Get Mystery Box with random crypto!

​​ SamDU qoshida O‘zbek-fin pedagogika instituti tashkil etila | Abituriyent

​​ SamDU qoshida O‘zbek-fin pedagogika instituti tashkil etiladi !

Samarqand davlat universiteti va Finlyandiyaning Turku universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi. Unga ko‘ra, SamDU qoshida O‘zbek-fin pedagogika instituti tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

2025 yilga qadar Finlyandiya bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ta’lim loyihalarga jalb etiladigan talabalar soni 10 000 nafar yetkazilishi mo‘ljallanmoqda

Imzolangan memorandumga ko‘ra Samarqand davlat universitetida talabalar uchun finlyandiyalik mutaxassislar tomonidan ma’ruzalar, konferentsiyalar o‘quv dasturlari va qisqa ta’lim kurslari bilan bir qatorda o‘qituvchilar malakasini oshirish dasturi ham yo‘lga qo‘yiladi.

Ma’lumot uchun, Turku universiteti Finlyandiyaning eng yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanib, QS 2021-reytingida 287-o‘rinni egallagan. Bugungi kunda universitetda 20 000 nafardan ortiq talaba 8 ta yo‘nalish bo‘yicha tahsil oladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube