Get Mystery Box with random crypto!

Aqlli muhokamalar va munozaralar boshqa tilda, maqtov, haqorat | Alisher Qodirov

Aqlli muhokamalar va munozaralar boshqa tilda, maqtov, haqorat va g’iybat o’zbekcha.

Kirill (“Altman Ego” yutub kanali) intervyu soʻradi va men oʻzbek tilida fikrlarimni yaxshi izoh qilishimni aytdim. U va jamoasi faqat rus tilida ishlay olar ekan.

“Koʻp aqlli odamlar bilan gaplashasan, qiziqarli va foydali suhbatlar oʻtkazasan, suhbatlaringni oʻzbek tiliga audio tarjima qilsang auditoriyang yanada koʻpayadi, oʻzbek auditoriyasini ham dunyoqarashi rivojlanadi” deb savol berdim.

“Meni oʻzbek auditoriyasi koʻrmaydi” deb qoʻya qoldi.

Rus tilida suhbatlashdik, men koʻp fikrlarimni istagan darajamda ochib berolmadim. Lekin gap men haqimda emas, oʻzbek tilida axborot isteʼmol qiluvchi auditoriya haqida.

Bu auditoriya mushohadasiz, loqayd va eʼtiborsiz. Muhokama va munozara madaniyati juda past. Immunitet zaifligidan o’ziga o’zini “yedirish” juda oson.

Bu sovet axborot siyosatining hali aktiv bo’lgan natijasi va oʻzgarishi uzoq vaqt talab qiladigan dard. Davolanishning muhim sharti avval dardni tan olish, haqorat va kamsitishlardan tiyilib, oʻzgarishning toʻgʻri yoʻlini tanlashdir.

Istaganingizcha tortishaylik, lekin bu qonun bilan oʻzgarib qoladigan ish emas! Avval qonun o’qiydigan va amal qiladigan, elementar darajada milliy g’ururi bo’lgan avlodni tarbiyalash kerak.

@alisherQodir