Get Mystery Box with random crypto!

Bugun 8-mart — “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami arafasida O | A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti

Bugun 8-mart — “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami arafasida O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 3-darajali “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandim.

O‘zim harbiy oilada tug‘ilganman. Bu sohaning naqadar mashaqqatli ekanini, Vatan uchun jonini tikib yashash nimaligini juda yaxshi bilaman.

Men dadam bilan, uning sharafli kasbi bilan hamisha faxrlanganman. Bolaligimdan dadam kabi Vatanimga sadoqat bilan xizmat qilishni orzu qilganman.

Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda maktablarimizda ko‘plab loyihalarni amalga oshiryapmiz. Kelgusida ham rejalarimiz aniq.

Yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda amaliy ko‘mak berib kelayotgan Mudofaa vazirligi rahbariyatiga bugungi e’tirof uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.