Get Mystery Box with random crypto!

​​ Samarqand viloyatining Narpay va Payariq tumanlarida Samar | Abituriyent

​​ Samarqand viloyatining Narpay va Payariq tumanlarida Samarqand davlat chet tillar institutining fakultetlari ochiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi davomida mamlakatning bir qancha sohalarini rivojlantirish bilan bir qatorda viloyat oliy taʼlim tizimida ham muhim o‘zgarishlar bo‘lishini maʼlum qildi.

Jumladan, davlat rahbari topshirig‘iga binoan endilikda Samarqand viloyatining Narpay tumanidagi xizmat ko‘rsatish texnikumi hamda Payariq tumanidagi iqtisodiyot va servis kasb-hunar kollejlarida Samarqand davlat chet tillar institutining “Maktabgacha va boshlang‘ich taʼlimda xorijiy til (ingliz tili)” va “Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili” fakultetlari ochiladi.

Kecha, 17 aprel kuni masʼul rahbarlar joylarga borishdi va taʼlim sifati, o‘quv binosini taʼmirlash, talabalarning zamonaviy taʼlim olishlari uchun zarur imkoniyatlarni yaratish va boshqa amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan vazifalarni belgilab olishdi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube