.

Keyingi safar biron nimaga erishishni xohlaganingda, qiyin (aslida oson) yo’lni tanlayvaer.

Zero

Albatta, har bir qiyinchilikdan keyin osonchilik bor. (94:5)

@azizrakhimov_blog
4.2K viewsedited  17:01
Ochish/sharhlash
2022-09-21 15:31:25 O’zgarishingni hisobga ol

18 yoshimda bir nimalarga erishishni xohlardim. Hozir eslasam kulgim keladi.

25 yoshimdagi maqsadlarim bor edi. Ba’zilariga amalga oshdi. Ba’zilarini o’chirib tashladim. Ular 29-yoshli Azizga kerak emas ekan.

Besh yil orqaga qara. Qanchalik o’zgargansan. Yana besh yildan keyin esa shunday bo’lib qolaman deb o’ylaysan.

Odam o’tmishda o’zgarganchalik, kelajakda ham o’zgarishini tasavvur qila olmaydi. Chunki o’tmish uchun solishtirishga ma’lumot bor. Kelajak esa noma’lum.

Psixologiyada bu “End-of-history” illusion deyiladi.

Hozirgi aqli bilan yoshlikka qaytib qolishni xohlash ana shundan. “Aql” kirdi. Odam o’zgardi.

18 yoshlik yigitchalar uylanishga harakat qilayotgan go’zallardan 28 yoshliklar ajrashmoqchi bo’lib yurishibdi.

25 yoshliklar qiziqayotgan oson boyish yo’llaridan 35 yoshliklar afsuslanishyapti.

Yoshlar yig’ishga qiziqqan katta vaznni, o’rta yoshlilar yo’qotish bilan ovora.

O’spirinligida tez mashhur bo’lish uchun olgan videolarni — katta bo’lib o’chirish bilan ovora.

Bugun biror narsani xohlayotganing, ertaga ham xohlashingni bildirmaydi.

O’tkinchi xohishlar deb uzoq muddatli qarorlar chiqarib qo’yma. (Uylanish, ko’chib ketish, kasb tanlash)

Yillab qilib yurgan ishlarini o’zgartira olish hammani ham qo’lidan kelmaydi.

Shu sababli:

Katta qarorlar chiqarishdan avval.

Shu yo’lni bosib o’tganlardan maslahat ol.

Shu mavzulardagi hadislarni o’qi.

Doim 20 yoshli yigitcha(qiz) bo’lib qolmasligingni yodingda tut.

Agar unutib qo’ysang butun umringni o’spirin kabi yashab o’tishing hech gap emas.

@azizrakhimov_blog
11.1K viewsedited  12:31
Ochish/sharhlash
2022-09-16 14:33:09 O’quvchilar bilan kelishuv

Muallif blog yuritish davrida kuzatuvchilari bilan bir narsaga kelishadi.

Bu kelishuv hech qayerda aytilmaydi. Lekin u bor bo’ladi.

Ya’ni muallif tinimsiz bitta formatda biron nima qilib kelgan bo’lsa — o’quvchilar buyog’iga ham shunday bo’ladi deb kutishadi.

Maqola yozadigandan maqola, yangilik tahlil qiladigandan yangilik, video qo’yadigan odamdan video kutishadi.

Yoqqan narsasini share qiladigandan, share qilishini kutishadi.

Qisqa yozadigan muallif — longrid chiqarsa o’qimay o’tkazib yuborishadi.
Doimo video chiqaradigan odam matn yozsa — u o’qilmaydi.

Chunki kelishuv buzildi.

Doim kirilcha o’qigan blogingda, lotincha matn paydo bo’lgan holatni esla, kelishuv buzilganini his qilgansan)

Uch to’rt marta kelishuv buzilgach muallif mute bo’ladi, yoki o’quvchi chiqib ketadi.

Men blogni asosan hamkasblarim kuzatishi uchun boshlaganman.

Jamoaga kuchli kadrlarni chaqirish uchun kengaytirganman.

Tahliliy maqolalar yozishim shundan. Jamoamizga shunday matnlarni o’qiydigan odamlar kerak.

Reklama chiqmasligi sababi — bunga kelishmaganmiz.

Video chiqmasligi sababi — bunga ham kelishmaganmiz.

Blog yuritishning asosiy qoidasi — kelishuvga amal qilish.


@azizrakhimov_blog
10.1K views11:33
Ochish/sharhlash
2022-09-14 16:24:09 Qayerda ishlash muhimroq

Endi ish boshlaganingda oyligi yaxshi bo’lsa bo’ldi deb o’ylaysan.

Pulga ehtiyoj kamaygandan keyin, oyligi yaxshi lekin qiziqroq ish xohlab qolasan.

Ba’zilar yana keyingi bosqichga o’tadi.

Ishim meni qiynasin(challenge), o’stirsin, atrofimdagilar rivojlanadigan bo’lsin deydi.

Bundaylar kam. Ishda qiynalishni kim ham xohlardi?

Biladiganlar xohlaydi. Qiynalishsiz o’sish bo’lmasligini, komfort zonada yurish — tushkunlikka olib borishini biladiganlar xohlaydi.

Kamchilikni tashkil qiladigan aynan shunday yoshlar uchun:

Do’stimiz Abdulboriy Qodirov (Ricomel (Dinay ichimligi) kompaniyasi rahbari) grant e’lon qilyapti.

Kuchli moliyachi, boshqaruvchi yoki sotuvchi bo’lishni istaganlar uchun grant.

Grant g’oliblari

-Daromadli, qiziq, o’stiradigan ish
-To’liq qoplanadigan ta’lim (universitet yoki magistratura)
-Shaxsiy mentor
-Stipendiya

bilan ta’minlanadi.

Grant shartlari:
Ingliz yoki rus tilini bilish
Kuchli matematika
Ikki haftalik sinovdan o’tish

Grantga ariza topshirish uchun link

@azizrakhimov_blog
11.6K views13:24
Ochish/sharhlash