Get Mystery Box with random crypto!

Ichki ishlar va Milliy gvardiya bilim yurtlarida sirtqi ta’lim | Abituriyent

Ichki ishlar va Milliy gvardiya bilim yurtlarida sirtqi ta’lim shakli ochiladi!

Prezident qaroriga ko‘ra, IIV akademiyasida kunduzgi bo‘limga 700 nafar, sirtqi bo‘limga 300 nafar talaba qabul qilinadi. Ular hozirgidek 1-kurs oxirida emas, o‘qishga kirishlari bilanoq mutaxassisliklarga taqsimlanadi. Keyingi yil Nukusda akademiya filiali ochiladi.

Endi IIV akademiyasi magistraturasini tugatmaganlar rahbarlik lavozimiga (masalan, tuman IIB boshlig‘i) tayinlana olmaydi. Polkovnik unvonini olish uchun ham akademiya magistraturasini tugatish kerak. Katta serjant, kapitan, mayor va podpolkovnik unvonlarini olish uchun esa IIV Malaka oshirish institutida kurslardan o‘tish kerak.

Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta tashkil etilmoqda. Kunduzgi shaklga 300 nafar, sirtqi shaklga 100 nafar xodim qabul qilinadi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube