Get Mystery Box with random crypto!

Davlatimiz rahbari “Yoshlarimizni mashina berib bo’lsa ham kit | Alisher Sadullaev

Davlatimiz rahbari “Yoshlarimizni mashina berib bo’lsa ham kitob o’qitamiz” degan g’oyani ilgari surgan edi.

Aslida bu nafaqat yoshlarimiz uchun balki, ularning ota-onalari uchun ham katta motivatsiya. Farzandi kitob o’qiyotganini, bilim olayotganini ko’rish har bir ota-onaning eng katta orzularidan biridir. Haqiqatdan bu tashabbus, real hayotga ko’chib millionlab yoshlarimizning kitob o’qishiga sabab bo’ldi.

Yana bir “Yosh kitobxon” 10-14 yosh toifasidagi g’olib Samarqandlik qizimiz Muhammadiyeva Nargiza Ulmas qizi bugun o’z ota-onasining va o’qituvchilarining ta’lim-tarbiyasining natijasini ko’rsata oldi.

Millatimizda Nargizadek kitobxon qizlar ko’payishini tilab qolamiz!

#kitobxon_millat

@alisher_sadullaev