Get Mystery Box with random crypto!

O’xshaging kelgan odam bilan Hozir yoshsan. Do’stlik uchun si | Aziz Rahimov

O’xshaging kelgan odam bilan

Hozir yoshsan. Do’stlik uchun sinfdoshing yoki mahalladagilardan boshqa tanlov yo’q.

Lekin yoshing kattalashganda tanlab do’stlashishni boshlashing kerak

Ideal holatda — o’zing o’xshaging kelgan odam bilan do’st bo’l

Muhit kuchli faktor, yillar o’tib o’xshab qolasan.

Bu faqat do’st tanlashda emas

Ish tanlaganda ham shunday qil. O’zing o’xshaging keladigan odam qo’lida ishla.

Pul har qanday yaxshi qilingan ishda kelaveradi.

Yetarlicha pul topishni boshlaganingda — afsuslanib, ishingni almashtirmaysan. Ilm uchun, shaxsiy rivojlanish uchun qolaverasan.

Sen o’xshaging kelgan odamlar sen bilan do’st tutinishi, ishga olishi — oson bo’lmaydi.

Oson bo’lsa — noto’g’ri odamlarni tanlabsan.

Tanlovingni kuchaytir, ularga arzish uchun esa, ilm olishni boshla.

Vaqt o’tib, balki, maqsadingga erisha olmassan.

Lekin, ilm olib yurgan bo’lsang — endi seni do’st sifatida tanlashni boshlashadi…

@azizrakhimov_blog