Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent

Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuzb_dtm_uz — Abituriyent A
Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuzb_dtm_uz — Abituriyent
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24
Kanalning ta’rifi

@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.
📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot
📬 Reklama: https://t.me/ SwAo-YikrkZzu9el

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 40

2021-06-11 16:10:24
TDYU qoshidagi akademik litsey bitiruvchilari TDYUga suhbat asosida qabul qilinishi mumkin !

TDYU bakalavriatiga abituriyentlar qabul parametrlaridan tashqari TDYU tomonidan belgilanadigan oʻrinlar soniga mos ravishda qabul qilinib, toʻlov-kontrakt asosida oʻqiydi.

Oʻqishga qabul qilish suhbat natijalariga koʻra reyting tizimi boʻyicha toʻplangan ballar asosida amalga oshiriladi.

Nizomga koʻra, har yili 1-iyuldan kechikmasdan suhbat komissiyasi tuzilib, yakka tartibdagi suhbat har yili 10-20-iyul kunlari oʻtkaziladi.

Suhbat natijalari reyting tizimi boʻyicha abituriyentga qoʻyilgan (0 dan 100 gacha oraliqdagi) ballar asosida aniqlanadi.

Natijalar TDYU rasmiy veb-saytida suhbat oʻtkazilgandan soʻng keyingi ish kunida eʼlon qilinadi.

Akademik litsey tomonidan berilgan tavsiyanoma ikki yil davomida amal qiladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
18.7K views13:10
Ochish/sharhlash
2021-06-11 09:10:00
Kelasi yilda Jizzaxda xalqaro universitet filiali ochiladi !

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi va Toshkent davlat texnika universiteti vakillari Rossiya Federatsiyasiga xizmat safari doirasida Tatariston Respublikasi Qozon federal universitetiga tashrif buyurishdi.

Jizzax viloyatida filiali faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha toʻrt tomonlama kelishuv memorandumi imzolandi.

Imzolangan memorandumga koʻra:

Qozon federal universitetining Jizzax shahridagi filiali 2022/2023 oʻquv yilidan oʻz faoliyatini boshlaydi;

Filialda eng kamida 40 foiz professor-oʻqituvchi Qozon federal universiteti hisobidan taʼminlanadi;

Jizzax viloyati hokimligi tomonidan professor-oʻqituvchilar va talabalar turar-joy bilan taʼminlanadi;

kadrlar tayyorlash Qozon federal universiteti taʼlim dasturlari asosida yoʻlga qoʻyiladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
21.4K views06:10
Ochish/sharhlash
2021-06-10 08:40:20
2021-2022-oʻquv yilidan oliy taʼlim muassasalariga davlat granti 25 foizga oshiriladi !

2021-yil 8-iyun kuni Deputatlar “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish kiritish haqida”gi qonun loyihasini koʻrib chiqdilar.

2021/2022 oʻquv yilidan oliy taʼlim muassasalariga davlat grantida qabul koʻrsatkichlari 25 foizga oshiriladi, ehtiyojmand oilalar qizlariga ajratiladigan grantlar 2 barobarga koʻpaytirilib, ular 2 mingtaga yetkaziladi.

Olis hududlarda birlamchi va ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatish va ehtiyojmand aholi uchun skrining va davolash tadbirlariga xususiy shifoxonalar ham jalb qilinib, ularga subsidiya ajratish yoʻlga qoʻyiladi hamda byudjetdan qoʻshimcha mablagʻlar ajratilib endokrin kasalliklarni erta aniqlash va davolash maqsadida muassasalarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
22.9K views05:40
Ochish/sharhlash
2021-06-10 08:10:01​Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetida ACCA dasturi uchun qabul boshlandi !!!

Xalqaro Biznes Professionali
bo'lmoqchimisiz?
Shu bilan birgalikda Dunyo bo'ylab ishlash imkoniyatini beruvchi Top #376 o'rinda turadigan Oxford Brookes Universitetining Qizil diplomini qôlga kiritmoqchimisiz?

Unda bu imkoniyatni qo'ldan boy bermang!!!

Biz Sizlarga 4 yillik ACCA dasturini taklif qilamiz
ACCA dasturi Xalqaro Kvalifikatsiya ya'ni mutaxassislik beruvchi Professional dastur bo'lib,
• Biznes
Moliya
• Audit
• Menejment
• Soliq
sohalarini Xalqaro darajada o'rgatishni o'z ichiga oladi.

Dasturning 1-yilida talabalarimizga Ingliz tili darslari mukammal darajagacha o'rgatiladi.

2-yildan esa asosiy mutaxassislik bo'yicha darslar boshlanadi.

IELTS 5 balldan yuqori bo'lgan sertifikat (ichki Imtihondan ozod bo'lgan holda) yoki ichki IELTS Mock Imtihonimizdan 5,5 balldan yuqori olgan abiturientlarda to'g'ridan to'g'ri 2 - kurs talabasi bo'lish imkoniyati bor

Ichki Imtihondan 4,5 balldan baland 5,5 balldan past olganlar 1-kursning yarmidan o'qishni boshlashadi va 4 oy mobaynida Ingliz tili o'rgatilinadi.

Ichki IELTS Mock Imtihoni 12 - iyun kuni soat 10:00 da Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti 4-bino 1-xonada bôlib ôtadi. Imtihonga Passport bilan kiritiladi.

Xalqaro Biznes professionali bo'lish uchun hali ham imkoniyatlar mavjud
Sizdan esa faqat o'qish talab etiladi

Rôyxatdan ôtish uchun:

@Academy_of_Finance_bot

https://t.me/Academy_of_Finance

+998 94 601 82 00
21.3K views05:10
Ochish/sharhlash
2021-06-09 09:21:40
Ona tili, matematika, tarix fanlaridan milliy test sertifikatini olgan abituriyentlar majburiy blokdagi testni baribir ishlaydi — DTM

Masalan, ona tilidan milliy test sertifikatini olgan abituriyent mutaxassislik blokidagi ona tili savolini yechmasligi mumkin, lekin majburiy blokdagi ona tili testini ishlaydi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
22.7K views06:21
Ochish/sharhlash
2021-06-08 15:10:12
Yuridik texnikumlariga qabul parametrlari eʼlon qilindi

2021/2022 oʻquv yili uchun Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga abituriyentlarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish boʻyicha qabul parametrlari tasdiqlandi.

Joriy yilda respublikadagi 14 ta yuridik texnikumlarga jami 3180 ta oʻquvchi qabul qilinadi. Shundan kunduzgi taʼlim shakliga 1950 ta va sirtqiga 1230 ta oʻrin ajratilgan.

Qabulning hudud va taʼlim tili kesimidagi parametrlari bilan rasmdagi jadvallarda tanishish mumkin.

Yuridik texnikumlarga hujjatlarini qabul qilish 2021-yil 1-avgustdan 20-avgustga qadar (20-avgust kuni ham) davlat xizmatlari markazlari, Yagona portal (www.my.gov.uz) yoki Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (www.dtm.uz orqali amalga oshiriladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
19.8K views12:10
Ochish/sharhlash
2021-06-07 08:45:23
Kredit-modul tizimiga o‘tgan OTMlarning qarzdor talabalari yozgi semestrda ham o‘qishi mumkin !

Kerakli kredit to‘play olmagan talaba uchun 2ta imkoniyat beradi:

Kursdan kursga qolmaslik;
Yana qayta kontrakt to‘lamasdan, faqat o‘zlashtira olmagan fanlari uchun pul to‘lash.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov bergan intervyusida aytishicha, 10 kredit yig‘a olmagan talaba 4 mln emas, 1 mln 300 ming to‘lab fanlarini yopadi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
25.2K views05:45
Ochish/sharhlash
2021-06-06 09:40:26
Bu yil magistraturaga mos bo'lmagan yo‘nalishga hujjat topshirish imkoni bo‘lmaydi.

Yana mos va turdosh yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qish tartibi tiklanadi. Sababi o‘tgan yillarda amalda bo‘lgan bakalavrdagi mutaxassislikdan butunlay begona yo‘nalishda magistraturada o‘qish tartibi o‘zini to‘la oqlamagan.

Vazirlik bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov bergan intervyusida ma’lum qilishicha, ham o‘qituvchilardan e’tirozlar ko‘p bo‘lgan, ham talabalar begona mutaxassisliklarda o‘qishga qiynalgan.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
26.1K views06:40
Ochish/sharhlash
2021-06-05 11:40:25
Maktablar reytingini aniqlashning yangi mezonlari tasdiqlandi !

Mazkur nizomda umumiy oʻrta taʼlim muassasalari reytingini aniqlash mezonlari va hisoblash metodikasi tasdiqlandi.

Unga koʻra maktablar reytingini aniqlashda:

11-sinf bitiruvchilari tomonidan oliy taʼlim muassasalariga kirishda toʻplagan ballari;

OTMga oʻqishga kirganlar salmogʻi;

Oʻquvchilarning bilim darajasi;

Pedagoglarning sifat (salohiyat)i;

Oʻquvchi va oʻqituvchilarning chet tillarini bilish darajasi;

Oʻquvchi va oʻqituvchilar oʻrtasida oʻtkaziladigan ijtimoiy soʻrovnoma natijasi;

Taʼlim muassasasida maʼnaviy-maʼrifiy va oʻquv tarbiyaviy muhit (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti ilgari surgan besh tashabbus doirasida qilingan ishlar asosida) kabi koʻrsatkichlar inobatga olinadi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
26.3K views08:40
Ochish/sharhlash
2021-06-05 08:40:43
Xotin-qizlar uchun 2000 ta davlat grantlari ajratiladi !

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun oliy ta’limga ajratiladigan davlat grantlari sonini ikki baravarga oshirish orqali ikki mingtaga yetkazildi.

Tavsiyanoma belgilangan mezonlarga mos kelgan ehtiyojmand oilalardagi barcha talabgor xotin-qizlarga bir yil muddatga berilishi belgilandi.

Oilaning ehtiyojmandlik darajasini "Temir daftar" va "Ayollar daftari"ga kiritilgan oilalarning qiz farzandlari hamda "Yoshlar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar orqali aniqlash tartibi joriy etildi.

Talabgor xotin-qizlar yashash joyidagi Mahalla vazirligining tuman, shahar bo‘limlariga 30-maydan 8-iyungacha elektron murojaat qiladi va tavsiyanoma berish-bermaslik haqida xabar murojaatchining telefon raqamiga yoki elektron manziliga yuboriladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
24.6K views05:40
Ochish/sharhlash