Get Mystery Box with random crypto!

Alisher Sadullaev

Telegram kanalining logotibi alisher_sadullaev — Alisher Sadullaev A
Telegram kanalining logotibi alisher_sadullaev — Alisher Sadullaev
Kanal manzili: @alisher_sadullaev
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 212.03K
Kanalning ta’rifi

Bir yoshning jamiyatga oid fikr, qarash va harakatlari haqida
• Yoshlar ishlari agentligi direktori
• Oliy Majlis Senati a’zosi
• O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/alisher_sadullaev

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2024-01-29 15:34:25
Ibrat Academy marafoni uchun ro’yxatdan o’tish tartibi

Ro’yxatdan o’tish yuqoridagi videoda ko’rsatilgan tartibda amalga oshiriladi.

Ilovani yuklab oling hamda g’oliblik uchun harakatni boshlang.

Havola — IOS
Havola
— Android

@alisher_sadullaev
337.1K views12:34
Ochish/sharhlash
2024-01-28 16:29:30 Bugun Nodirbek Abdusattorov Niderlandiyada bo'lib o'tayotgan Tata Steel 2024 Super turnirining 13-turi — hal qiluvchi o'yinlarini o'tkazadi.

Hamyurtimiz 3 nafar niderlandiyalik, 3 nafar xitoylik va 3 nafar hindistonlik va boshqa raqiblari ichida O'zbekistonning nufuzi va sha'ni uchun dona suradi. Bu o'yin biz uchun juda muhim.

Muhim pallada Nodirbek uchun bizning madadimiz hamda qo'llab-quvvatlashimiz suv va havodek zarur.

Jonli efirni kuzatish: https://www.youtube.com/live/gTMuiLZsjA8?si=Pb0DDKyNpL0cy9GU

@alisher_sadullaev
118.1K viewsedited  13:29
Ochish/sharhlash
2024-01-27 17:39:02 “Ibrat farzandlari” marafonida qatnashib Londonga bepul sayohat va 100 million so’m sohiblaridan biriga aylaning!


“IBRAT Farzandlari" telegram kanalida, bugun, soat 20:00da, Ibrat Academy marafoni bo'yicha ovozli chat bo'lib o'tadi.

Marafon yuzasidan sizni qiziqtirgan savollarni “Ibrat farzandlari” kanalidagi ushbu postning komment bo'limida yozib qoldiring.

Ovozli chatda eng faol bo’lgan 5 nafar ishtirokchiga marafonga qatnashish uchun bepul yo’llanma taqdim etiladi.

Marafonga ushbu havola orqali ulanasiz:

https://t.me/ibratfarzandlari?livestream

@alisher_sadullaev
207.0K views14:39
Ochish/sharhlash
2024-01-26 16:32:22
Nodirbekning 7 soatlik g'alabasi!

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida “Tata Steel Chess-2024” musobaqasining 10-turida Nodirbek Abdusattorov niderlandiyalik Maks Varmerdamni deyarli yetti soat davom etgan bahsda qora donalarda kambek koʻrsatib, ishonchli tarzda mag’lub etib, turnir jadvalida peshqadam.

Ayni vaqtda Nodirbek
xitoylik Ju Wenjunga qarshi o’yini boshlandi.

@alisher_sadullaev
179.5K views13:32
Ochish/sharhlash
2024-01-25 17:37:36
O‘zbeklarning bu dunyoga aytar gaplari ko‘p hali,
Jadidlarning yoqqan chiroqlari o‘chgani yo‘q hali!

Millat oydinlari - jadid bobolarimiz haqida Jahongir Poziljonov - Jadidlarim bor mening qo’shig’i

@alisher_sadullaev
251.3K views14:37
Ochish/sharhlash
2024-01-25 11:11:32
Chet tillari bilimdonlari uchun yana bir imkoniyat!

Londonga ta’lim sayohati hamda 100 million so’m sovrin jamg’armasi g’oliblaridan biriga aylaning.

Eng muhimi imtihonlar birinchi marta sun’iy idrok va maxsus IELTS natijasiga bog’liq! Imkoniyatni qo’ldan boy bermang, bilimdonlar.

Hoziroq ilovani yuklab olib, g’olib bo’lishga ilk qadamni tashlang!

Havola — IOS
Havola — Android

Marafon uchun ro'yxatga olish BUGUNOQ, ya'ni, 25-yanvarda boshlanib, 31-yanvar kuni soat 23.59 gacha davom etadi.

@alisher_sadullaev
287.0K viewsedited  08:11
Ochish/sharhlash
2024-01-25 07:45:58 Tabriklaymiz, Nodirbekdan dramatik g'alaba!

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida “Tata Steel Chess-2024” musobaqasining oʻninchi turi boʻlib oʻtdi. Unda Nodirbek Abdusattorovga niderlandiyalik Maks Varmerdam raqiblik qildi.

Quvonarlisi, Nodirbek deyarli yetti soat davom etgan bahsda qora donalarda kambek qilib, ishonchli tarzda gʻalaba qozondi. Bu hamyurtimizning turnir davomida yutgan uchinchi niderlandiyalik raqibi edi.

Ushbu gʻalaba orqali Abdusattorov ochkolari sonini 6,5 taga yetkazib, turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab qoldi.

To'liq o'yinni ko'rish: https://www.youtube.com/live/9AgyLkTI0aY?si=nJJGLAMxEtBUGLXK

@alisher_sadullaev
199.2K viewsedited  04:45
Ochish/sharhlash
2024-01-24 16:44:06
Mohirdev Jenevada boʻlib oʻtgan "Migration Challenge" startaplar tanlovida gʻalabani qoʻlga kiritdi.

Tanlovda muhojirlar hayotini yengillashtirishga qaratilgan 500 dan ortiq startaplar qatnashdi.

Mohirdev oʻz taqdimotida:
— minglab yoshlar hayotining oʻzgarishiga sabab boʻlayotgan Mohirdev Praktikum onlayn IT kurslar platformasini;
— 500 mingdan ortiq insonlarga chet tillarini oʻrgatayotgan Ibrat Farzandlari;
— ish beruvchilar va ish qidiruvchilarni bogʻlaydigan yangi Mohirlar loyihalarini namoyish qildi.

Hozirgi kunda Mohirdev taʼlim platformasida 50 000 dan ortiq insonlar, jumladan 9 000 dan ziyod muhojirlar zamonaviy kasblarni oʻrganib kelayotgani ham alohida eʼtirof etildi.

@alisher_sadullaev
206.4K viewsedited  13:44
Ochish/sharhlash
2024-01-23 17:19:20
Hududlar bo‘ylab, yoshlar bilan muloqotlarimiz chog‘ida samarqandlik yosh tadbirkorlar faoliyatini kuzatdik. Prezidentimizning tashabbuslari bilan endilikda ular tadbirkorligini yanada kengaytirishi uchun qo'shimcha imkoniyatlar paydo bo'ldi.

Bundan biroz vaqt avval Oqdaryo tumanidagi Yangiqishloq mahallasida futbol maydonchasi qurib berishga va‘da bergan edik. Bugun bu yerda mahalla yoshlarining vaqti mazmunli o‘tayotganini ko‘rib quvondik.

Shuningdek, tumandagi istiqbolli loyiha va yoshlarning takliflariga doimo ochiqmiz.

Shijoatli yoshlar olg‘a

@alisher_sadullaev
32.5K viewsedited  14:19
Ochish/sharhlash
2024-01-23 16:45:22 Keyingi bosqichga chiqish uchun boshqa jamoalarning gollarini va o’yinlarini hisoblamaslik ham bir baxt. Rahmat, yigitlar!

Nimchorak finalda Saudiyami, Tailandmi, O’monmi, faqat omad!

@alisher_sadullaev
65.4K views13:45
Ochish/sharhlash