Get Mystery Box with random crypto!

Bilish bu tushunish emas Max Plank Nobel mukofotini olgach, u | Aziz Rahimov

Bilish bu tushunish emas

Max Plank Nobel mukofotini olgach, uni Germaniya bo’ylab ma’ruzalar qilishga chaqirishadi.

Haydovchi uni tashib, ma’ruzalarni ham eshitib o’tirardi.

20 marta bitta narsani eshitgach haydovchi professordan iltimos qildi:

“Professor Plank, zerikib ketdim, ma’ruza yod bo’lib qoldi. Endi bu safar siz haydovchi bo’lib o’tiring, men ma’ruza qilay, iltimos?’

Haydovchi Max Plankning Fizika bo’yicha ma’ruzasini o’qidi.

Bitta professor turib qiyin savol berib qoldi.

Shunda haydovchi:

Myunihdek rivojlangan shaharda odamlar bunday sodda savollar beradi deb kutmagandim. Bu savolingizga haydovchim javob beradi…

Yodlash bu tushunish emas. Hattoki bilish ham tushunish emas.

Bilgan odam aytib bera oladi xolos. Amal qilishni boshlash uchun esa tushunish kerak.

@azizrakhimov_blog