Get Mystery Box with random crypto!

“Yosh kitobxon” tanlovining bugungi kunga qadar 10-14, 15-19 y | Alisher Sadullaev

“Yosh kitobxon” tanlovining bugungi kunga qadar 10-14, 15-19 yosh toifasidagi final bosqichlari g'oliblari aniqlangan edi. Bugun esa, 20-30 yosh toifasidagi final bosqichi yakunlandi

1- o‘rin – Soliyeva Gulxayo Mirzaakbar qizi 335,6 ball (Toshkent shahar) –  Prezident sovg‘asi Cobalt avtomobili bilan;

2-o‘rin – Abdrimova Feruza Azamatovna 330,4 ball (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) – 50 million so‘m pul mukofoti bilan;

3-o‘rin – Diyorova Fazilat Mamasaid qizi 314,3 ball (Surxondaryo viloyati) - 30 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Shuningdek, final bosqichining qolgan barcha qatnashchilari 10 million so‘mdan pul mukofotini qo‘lga kiritdilar.

Aziz yoshlar sizlarning kitob bilan do'st tutingan holda bugungi erishgan gʻalabangiz muborak boʻlsin!

@alisher_sadullaev