Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent

Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuzb_dtm_uz — Abituriyent A
Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuzb_dtm_uz — Abituriyent
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24
Kanalning ta’rifi

@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.
📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot
📬 Reklama: https://t.me/ SwAo-YikrkZzu9el

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 41

2021-06-04 08:40:00
Surxondaryoda Termiz muhandislik - texnologiya instituti tashkil qilinadi !

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Surxondaryo viloyati faollari bilan oʻtkazilgan yigʻilishda Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali negizida Termiz muhandislik-texnologiya institutini tashkil etish yuzasidan koʻrsatma berilgan.

2021/2022 oʻquv yilidan faoliyatini boshlaydigan yangi institutda qurilish va geologiya sohalari uchun oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlanishi koʻzda tutilgan.

Shuningdek, mazkur institut qoshida Boysun tumanida konchilik, pillachilik va qurilish materiallari ishlab chiqarish sohalari uchun oʻrta maxsus maʼlumotli mutaxassislar tayyorlashga ixtisosslashgan koʻp tarmoqli texnikum tashkil etiladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
23.2K views05:40
Ochish/sharhlash
2021-06-03 10:40:00
Agar imtihonlar yana ochiq havoda oʻtsa, faqat kepka tarqatish bilan cheklanmay, stadionni toʻliq yopishimiz mumkin — DTM

Hozirdan ob-havoning issiqligini koʻryapmiz. Kepka qilasizmi, stadionni ustini yopasizmi, baribir bolani ruhiyatiga taʼsir qiladi. Bola 1-marta imtihon topshiradi.

Shuning uchun hozirgiday vaziyat boʻlsa, Qabul komissiyasi imtihon kunlarini belgilab beradi. Va faqat kepka tarqatish bilan cheklanmay, yana bir loyiha ustida ishlayapmiz: stadionning ustini toʻliq yopishimiz mumkin”, dedi DTM bosh boshqarma boshligʻi Farhod Mirzayev.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
24.6K views07:40
Ochish/sharhlash
2021-06-03 08:40:00
Oʻqishga hujjat topshirish 15-iyundan boshlanadi!

Hujjatlarni qabul qilish 15-iyundan 15-iyulgacha belgilangan. Hozir Qabul komissiyasi bayonnomasi kutilyapti, unda oʻzgarish boʻlmasa, hujjat topshirish 15-iyundan boshlanadi.

Imtihonlar esa iyul–avgust oyida boʻlishi kerak. Agar holat oʻzgarmasa, shu muddatda boʻladi, holat oʻzgarsa, bu boʻyicha Qabul komissiyasining qarori chiqadi”, deb maʼlum qildi Farhod Mirzayev

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
25.8K views05:40
Ochish/sharhlash
2021-06-02 08:40:00
Oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlaridan voz kechilishi mumkin !

Bunda bosqichma-bosqich maktablarda olinadigan imtihonlar hisobiga abituriyentlar OTMga qabul qilinadi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi boʻlim boshligʻi bu qanday boʻlishini aytdi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
26.1K views05:40
Ochish/sharhlash
2021-06-01 13:40:00
Ijodiy imtihonlar topshiriladigan yo‘nalishlar to‘g‘risida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bo‘lim boshlig‘i A.Mamanazarov ma’lumot berdi.

Ijodiy imtihonlar OTMda o‘tkaziladi, bunda imtihonlarni onlayn kuzatib borish uchun videokuzatuv moslamalari o‘rnatiladi;

Jurnalistika yo‘nalishlarida faqat ijodiy imtihon nazarda tutilmagan, ya’ni 2 ta ta’lim yo‘nalishiga xos va 3 ta majburiy fanlardan test imtihonlari tashkil etiladi;

Faqat pedagogik ta’lim yo‘nalishlariga ijodiy (kasbiy) imtihonlari bilan birgalikda 3 ta majburiy fandan imtihon o‘tkazilishi belgilangan;

Baholash mezonlariga ko‘ra barcha shakldagi imtihonlarda eng yuqori ball 280,5 etib belgilangan.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
23.0K views10:40
Ochish/sharhlash
2021-05-17 09:10:00
Namangan Davlat universitetida tibbiyot yoʻnalishi ochiladi !

2021/2022 oʻquv yilidan Namangan davlat universitetining bakalavriatning kunduzgi taʼlim yoʻnalishida tibbiyot yoʻnalishlari uchun qabul jarayonlari boshlanadi.

Davolash ishi - 25 nafar;
Pediatriya ishi - 25 nafar.

Ushbu har bir taʼlim yoʻnalishlari uchun 12 nafar grant, 13 nafar kontrakt asosida talabalar qabul qilinadi.

Yangi ochilayotgan taʼlim yoʻnalishlari universitetdagi mavjud qoʻshma dasturlardan farq qilib, bakalavriatning kunduzgi shaklida tashkil etiladi hamda talabalar taʼlim muddatini oliygohning oʻzida yakunlaydilar.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
20.9K views06:10
Ochish/sharhlash
2021-05-16 09:10:00
TATUning Nurafshon filiali tashkil etiladi !

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nurafshon filiali;
Universitet Axborot-resurs markazida “Raqamli kutubxona”.

Qaror bilan Universitet huzurida faoliyat yurituvchi, oliy taʼlim tizimi bilan integratsiyalashgan oʻrta maxsus professional taʼlim bosqichida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan texnikumlar (11 ta) tashkil etiladi.

Filial va texnikumlar yuridik shaxs maqomiga ega Universitetning tarkibiy boʻlinmalari hisoblanadi.

Filial va texnikumlarda oʻquv jarayoni 2021/2022 oʻquv yilidan boshlanadi.

Filial hamda Toshkent viloyati axborot texnologiyalari texnikumi binosini qurish uchun yer maydoni Toshkent viloyatining Nurafshon shahri “Nurafshon business city” hududidan ajratiladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
22.8K views06:10
Ochish/sharhlash
2021-05-15 08:10:00
Andijon viloyatida yangi OTM tashkil etiladi !

Andijon viloyatining Xoʻjaobod tumanida yangi oliy taʼlim muassasasi – Andijon tekstil instituti ochilishi kutilmoqda.
Yangi institut Samo tekstil korxonasi tomonidan bunyod etilmoqda.


Andijon viloyati hokimligining bergan maʼlumotlariga koʻra, ayni paytda mazkur institutning oʻquv va boshqa qoʻshimcha binolari qurib bitkazilgan. Institutda tekstil sohasi uchun zarur boʻlgan – injener-texnolog, dizayner singari mutaxassislar tayyorlanadi. Institutda dars berish uchun Turkiya, Pokiston va Hindiston davlatlaridan malakali mutaxassislar taklif qilingan.

Yana institutda paxta xom ashyosi yetishtirish mutaxassisligi yoʻnalishi boʻyicha ham fakultetlar ish olib boradi.

Maʼlumotlarga koʻra, xalq xoʻjaligi uchun kerakli mutaxassislar tayyorlovchi yangi oliy taʼlim muassasasi joriy oʻquv yilida 180 nafar talaba qabul qilishi koʻzda tutilgan.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
23.9K views05:10
Ochish/sharhlash
2021-05-14 11:40:00
Xorijiy taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish uchun test sinovlari oʻtkaziladi !

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida (Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Nurxon koʻchasi, 21-uy ) 2021-yil 25 - 28-may kunlari sohalar boʻyicha sinov testlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

“Oʻqituvchilar tayyorlash va pedagogik fanlar” sohalari boʻyicha sinov testlari oʻtkaziladigan sanasi va sinov testida ishtirok etuvchilar roʻyxati bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Huquqshunoslik

Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot

Iqtisodiyot

Qishloq xoʻjaligi, muhandislik, ishlov berish va qurilish

Pedagogika fanlari

Test sinovlariga oʻz vaqtida kelmagan, sinov testida ishtirok etuvchilar roʻyxatida mavjud boʻlmagan talabgorlar hamda tibbiy niqobi boʻlmaganlarga sinovlarga kirishga ruxsat etilmaydi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
24.2K viewsedited  08:40
Ochish/sharhlash
2021-05-12 12:11:10
Ijodiy imtihonda majburiy 3 ta fanlardan test sinovlari oʻtkaziladi !

Rasman shu yilgi oʻquv yilidan boshlab kasbiy (ijodiy) imtihonlar bilan birgalikda barcha uchun majburiy boʻlgan 3ta fan, ona tili (oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va Oʻzbekiston tarixi fanlari boʻyicha test topshiradi.

Bular quyidagi yoʻnalishlar:

5111100 Musiqa taʼlimi

5110800 Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi

5112000 Jismoniy madaniyat

5112300 Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda jismoniy tarbiya va sport

Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik taʼlim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-fevraldagi PK-4623-son qarori

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
15.5K views09:11
Ochish/sharhlash