Get Mystery Box with random crypto!

Bolalagimida harbiy bo’lishni orzu qilardim. Dadam bu ishtiyoq | Alisher Sadullaev

Bolalagimida harbiy bo’lishni orzu qilardim. Dadam bu ishtiyoqimni ko’rib “Men General bo’laman” degan kitob hadya qilganlari hozirgacha esimda. Doim kitobimni oldimda olib yurar va harbiy bo’lish uchun tinimsiz o’z ustimda ishlar edim. Keyinroq, “Sardor” nomli milliy serialimiz telekanallar orqali uzatilgandi. Serial ta’sirida atrofimdagi aksariyat tengdoshlarim ham askar bo’lishni orzu qila boshlashdi. O’zimda ham bu sohaga qiziqish yanada ortdi! Yillar o’tdi, men harbiy sohani tanlamadim, ko’proq ilm-fan, xalqaro aloqalar va biznes sohasida bilim olishga intildim, o’z tadbirkorligimni boshladim. Uni kengaytirish uchun o’z ustimda ishladim, hamkorlarim bilan yangi loyihalarni boshladik. Biroz o’tib, Prezidentimizning yoshlar bilan ochiq muloqotlarida o’z takliflarimni bildirganimdan so’ng, ular meni davlat xizmatida ishlab ko’rishimni taklif qildilar va Xalq ta’limi vaziri o’rinbosari lavozimiga tayinladilar. 2017-yil, 30-iyun yoshligimdan General bo’lishimni istagan ota-onam uchun unutilmas kun bo’lgan edi. Shundan buyon davlat xizmatida ishlab kelmoqdaman, harbiy bo’lmasamda, qayerda bo’lmayin vatan xizmatida xoh tadbirkor xoh o’qituvchi yoki davlat xizmatchisi sifatida ishlashda davom etaman. Eng muhimi, shu xalqqa xizmat qilish va odamlarning og’irini yengil qilish baxtidan Yaratganning o’zi bizni ayirmasin!

Bayramingiz muborak do’stlarim, vatan himoyachilari!

@alisher_sadullaev