Get Mystery Box with random crypto!

Alisher Sadullaev

Telegram kanalining logotibi alisher_sadullaev — Alisher Sadullaev A
Telegram kanalining logotibi alisher_sadullaev — Alisher Sadullaev
Kanal manzili: @alisher_sadullaev
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 212.03K
Kanalning ta’rifi

Bir yoshning jamiyatga oid fikr, qarash va harakatlari haqida
• Yoshlar ishlari agentligi direktori
• Oliy Majlis Senati a’zosi
• O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/alisher_sadullaev

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2024-02-14 17:25:52
“Ibrat farzandlari” loyihasidan yana bir kreativ rolik

Ushbu rolik, o‘zbek yoshlari o‘rtasida xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirish va zamonaviy tillarni o‘rganish bo‘yicha kreativ yondashuvda tayyorlangan.

Albatta, Sizlardan bu videoni o‘z yaqinlaringizga ulashishingizni so‘rab qolamiz va “Ibrat farzandlari” loyihasiga omad tilaymiz!

You tube orqali ko‘rish




@alisher_sadullaev
305.4K views14:25
Ochish/sharhlash
2024-02-13 09:08:40
Nodirbek Abdusattorov yarim finalda Magnus Karlsenga qarshi

"Freestyle Chess G.O.A.T Challenge" turnirining chorak final bahslarida Nodirbek Abdusattorov Ding Lirenni mag'lub etgach, bugundan yarim finalning birinchi bahsida Magnus Karlsenga qarshi dona suradi. Avvalroq, Nodirbek rapid bahslarida Magnus ustidan g'alaba qozongan edi.

Ushbu o'yinni 13-14-fevral kunlari 17:00 dan boshlab UzChess kanalida jonli efirda tomosha qilish mumkin.

Nodirbek omad yor bo'lsin
!

@alisher_sadullaev
243.0K views06:08
Ochish/sharhlash
2024-02-10 19:27:17
“Freestyle Chess G.O.A.T Challenge” turnirining rapid bahsida Nodirbek Abdusattorov chempionlikni qo‘lga kiritdi!

So‘nggi g‘alaba oddiy bo‘lmadi! Amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen ustidan super g‘alabani qo‘lga kiritdi!

Jonli efirni kuzatish

@alisher_sadullaev
72.1K viewsedited  16:27
Ochish/sharhlash
2024-02-09 19:01:11
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko “Amirsoy” tog‘ dam olish maskaniga tashrif buyurdilar.

@alisher_sadullaev
186.5K viewsedited  16:01
Ochish/sharhlash
2024-02-09 16:04:25
Akbar Jo'rayev Osiyo chempionatida 3 ta oltin medal sohibi bo'ldi!

Ayni kunlarda poytaxtimizda ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda. Erkaklar oʻrtasida -102 kg vazn toifasida bahslar bo'yicha ishtirok etgan hamyurtimiz Akbar Jo'rayev 3 ta oltin medalni qo'lga kiritdi.

Akbar Jo'rayev dast koʻtarishda 180 kg, siltab koʻtarishda 220 kg, ikki kurash natijasiga koʻra 400 kg natijani qayd etib, 3 ta oltin medalga sazovor bo'ldi.

@alisher_sadullaev
162.7K views13:04
Ochish/sharhlash
2024-02-09 12:04:07
#navoiygaqaytamiz

Mir Alisher Navoiy tavalludiga 583 yil to'ldi.

Ushbu sanada ko’p ham tilga olinmaydigan, ammo Navoiyning Navoiy bo’lishiga sababchi inson haqida sun’iy intellekt yordamida “Alisherning onasi” nomli videorolik tayyorladik.

@alisher_sadullaev
186.1K views09:04
Ochish/sharhlash
2024-02-08 13:36:06
Volontyorlarimiz uchun ajoyib yanglik!

Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan taqdim etilgan “Volontyor” tarif rejasida imtiyozlar kengaymoqda!

Tarif haqida batafsil
Tarifga ulanish uchun volontyor.uz platformasidan ro’yxatdan o’ting!

Atrof muhitni asrab avaylashda va insonlarga beminnat yordamingizni doimo qadrlaymiz!

@alisher_sadullaev
188.6K viewsedited  10:36
Ochish/sharhlash
2024-02-06 17:19:23
#xushxabar

Aziz kitobxon do’stlar
, sizlarga 1000KITOB mega loyihasi dastlabki natijalarini bera boshlaganini ma’lum qilamiz.

Maqsadimiz – yoshlarning intellektual va ilmiy salohiyatini oshirishga xizmat qiluvchi jahonda mashhur kitoblarni o‘zbek tiliga o‘girish va bu orqali ularni zamonaviy ilm-fanning so‘nggi yutuqlari bilan yaqindan tanishtirib borishdan iborat.

Loyihaning ilk bosqichida 50 ta kitobni o‘zbek tiliga tarjima qilib, chop etish belgilangan.

Kitoblarni ekspertlar guruhi tasdiqlaydi va tarjima huquqlari xorijiy noshirlardan xarid qilinadi.

Ayni damda xayrli qadamlarni tashladik: dastlabki 10 kitobning mualliflik huquqini xarid qilib, shartnomalar imzoladik.

Mualliflik huquqi olingan kitoblar ro’yxati bilan loyihaning rasmiy kanalida tanishishingiz mumkin.

@alisher_sadullaev
151.3K views14:19
Ochish/sharhlash
2024-02-05 16:50:42
Respublika Yoshlar ovozi tanlovi — “Bo‘zatov FEST”ga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi hamda “Yoshlar ovozi” prodyuserlik markazi hamkorligida o‘tkaziladigan “Bo‘zatov FEST” yoshlar ovozi tanloviga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.

Tanlov baxshichilik, an’anaviy ijro, opera va estrada yo‘nalishlari bo‘yicha mahalladan boshlanib, sektor, tuman, viloyat va respublika bosqichlarida o‘tkaziladi.

Gʻolib bo‘lgan iste’dodli yoshlar: 1-o‘rin 50 000 000 so‘m, 2-o‘rin 30 000 000 so‘m, 3-o‘rin 20 000 000 so‘m va respublika bosqichiga chiqqan barcha ishtirokchilar 10 000 000 so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting: @YoshOvozBot

@alisher_sadullaev
164.0K views13:50
Ochish/sharhlash
2024-02-03 21:32:18 Omad bizga kulib boqmadi...
136.0K views18:32
Ochish/sharhlash