Get Mystery Box with random crypto!

Bundan bir yilcha oldin Prezidentimizga chet tillarini 1 milli | Alisher Sadullaev

Bundan bir yilcha oldin Prezidentimizga chet tillarini 1 million nafar yoshga bepul oʻrgatish boʻyicha “Ibrat farzandlari” loyihasini taqdimot qilgan edik. Loyiha jadid bobolarimiz xotirasini tiklash va ularning ishlarini davom ettirishni maqsad qilgan edi. Oʻsha paytda bu gʻoyaga ishonish qiyin edi. Lekin Prezidentimiz jamoamizni ruhlantirgandilar, harakat qilsak, koʻzlangan marrani zabt etish mumkinligiga hammamizni ishontirgan edilar.

Oradan qariyb bir yil oʻtdi, loyiha rahbari Rustam Qoriyev andijonlik faol yoshlar bilan muloqotda natijalar (ayni vaqtda 800 ming yoshlarimiz bepul taʼlim olmoqda) va rejalar haqida Prezidentimizga axborot berdilar. Eng xursand boʻladigani, davlatimiz rahbari: “Meni ham hayajon bosadigan payt boʻlar ekan”, deganlarida jamoa kayfiyati va rejalari karrasiga oshib ketdi.

Endigi marra – million! Oldinda oʻnlab katta loyihalar yoshlarimiz uchun tayyor. Millat shaʼni va nufuzi bizning qoʻlimizda. Harakatdan toʻxtamaylik!

@alisher_sadullaev