Get Mystery Box with random crypto!

Agar oson bo’lganida Biznes qilayotgan bo’lsang, sinovlar, ri | Aziz Rahimov

Agar oson bo’lganida

Biznes qilayotgan bo’lsang, sinovlar, risklar tez charchatadi

Ba’zan sen bilan birga yashayotgan, ishlayotganlar e’tiqodingga tosh otadi

Ishing eng ko’paygan payt, oilang farzanding uchun ham eng kerak payting bo’ladi

Foydali bo’lsin deb kontent qilasan, noto’g’ri tushunilib, ustingdan kulinadi

Qiynalasan

Lekin bir narsa yupatadi

Amal qiluvchi musulmon bo’lish, omadli biznes qurish, solih farzand tarbiya qilish, foydali kontent qilish — qiyin ishlar.

Agar oson bo’lganida hamma qilayotgan bo’lardi.

Hamma qila olardi.

Qiyin bo’lgani uchun ham mevasi shirin. Natijasi sezilarli.

Qaysi ishlar oson ishlar?

Prinsiplarsiz yashash, bo’sh vaqtda youtube, twitter, instagramdan ortmaslik, pul to’laydigan ishlarni qilib ketaverish, atrofni tanqidlarga ko’mib tashlash, oila emas nafsga vaqt ajratish…

Bular ortida ham qiyinchiliklar bor. Noto’gri qarorlar, ilmsizlik, uvol bo’lgan vaqt, notinch oila….

Qiyinchilik borku, lekin natija yo’q.

Har qanday holatda ham qiynalar ekanman, unda men qiyin ishlarni tanlayman. U yerda har holda natija bor…

@azizrakhimov_blog