Get Mystery Box with random crypto!

Davlat oliy taʼlim muassasalariga akademik va tashkiliy-boshqa | Abituriyent

Davlat oliy taʼlim muassasalariga akademik va tashkiliy-boshqaruvda mustaqillik berish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrda “Davlat oliy taʼlim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-60-son qarori qabul qilindi.

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab moliyaviy mustaqillik berilayotgan 35 ta oliy taʼlim muassasalariga akademik mustaqillik sohasida qoʻshimcha vakolatlar berilmoqda .

Kasbiy standartlar asosida oʻquv rejalari, oʻquv dasturlari, malaka talablarini tasdiqlash hamda taʼlim tili va shaklini belgilash;
Taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar uchun taʼlim davomiyligi muddatlarini belgilash;
Toʻlov-kontrakt asosida doktoranturada oʻqish qiymatini belgilash va oʻz mablagʻlari hisobidan grant ajratish orqali doktoranturaga qabul qilish;
Doktorant va mustaqil izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilish tartibini tasdiqlash;
Bugungi kunda bir vaqtning oʻzida fan doktori 4-6 nafar, dotsent esa 2-3 nafar izlanuvchilarga ilmiy rahbar boʻlishi mumkin.
Magistraturada taʼlimning sirtqi, masofaviy va kechki shakllarini, qoʻsh va amaliy malakalar berish tizimini joriy qilish;
Oʻzaro kelishuvlar asosida respublikadagi oliy taʼlim muassasalariaro ichki akademik mobillikni amalga oshirish;
Oliy taʼlim muassasasi va uning tuzilmasidagi taʼlim muassasalari uchun oʻz grifi asosida darsliklar hamda boshqa oʻquv va ilmiy adabiyotlarni yaratish;
Taʼlim sifatini ichki nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube