Get Mystery Box with random crypto!

Aziz Rahimov

Telegram kanalining logotibi azizrakhimov_blog — Aziz Rahimov A
Telegram kanalining logotibi azizrakhimov_blog — Aziz Rahimov
Kanal manzili: @azizrakhimov_blog
Toifalar: Bloglar , Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 34.52K
Kanalning ta’rifi

Bog’lanish uchun: @Azizrahimov
Reklama olmaymiz.

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2023-02-24 21:34:49 Tushunish

O’qidi degan tushundi degani emas. O’qidi degani.

Gapirib bera olsa, tushunadi degani emas. Biladi degani.

O’z so’zlari bilan yozib bersa olsa — tushunadi degani.

Ekspertlarga qarang, yozganini mazza qilib o’qiysiz.

Oson so’zlar bilan tushuntirib beradi.

Bilmaganini yozadiganlarga qarang, ustidan kulib o’qiysiz.

Terminlari ko’p bo’lsa ham tushunmaysiz, uyalmaslik uchun tushunmaganingizni aytmaysiz.

Bilgan odam o’rgatolmaydi, chunki sizni darajangizga soddalashtira olmaydi.

Tushungan odamga yosh bolaga ham, buvisiga ham, mushugiga ham tushuntira oladi. Sodda matnda ham tushuntira oladi.

Biron nimani tushunishingizni tekshirib ko’rmoqchimisiz?

O’z so’zlaringiz bilan yozib ko’ring.

Biron nimani tushunmoqchimisiz?

O’z so’zlaringiz bilan yozib ko’ring.

@azizrakhimov_blog
2.9K viewsedited  18:34
Ochish/sharhlash
2023-02-23 15:40:46 Jim turish

Suhbatlarimni kuzatdim.

Gaplarimni 40 foizini gapirmasam ham ishim bitar ekan.

Ba’zi gaplar (maqsadsiz savollar, yangiliklar, odamlar muhokamasi) jim turmaslik uchun gapirilishini tushundim.

Maqsadsiz savollar berilganda, maqsadlilarining qadri tushishini ko’rdim.

Yangiliklar gaplashilganda, vaqt bekor ketishini ko’rdim.

Odamlar gaplashilganda, g’iybat boshlanishini ko’rdim.

Biron gapni gapirmaganim uchun hali afsuslanmadim.

Gapirganim uchun ko’p afsuslandim.

Gapira olish san’at deb yurardim.

Jim tura olish kattaroq san’at ekan.

@azizrakhimov_blog
4.0K viewsedited  12:40
Ochish/sharhlash
2023-02-21 17:25:09 Bizni kuzatishyapti

Yostiqqa qornim bilan yotdim. Ketidan o’g’lim ham yotdi.

Kitobni ochib qarab turdim, o’yinchoqlarini tashlab, qarash uchun keldi.

Zinadan (liftni tashlab) chiqishni boshladim, atrofimdagilar ham boshlashdi.

Foydali ish qilganiimizda faqat o’zimizga foyda bermayapmiz.

Bizni kuzatayotganlarga signal beramiz.

Shunday ham qilish mumkinligini bildirib qo’yamiz.

Bu teskari tomonga ham ishlaydi.

Baqirib: “Darsda telefon o’ynama” deganimizda, telefon o’ynamaslikni o’rgatmadik. Baqirish mumkinligini o’rgatdik.

Har bir ishimiz ovozsiz da'vat.

Gapimizdan ta’sirliroq da'vat.

@azizrakhimov_blog
3.3K viewsedited  14:25
Ochish/sharhlash
2023-02-20 07:38:46 Muallifga vaqt

Kuzatgim keladigan kanallar juda ko’p.

O’qigim keladigan mualliflar ham.

Kontent ko’p, vaqt oz.

Zo’r layfxak topib oldim.

Telegramda kuzatadiganlarim 70 ta.

Twitterda 30, Youtube - 10

Yangi odam qo’shmoqchi bo’lsam, bittasidan chiqishim kerak. (One in, one out)

Demak qo’shadiganim chiqaradiganimdan foydali bo’ladi.

Vaqtim ham ko’p ketmaydi, foydani ham maksimal olaman.

100ta muallifni chala kuzatgandan, 10ta zo’r muallifni to’liq kuzatish menga foydaliroq.

Bu xuddi 20 ta uzoq o’rtog’ingga emas, 2ta do’stingga vaqt ajratishga o’xshaydi.

@azizrakhimov_blog
3.4K views04:38
Ochish/sharhlash
2023-02-19 12:38:03 Muhim narsalarni bilamiz

1,5 yoshli o’g’lim bilan gaplashish va ko’p narsalarni o’rganishni boshladik.

O’ylab qoldim.

Odam hayotida kerakli hamma qoidalarni maktabga chiqqunicha o’rganib bo’lar ekan.

Soddaroq tilda faqat.

Biron nima oldingmi, joyiga qo’yib qo’y.

Yaqinlaringni hafa qilma.

Kech uxlama.

Qiziq va foydalimi? Qilaver.

Ko’chaga chiqib aylanib tur.

Shirinlik yema, mevadan ol.

Youtube ko’rma, kitob o’qi (yoki kitobga qarab tur).

Demak muammo bilmasligimizda emas.

Muammo amal qilmasligimizda.

@azizrakhimov_blog
7.3K viewsedited  09:38
Ochish/sharhlash
2023-02-17 19:20:31 Oxiriga yetkazish

Bir yarim yil oldin kindleda kitob o’qishni boshladim.

Har bir kitobni, qancha odam, qayerigacha o’qigan haqida ma’lumot olsa bo’ladi.

Kitoblarning tugatilish foiziga hayron qoldim.

O’ta foydali kitoblarni ham (Morgan Housel, Taleb) 28% odam oxirigacha o’qigan.

Boshqa kitoblarda ko’rsatgich undan ham past.

Hayolimga fikr kelib qoldi:

Online kurslarni 3% odam oxirigacha o’qiydi. *

Beginner larning 20%i IELTSgacha boradi. **

Blog, podcastlarning 90%i 10-songa yetib bormaydi. ***

Ko’pchilik erishmagan natijalarga chiqish uchun, ko’pchilik qilmagan ishlarni qilish kerak.

Demak,

Tugatilmaydigan ishlar davrida eng katta muvaffaqiyat = bir ishni qilaman deyish va oxirigacha tugatib qo’yish.

Shuni o’zi sizni 90% odamlardan oldinda qilib qo’yadi.
-------

*EdSurge, pullik kurslarda 25-40%
**Merit statistikasi 2017-2020
*** Convertkit, Musicoomph 2019

@azizrakhimov_blog
7.9K viewsedited  16:20
Ochish/sharhlash
2023-02-15 12:13:26 Noqulay suhbatlar

“Yo’q” degandan ko’ra, telefon ko’tarmaslikni tanlaymiz.

Yuziga aytgandan ko’ra, boshqalarga aytib yuramiz.

Xafaligimizni aytmaymiz, yana xafaligimizni sezmaganiga xafa bo’lamiz.

O’zi bilan gaplashib olgandan ko’ra, miyamizda gaplashib yuramiz.

Noqulay suhbatlardan o’zimiz qochamiz, natijasida yomonlik bo’lsa, boshqalarni ayblaymiz.

Gapirsam xafa bo’ladi deymiz, uyalamiz. Xafa bo’lishi unga foydali bo’lishi mumkinligini bilmaymiz.

Men tanigan eng kuchli odamlar noqulay suhbatlardan qochmaydigan odamlar.

Ichkaridagisi tashqarida. Haqiqatni ayta oladi.

Savollarini ochiq berishadi. Tanqidlarni ochiq olishadi.

Noqulay suhbatlar - hayot haqiqati. Hech qayerga qochib keta olmaysiz. Yoki o’zi bilan bir marta noqulay suhbat qurasiz, yoki butun umr o’zingiz bilan.

@azizrakhimov_blog
2.4K views09:13
Ochish/sharhlash
2023-02-14 15:01:31 Shovqin va bilim

Yuzminglab obunachisi bor yangiliklar kanaliga kirib qoldim. Shu hafta chiqqan yangiliklar qiziq. Qolgani zerikarli. Eski yangiliklar hech kimga kerak emas. Yozgan odamga ham.

Yozilgan narsaning umri bir hafta.

1000 ta obunachisi bor kichkina blogga kirib qoldim. O’qiganlarini bo’lishib borarkan. Hamma eski postlarini o’qib chiqdim. Bir tonna foyda oldim.

Qo’shni davlatda nima bo’lganini bilganim bilim emas. Bilimning muddati 1 haftada o’tib qolmaydi.

Harakatimni yaxshi tomonga o'zgartira oladigan narsa bilim.

Hech qayerda ishlata olmasam - men bilim olmadim. Shovqinga aldandim. Baland gapirgani uchun, hamma yerdan gapirgani uchun qaradim.

Yangilik o’qimang. U bilish illuziyasini beradi.

Eskirmaydigan postlarni o’qing. Olingan bilimlar o’zgartiradi.

@azizrakhimov_blog
8.1K viewsedited  12:01
Ochish/sharhlash
2023-02-10 22:15:10 Yozish uchun maslahatlar

Bo’sh sahifadan boshlash eng qiyini. Birinchi gapni yozib oling, qolgani ulanib ketadi.

Nimani o’qishar ekan deb yozmang, o’zingizga qiziq bo’lsa yozing.

Tiniq yozish uchun tiniq fikrlash kerak. Tiniq fikrlash uchun ko’p yozish kerak.

Boshida, yozganlaringiz o’zingizga yoqmaydi. Keyin o’zingizga yoqadi, boshqalarga yoqmaydi. Oxirida hammaga yoqishni boshlaydi. Shu bosqichlardan o’tish uchun doimiy yozish kerak.

Yozilgan ma’lumotning foydalilik belgisi — saqlashlar soni. 2% dan yuqori bo’lishi yaxshi belgi.

Odam soniga kamligiga e'tibor bermang. Yozganlaringiz kimlarga qanday ta'sir qilishini oldindan bilmaysiz. Sizga foydali bo'lgan narsani yozgan bo'lsangiz, yana kimdur aniq foyda oladi.

@azizrakhimov_blog
2.5K views19:15
Ochish/sharhlash
2023-02-09 15:21:02 Muammolar

Yaxshi ish topa olmayapman.

Uylanishga tayinlik qiz yo’q.

Jamoada meni qadrlashmaydi.

Ota-onam meni tushunmaydi.

Topgan pulim yetmayapti.

Muammolar ichida yurilganda hammasi katta bo’lib ko’rinadi.

Kecha gaplashib o’tirgan yaqining o’lib qolganida,

Kecha yashab turgan uying zilzilada yo’q bo’lib ketganida,

Qolgan hamma muammolar atomdan ham kichikligini tushunib yetasan.

@azizrakhimov_blog
6.3K views12:21
Ochish/sharhlash