Get Mystery Box with random crypto!

Maktab O’quvchi bo’lganimda maktab fanlarni o’rgatadigan joy | Aziz Rahimov

Maktab

O’quvchi bo’lganimda maktab fanlarni o’rgatadigan joy deb yurardim.

Baholar, imtihon, choraklar, komissiya.

Maktab o’quvchini aqlli va tartibli qilishga harakat qilar edi.

Zamonaviy dunyoda bu yetarli emas.

Endi maktab — qiziquvchanlikni, tanqidiy fikrlashni, jamoada ishlab, boshqalarni tushunishni, do’st orttirishni ham o’rgatishi kerak.

Maktab tarbiyalashi ham kerak. Hech bo’lmasa noto’g’ri yo’llardan to’sish orqali.

Chunki

To’g’ri ishlarni qilishdan ko’ra, noto’g’ri ishlashdan saqlanishlik ko’proq natija olib keladi.

Maktabga chiqayotgan ukam, singlim!

Yaxshi o’qishni o’zi yetarli deb o’ylama.

4 yoshlik paytingdagi qiziqqonligingni saqlab qol, nega degan savolni berishdan to’xtama!

Ustozlaring bilan do’stlash. Sinfxonadan tashqarida berilgan darslar zo’r esda qoladi.

O’zingdan katta sinfdagilar bilan do’stlash. Ular seni eshitishi uchun rivojlanishga majbur bo’lasan.

O’zingdan kichik sinfdagilar bilan do’stlash. Bilganlaringni o’rgat. Ilm o’rgatish bilan yaxshi esda qoladi.

Aqlli bo’lish — yuqori baho olish emas.

Aqlli bo’lish — Hayotda o’zi xohlagan narsalarga erisha olish.

Tarbiyali bo’lish — To’g’ri narsalarni xohlash va ularga to’g’ri yo’l bilan erishish.

Sen maktabga fanlarni o’qigani kelmayapsan. Sen hayotga tayyorlanyapsan. Hayot esa sinovlarga to’la. Sinovga tayyorgarlikni bekor o’tkazma….

Yangi o’quv yili muborak bo’lsin!

@azizrakhimov_blog