Get Mystery Box with random crypto!

Alisher Sadullaev

Telegram kanalining logotibi alisher_sadullaev — Alisher Sadullaev A
Telegram kanalining logotibi alisher_sadullaev — Alisher Sadullaev
Kanal manzili: @alisher_sadullaev
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 212.03K
Kanalning ta’rifi

Bir yoshning jamiyatga oid fikr, qarash va harakatlari haqida
• Yoshlar ishlari agentligi direktori
• Oliy Majlis Senati a’zosi
• O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/alisher_sadullaev

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2024-01-13 12:06:53 "Jasorat" loyihasi ustida ish boshladik. Loyihadan qanday maqsadlar ko'zlangan?

@alisher_sadullaev
173.3K viewsedited  09:06
Ochish/sharhlash
2024-01-13 10:21:42
Bugun futbol bo‘yicha milliy terma jamoamiz Qatar maydonlarida boshlangan Osiyo kubogidagi B guruhi 1-turda ilk o‘yinini o‘tkazadi. Qit’amizning to‘rt yillikdagi eng nufuzli musobaqasida jamoamiz yurtimiz sharafini himoya qilishga kirishadi.

Uzbekistan's Club jamoatchilik faollari bilan birgalikda milliy jamoamizga bo‘lgan mehr-muhabbati va qo‘llovini mashhur “O‘zbekistonlik” qo‘shig‘iga ishlangan maxsus videoklip orqali izhor etishga qaror qildi. Bu qo‘shiq barchamizni birlashtiradi. U g‘alaba haqida!

O’yin 13-yanvar soat 22:30 sa “Jassim bin Hamad” stadionida bo’lib o’tadi. O’yinni “Sport” TV telekanalida jonli tomosha qilishingiz mumkin.

Olg‘a, O‘zbekiston! Biz sen bilan!

@alisher_sadullaev
208.0K views07:21
Ochish/sharhlash
2024-01-12 08:28:57 Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qoʻmondoni Shavkat Mirziyoev raisligida Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishi bo'lib o'tadi

@alisher_sadullaev
24.8K views05:28
Ochish/sharhlash
2024-01-12 08:00:06
Srechko Katanes boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo Kubogi uchun yakuniy tarkibi e’lon qilindi

Srechka Katanes tarkibga 26 nafar futbolchini jalb qildi. Eldor Shomurodov jarohati sabab musobaqani o’tkazib yuboradi.

Uchrashuv 13-yanvar soat 22:30 da start oladi.

@alisher_sadullaev
143.8K views05:00
Ochish/sharhlash
2024-01-11 18:23:05
Avval xabar berganimizdek, ko'plab iste'dodli yoshlarimiz “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan ilg‘or xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish uchun xujjatlar topshirishgan edi.

2023-yilning 2-mavsumini o'zida 345 nafar talabgorlar saralab olingan edi. Hozirda avvalgi bosqichlarda AQSh va Buyuk Britaniya davlatlaridagi nufuzli universitetlar va ilmiy markazlarda o'qib, bitirib qaytib kelgan bir guruh stipendiat yoshlarimiz mamlakatimizdagi qator respublika davlat tashkilotlarida o'z faoliyatlarini boshlamoqda.

Stipendiat yoshlarimizning kelgusi faoliyatlarida omad va zafarlar tilab qolamiz!

@alisher_sadullaev
176.1K viewsedited  15:23
Ochish/sharhlash
2024-01-07 10:13:21 Qadrli yoshlar!

2024-yil "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili"da qanday yangiliklar kutmoqdasiz?

Yoshlarning taklif va istaklarini o‘rganish, ular bilan ishlashning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, sohaga oid tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha so'rovnoma o'tkazilmoqda.

Sizdan so‘rovnomada faol ishtirok etib, barcha savollarni diqqat bilan o‘qib, o‘zingizga maʼqul kelgan javoblarni tanlashingizni so'raymiz.

P.S. So’rovnomada ishtirokingiz muhim ahamiyatga ega.

So'rovnomada ishtirok etish:
https://forms.gle/1pu6kKXTS9befwkD8
146.4K viewsedited  07:13
Ochish/sharhlash
2024-01-03 13:53:23
Xabaringiz bor, mamlakatimizda yoshlar orasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish, ularning chet tillariga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Ibrat Academy” mobil ilovasi ishga tushirilgandi.

Yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda mobil ilova orqali xorijiy tillarni o‘rganayotganlar 369 178 nafarni tashkil etmoqda, shundan 1 752 nafari maxsus sertifikatlarni qo‘lga kiritishgan.

Tahlilga ko’ra, ba’zi hududlarda ko’proq yoshlar maxsus sertifikatni qo‘lga kiritishgan bo’lsa, ayrimlarida esa, natija aksincha.

Yoshlardan “Ibrat Academy” mobil ilovasi orqali xorijiy tillarni o‘rganishda faol bo‘lishini so‘raymiz.

Faol va yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan yoshlar moddiy va ma’naviy rag’batlantirilib boriladi.

@alisher_sadullaev
220.8K views10:53
Ochish/sharhlash
2024-01-02 21:32:07
Dam olish kunlarida uyda bo'lganimdan kichkina qizim Hamida qanchalik tezlik bilan ulg'ayotganini qattiq his qildim. Yaratgandan qizimizga ikki dunyo saodatini so'rab qolaman.

Farzand ne'mati va uni qadrlashni hammamizga tilab qolaman.

@alisher_sadullaev
173.7K viewsedited  18:32
Ochish/sharhlash
2024-01-01 10:18:32 2024-yildagi bitta katta maqsadingizni yozib qoldiring.

1-izohda kamina variantini yozib qoldiraman.

@alisher_sadullaev
169.0K views07:18
Ochish/sharhlash
2023-12-31 22:01:02 2024-yil O‘zbekistonda "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili" deb e’lon qilindi

Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Yangi yil tabrigida ma’lum qildi.

Yangi yil muborak!
231.7K viewsedited  19:01
Ochish/sharhlash