Get Mystery Box with random crypto!

Alisher Sadullaev

Telegram kanalining logotibi alisher_sadullaev — Alisher Sadullaev A
Telegram kanalining logotibi alisher_sadullaev — Alisher Sadullaev
Kanal manzili: @alisher_sadullaev
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 212.03K
Kanalning ta’rifi

Bir yoshning jamiyatga oid fikr, qarash va harakatlari haqida
• Yoshlar ishlari agentligi direktori
• Oliy Majlis Senati a’zosi
• O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/alisher_sadullaev

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2024-03-04 07:25:55
“Yosh kitobxon” tanloviga roʻyxatdan oʻtish boshlandi

Millionlab yoshlarni kitobxonlik yo‘lida birlashtirib, iqtidor egalarini kashf etayotgan “Yosh kitobxon” tanlovi uchun @yoshkitobxon_bot telegram boti orqali arizalar 1-sentabrga qadar qabul qilinadi.

Adabiyotlar ro‘yxati:
10-14 yosh
15-19 yosh
20-30 yosh


Barcha kitobxon yoshlarga omad tilaymiz! Ro‘yxatdan o‘ting @yoshkitobxon_bot

@alisher_sadullaev
473.6K views04:25
Ochish/sharhlash
2024-03-02 20:13:44
Hozirgina Nodirbek Abdusattorov Polshalik raqibi ustidan g'alabaga erishib, live reytingda dunyoning 5-raqamli shaxmatchisiga aylanib oldi.

Shubhasiz, Nodirbek ushbu natijalari bilan O'zbek shaxmati nufuzini butun dunyo bo'ylab yana bir pog'onaga ko'tarmoqda. Nodirbek, baraka top. Ota-onangga rahmat.

@alisher_sadullaev
357.2K viewsedited  17:13
Ochish/sharhlash
2024-03-02 11:42:21
“Yosh kitobxon” tanlovining g’olibi Muhammadfozil Ismoilov.

Muhammadfozil hozirga qadar “Zakovat” intellektual o’yinida uchinchi va birinchi o’rin sohibi hamdir!

@alisher_sadullaev
398.1K views08:42
Ochish/sharhlash
2024-02-29 20:57:40
Nodirbek Abdusattorov tarixni qaytadan yozmoqda.

Nodirbek "Prague Chess Festival 2024" turnirining 3-turidagi dramatik bahsda mezbon shaxmatchi David Navarani taslim qildi. 2 kun oldin birinchi bor eng yuqori reytinga ega TOP-10 shaxmatchi qatoriga kirib rekord o'rnatgan Nodirbek, o'z rekordini o'zi yangilab hozirgi live reyting jadvalida TOP-8 pog'onagacha ko'tarildi.

O'zbek yigiti bunday yuqori marrani zabt etgani bizni cheksiz quvontirdi.

Nodirbekka bundan keyingi yuqori marralarni zabt etishida faqat omad tilab qolamiz.

YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS
333.4K viewsedited  17:57
Ochish/sharhlash
2024-02-25 13:14:14
Davlatimiz rahbari “Yoshlarimizni mashina berib bo’lsa ham kitob o’qitamiz” degan g’oyani ilgari surgan edi.

Aslida bu nafaqat yoshlarimiz uchun balki, ularning ota-onalari uchun ham katta motivatsiya. Farzandi kitob o’qiyotganini, bilim olayotganini ko’rish har bir ota-onaning eng katta orzularidan biridir. Haqiqatdan bu tashabbus, real hayotga ko’chib millionlab yoshlarimizning kitob o’qishiga sabab bo’ldi.

Yana bir “Yosh kitobxon” 10-14 yosh toifasidagi g’olib Samarqandlik qizimiz Muhammadiyeva Nargiza Ulmas qizi bugun o’z ota-onasining va o’qituvchilarining ta’lim-tarbiyasining natijasini ko’rsata oldi.

Millatimizda Nargizadek kitobxon qizlar ko’payishini tilab qolamiz!

#kitobxon_millat

@alisher_sadullaev
224.9K viewsedited  10:14
Ochish/sharhlash
2024-02-23 20:56:48
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Yoshlar va biznesni qo’llab quvvatlash” yilida yoshlar bandligini ta’minlash hamda chet tillarini o’qitish bo‘yicha bir qancha tashabbuslarni ilgari surdilar.

Xususan, xususiy kurslarda o‘qib, “C-1” va “B-2” darajasi sertifikatini olish xarajatlari hamda olti oylik o‘qish puli ham to‘lab beriladi. “Ibrat farzandlari” loyihasi orqali 1 million nafar o‘g‘il-qiz xorijiy tillarga bepul o‘qitiladi.

“Ustoz” loyihasi doirasida 250 ming nafar yoshlar marketing, reklama, elektron savdo, IT-dizayner kabi 30 ta zamonaviy kasbga o‘rgatiladi. “Har bir mahalladan 2 nafar dasturchi” loyihasi belgilandi.

Bu yil yoshlarga 60 ming 500 gektar yer ajratilishi belgilandi. Shuningdek, yoshlar o’rtasida “Yosh tadbirkor” tanlovlari o‘tkazilib, g‘olib bo‘lgan biznes loyiha va g‘oyalar egalari xorijiy davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi.

@alisher_sadullaev
282.4K viewsedited  17:56
Ochish/sharhlash
2024-02-22 18:05:42
“Yosh kitobxon” tanlovining bugungi kunga qadar 10-14, 15-19 yosh toifasidagi final bosqichlari g'oliblari aniqlangan edi. Bugun esa, 20-30 yosh toifasidagi final bosqichi yakunlandi

1- o‘rin – Soliyeva Gulxayo Mirzaakbar qizi 335,6 ball (Toshkent shahar) –  Prezident sovg‘asi Cobalt avtomobili bilan;

2-o‘rin – Abdrimova Feruza Azamatovna 330,4 ball (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) – 50 million so‘m pul mukofoti bilan;

3-o‘rin – Diyorova Fazilat Mamasaid qizi 314,3 ball (Surxondaryo viloyati) - 30 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Shuningdek, final bosqichining qolgan barcha qatnashchilari 10 million so‘mdan pul mukofotini qo‘lga kiritdilar.

Aziz yoshlar sizlarning kitob bilan do'st tutingan holda bugungi erishgan gʻalabangiz muborak boʻlsin!

@alisher_sadullaev
217.9K views15:05
Ochish/sharhlash
2024-02-21 20:58:38
Prezidentimiz Qozon shahrida “Kelajak o’yinlari” birinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida o’zbek tilida nutq so’zladi.

Davlat rahbari O’zbekiston 2026 yilda “Kelajak o’yinlari” musobaqasiga mezbonlik qilishga tayyorligini bildirdi.

@alisher_sadullaev
270.3K viewsedited  17:58
Ochish/sharhlash
2024-02-21 12:49:37
“Yosh kitobxon” tanlovining 10-14 yosh toifasidagi final bosqichi yakunlandi

1- o‘rin – Muhammadiyeva Nargiza Ulmas qizi 417,4 ball (Samarqand viloyati) –  Prezident sovg‘asi Cobalt avtomobili bilan;

2-o‘rin – Mansurjonova E’zoza Jasur qizi 387 ball (Namangan viloyati) – 50 million so‘m pul mukofoti bilan;

3-o‘rin – Sharopova Halima Sherali qizi 379 ball ( Buxoro viloyati) –  30 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari, barcha final bosqichi qatnashchilari 10 million so‘mdan pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

Aziz yoshlar yillar davomidagi harakat, izlanish va bilimingiz bilan erishgan g‘alabangiz muborak bo‘lsin! Yuqori yosh toifasidagi “Yosh kitobxonlar” musobaqasi davom etmoqda

@alisher_sadullaev
69.6K viewsedited  09:49
Ochish/sharhlash
2024-02-19 13:18:35
Bundan bir yilcha oldin Prezidentimizga chet tillarini 1 million nafar yoshga bepul oʻrgatish boʻyicha “Ibrat farzandlari” loyihasini taqdimot qilgan edik. Loyiha jadid bobolarimiz xotirasini tiklash va ularning ishlarini davom ettirishni maqsad qilgan edi. Oʻsha paytda bu gʻoyaga ishonish qiyin edi. Lekin Prezidentimiz jamoamizni ruhlantirgandilar, harakat qilsak, koʻzlangan marrani zabt etish mumkinligiga hammamizni ishontirgan edilar.

Oradan qariyb bir yil oʻtdi, loyiha rahbari Rustam Qoriyev andijonlik faol yoshlar bilan muloqotda natijalar (ayni vaqtda 800 ming yoshlarimiz bepul taʼlim olmoqda) va rejalar haqida Prezidentimizga axborot berdilar. Eng xursand boʻladigani, davlatimiz rahbari: “Meni ham hayajon bosadigan payt boʻlar ekan”, deganlarida jamoa kayfiyati va rejalari karrasiga oshib ketdi.

Endigi marra – million! Oldinda oʻnlab katta loyihalar yoshlarimiz uchun tayyor. Millat shaʼni va nufuzi bizning qoʻlimizda. Harakatdan toʻxtamaylik!

@alisher_sadullaev
484.4K viewsedited  10:18
Ochish/sharhlash