Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyentlar diqqatiga joriy yildan boshlab oltita OTMda che | Abituriyent

Abituriyentlar diqqatiga joriy yildan boshlab oltita OTMda chet tilidan ijodiy imtihonlar boʻladi !

Hukumatning tegishli qaroriga (№34, 19.01.2022-y.) koʻra, 2022/2023 oʻquv yili qabulidan boshlab xorijiy tillar boʻyicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan OTMlarga kirish imtihonlarida fanlar majmuasidagi chet tili fanidan tinglab tushunish, oʻqish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladi.

Fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida.

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti;
Samarqand davlat chet tillar instituti;
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.

Xorijiy tillar boʻyicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida.

Toshkent davlat pedagogika universiteti
Qoʻqon davlat pedagogika instituti;
Nukus davlat pedagogika instituti.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlarda chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi tegishli milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlarga beriladigan imtiyozlar saqlab qolinadi.

Chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlari Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi.


Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube