Get Mystery Box with random crypto!

#yoshlar_bilan Anchadan beri Shahobiddin bilan ko’rishamiz de | Alisher Sadullaev

#yoshlar_bilan

Anchadan beri Shahobiddin bilan ko’rishamiz deb yurgandik. Pastdarg’om tumanidagi do’stim anchadan buyon meni kutayotgan edi. Shahobiddin bir necha yillar oldin to’rt muchchasi sog’lom, zabardast (hozir ham) o’g’lon edi, ko’ngilsiz hodisa tufali oyoqlari shol bo’lib qoldi. Ammo, g’ayrati shol bo’lmadi, uydagilarga ortiqcha yuk bo’lmaslik uchun anchadan buyon dasturchi bo’lishni orzu qilib, menga xat yozgandi. Dasturlash uchun soz noutbuk va kerakli qo’llanmalar so’ragan edi, mana o’sha kun yetib keldi. Bugun do’stimiz bilan dasturlashni o’rganish uchun ilk qadamni, yaxshi niyat va maqsadni qo’yib oldik.
Jamoamiz bilan uning muvaffaqiyati va sog’ligi uchun harakat qilamiz! Uning g’alabasi uchun, u bilan yelkama-yelka turishga va unga tirgak bo’lishga bizning Agentlik doimo tayyor!

@alisher_sadullaev