Get Mystery Box with random crypto!

​​ DTM oʻtgan yilgi test sinovlari uchun qancha mablagʻ sarfla | Abituriyent

​​ DTM oʻtgan yilgi test sinovlari uchun qancha mablagʻ sarflagan?

DTM maʼlumotlariga koʻra, sarflangan mablagʻlar quyidagicha taqsimlangan:

Test sinovlariga jalb qilinadigan bino rahbarlari va guruh nazoratchilarining ish haqi 11 mlrd 578 million 830 ming 120 soʻmni tashkil etgan.

Ochiq maydonlar ijarasi uchun Botanika bogʻi, Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi va Paxtakor sport majmuasiga 127 million 592 ming soʻm toʻlangan.

1 517 305 dona ichimlik suvi uchun 1 mlrd 365 million 574 ming 500 soʻmlik shartnoma imzolangan.

3 034 610 dona tibbiy qoʻlqop uchun 2 mlrd 124 million 227 ming soʻmlik shartnoma imzolangan.

1 517 305 dona tibbiy niqob uchun 1 mlrd 365 million 574 ming 500 soʻmlik shartnoma imzolangan.

1 517 305 dona ruchka uchun 500 million 710 ming 650 soʻmlik shartnoma imzolangan.

Kepka boʻyicha jami imzolangan shartnomalarning umumiy miqdori 1 mlrd 698 ming 320 ming 550 soʻmni tashkil etgan

Guruh nazoratchilari hamda ushbu jarayonga jalb etiladigan xodimlarni tushligi boʻyicha tuzilgan shartnomalarning umumiy miqdori 1 mlrd 459 million 587 ming 423 soʻmni tashkil etgan.

Yuqorida keltirilgan xarajatlarning umumiy summasi 20 mlrd 220 million soʻmdan ortiqroqni tashkil etmoqda. Maʼlum boʻlishicha, oʻtgan yilda abituriyentlardan 80 mlrd soʻmdan ortiq pul toʻplangan.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube