Get Mystery Box with random crypto!

#VatangaQasamyod “Vatanga qasamyod” qabul qilish marosimi o | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

#VatangaQasamyod

“Vatanga qasamyod” qabul qilish marosimi o‘tkazildi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyat Kengashi hamda Milliy gvardiya Namangan viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘z yigitlik burchini o‘tash uchun kelgan muddatli harbiy xizmatdagi askarlarning “Vatanga qasamyod” qabul qilishga bag‘ishlangan tantanali tadbirni tashkil etdi.

Oriyatni, g‘urur va sadoqatni hamma narsadan ustun qo‘yadigan bizning xalqimiz uchun Vatanga qasamyod — bu shunchaki rasmiy tadbir emas, balki yigitlik sha’ni, oru nomusini o‘rtaga qo‘yib, o‘z zimmasidagi mas’uliyatli hamda sharafli burchini ado etishga bel bog‘lab, ahdu paymon qilishdir.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook